Rasmda Sitsiliya qiroli RogerII huzurida Al-Idrisiy dumaloq yer xaritasini boshqalarga tushuntirmoqda.
Olim Arabiston yarimoroli tuzulishiga bag’ishlangan muhim bir geografik asar yozgan. “Yo’nalishlar va Qirolliklar” kitobi alifbo bo’yicha tartiblangan bo’lib, unda turli shahar nomlaridan tashqari qishloqlar, vodiylar va monumentlar nomlari ham bor bo’lgan. Uning ko’plab boshqa ensklopedik ishlari butun dunyoni bilib olish uchun asosiy manba sifatida ishlatildi.
Valensiyalik Ibn Jubayr Ispaniyaning Granada hokimi yordamchisi bo’lgan, u o’zining Makkaga qilgan haj ziyoratlarini yozib olgan. Bu 700yillik sayohat kitoblari O’rta Yer dengizi sharqidagi davlatlarda qilingan mukammal hisob-kitoblar haqida ma’lumot beruvchi jurnallardir. Uning sayohat rejasi va yo’l kitoblari geografiya, botanika bo’limlaridan tashqari, oshpazlik ilmi va safar uchun tavsiyalardan iborat bo’lgan.
Musulmon ispaniyaliklar uchun sayohat qilish ko’lamini
oshirish va dunyo atlasini chizib chiqish muhim vazifalardan biri edi. Bu murakkab topshiriqni o’sha davrning eng salohiyatli ulamolaridan biri Al-Idrisiy bajargan. Bu vazifaga olim Sitsiliya qiroli RogerII tomonidan tayinlangan, 1139-yili Kordobadan Sitsiliyaga kelib, shoh uchun xarita tuzib berishi kerak bo’lgan. Geograf bu vazifani to’liq tugallashga 15yil sarfladi, bu davr mobaynida u minglab sayyohlar bilan intervyular olib bordi, 70ta mukammal xaritalar tuzdi, ularda xattoki oldingi xaritalarda ko’rsatilmagan ba’zi hududlar ham aks etgan edi, buning natijasida qirolning Palermo sudida olimning martabasi ortdi. Uning qo’lyozmalari oldingi bilimdonlarning natijalari, xulosalari bilan bir qatorda Sitsiliyada to’plagan ma’lumotlariga asoslanib yozilgan edi. Yerning dumaloqligi haqidagi faktni tasdiqlash, “tuxum ichida sarig’i qanday tursa, Yer ham borliqda, koinotda shunday muvozanatda turishi” fikri va uning izohi, sayyoramiz iqlimi, yarimsharlar, dengizlar va bo’g’ozlar haqidagi ma’lumotlar, bularning hammasi Idrisiyning kitoblaridan o’rin egallagan. Uning ishlarining katta
qismini Osiyo va Afrikaning uzoq masofalardagi qismlari haqidagi mukammal va aniq ma’lumotlar tashkil qiladi.13-asrda, Yoqut al-Hamaviy Iroqning Mosul shahridan to Suriyaning Halab shahrigacha, keyinchalik Falastin, Misr va Fors davlatlari bo’ylab sayohat qilgan. Bugungi kungacha uning faqatgina 4ta kitobi yetib kelgan. Ulardan eng mashhuri “Mamlakatlar lug’ati”.
Sferik dunyo
Arab olimlari dunyoning, Yer sharining dumaloq shakldaligini ancha oldin bilishgan, lekin yevropaliklar uning tekislik ko’rinishida, degan fikrga yopishib olishgan edi… Al-Idrisiy Kolumbdan 350yil oldin xarita va sayohat yo’riqnomasini hayratlanarli aniqlikda ishlab chiqqan. U Angliyani “doimiy qishga mahkum” deb tasvirlagan…Yevropa sivilizatsiyasiga islom olimlari va ularning natijalari xuddi bir sirli masalliq kabi muhim bo’ldi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |