Bajardi: Bekpo’latov Muhammadsharif Tekshirdi



Download 0,64 Mb.
bet1/2
Sana09.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#143688
  1   2
Bog'liq
2 5247216495334788417




Bajardi: Bekpo’latov Muhammadsharif
Tekshirdi: Sharapov A.A
Mavzu: Falastin muammosini hal qilish yo'llari



REJA:

  1. Falastin haqida ma’lumot. Tarixi

  2. XX asr oxirlarida Falastin muammosining hal etilishi.

  3. Yetmish yillik urush: Isroil-Falastin urushining nihoyasi bormi?

1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi). Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi.1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e'lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo'lib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular zamonaviy armiyaga ega bo'lmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil o'z hududidan 2 baravar katta bo'igan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'igan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni o'ldirishga muvaffaq bo'ldilar. 1980—1990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masaiasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordan va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo'lini inkor eldilar. 1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o'tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. 2005-yilda Yosir Arofat vafot etgach, uning o'rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G'azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko'chirib olib chiqib ketdi.

1947-yili BMT Xavfsiz lik Kengashi Falastin bo‘yicha rezolutsiya qabul qil di. Unga bi noan 1948- yil 1-avgust dan Falastinda ikkita – yahudiylarning Isroil va arablar ning Falastin dav lat larini tash kil qilish tavsiya etildi.

Isroil yahudiy lar ning milliy davlati hisoblanadi. U dastlab yahudiylarning milliy o‘cho g‘i, boshpanasi sifatida tashkil topdi va shunday bo‘lib qolmoqda. Vatanga qaytish to‘g‘risidagi qonunga binoan har qanday yahudiy o‘z oilasi, ya’ni tur mush o‘rtog‘i, farzandlari, nabiralari bilan doimiy yashash uchun Isroilga kelish huquqiga ega. Shundan so‘ng qabul qilingan fuqarolik to‘g‘ risidagi qonunga ko‘ra Isroilga kelgan barcha yahudiylar o‘z-o‘zidan fuqa rolikka ega bo‘lishi tartibi o‘rnatildi. Bu qonunlar repatriatsiya hisobiga Isroil aholisi ning tez o‘sishiga olib keldi. O‘z mustaqil taraqqiyotining bir necha o‘n yili ichida Isroil harbiy-sanoat kompleksi nihoyatda rivojlangan mamlakatga aylandi. Harbiy-sanoat kompleksining rivojlanishi metal lga ishlov berish, mashinasozlik, elek trotexnika, elektronika va olmosga ish lov berish singari boshqa turdosh sohalarning ham jadal taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. 1990-yillardan Isroil iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Mutaxassislarning fi kriga ko‘ra, bu mamlakatda haqiqiy iqtisodiy yuksalish boshlandi. Isroil xo‘jaligi o‘z tuzilishiga ko‘ra AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakat lari nikiga yaqinlashdi va postindus trial modelga moslashdi. Bunday muvaffaqiyatlarga eri shishga ichki va tashqi holatlarning qulay ligi yordam berdi. 1990-yillari sobiq SSSRdan 600 ming kishining Isro ilga ko‘chib kelishi qurilish, sanoatning ayrim sohala rida jadal rivoj la nishni ta’min ladi. Yuqori ma’lumot dara jasi va iqtisodiy faollikka ega bo‘lgan yangi immigrantlar Isroilning qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Ayni paytda ko‘plab omillar sababli mamlakat iqti sodiyoti tash qi moliyaviy manbalarga kuchli bog‘ langan (AQSH har yili 3 mlrd dollar miqdorida beminnat yordam ko‘rsatadi) va uning uchun yuqori mili tarizatsiya darajasi xarakterlidir.

1948-yili Isroil va Falastin davlatini tuzish rejasini arab aho lisi ado latsiz deb hisobladi va qabul qilmadi. Shu davrdan boshlab falastin xalqi ning o‘z davlatini tuzish uchun kurashi boshlandi. Bu kurash arab davlatlari va sobiq Ittifoq tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Falastin arablari ning kurashiga boshchilik qilish uchun 111 Falastinni ozod qilish tashkiloti (bu tashkilot arabcha FATX nomi bilan mashhur) tuzilib, unga uzoq yillar Yosir Arofat boshchilik qildi. Ammo faqat 1990-yillarga kelib, Falastin muammosini hal qilish imkoni paydo bo‘ldi. 1991-yil oktabrda Madridda Yaqin Sharq bo‘yicha xal qaro konfe rensiya ish boshladi va unda Falastin delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Keyin Norvegiya huku mati takli fi ga ko‘ra Oslo shahrida Isroil bilan FATX o‘rtasida muzo karalar boshlan di. Muzokaralar natijasida 1993-yili Isroil va FATX bir-birini tan olganligi e’lon qilindi. Falastin davlatini tuzish yo‘lidagi dastlabki muvaffaqiyatlar. 1993-yili Vashingtonda Isroil va FATX delegatsiyalari Falastin avtonomiyasini tuzish to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Avtonomiyani tuzish bosqich ma-bosqich 5 yil ichida amalga oshirilishi ko‘zda tutildi.

Birinchi bosqichni amalga oshirish G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilini FATXning avtonom boshqaruviga be rish to‘g‘risida keli shuv imzolanishi bilan boshlandi. Bu kelishuv Falas tin tashkilotlarida norozilikni kuchaytirib yubordi va FATXda bo‘linish yuz berdi. Y. Arofat eks tremistlar tomonidan «xoin» sifatida o‘limga hukm qilindi. Radikal islom yo‘ na lishidagi tashkilotlar – «Xamas», «Jihod» va «Hiz bul loh» (bu tashkilotlar O‘zbekistonda taqiqlangan) faol lashib ketdi. Ular turli yo‘llar bilan kelishuv ni buzishga harakat qildi. Shunga qaramasdan, kelishuv jarayoni davom etdi.

1995-yili FATX bilan Isroil o‘rtasida muvaqqat kelishuv imzolandi. Bu Falastin avtonomiyasini tuzish ning keyingi bosqichi bo‘lib, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar FATX ixtiyoriga o‘tka zildi. Falastin avtonomiyasida saylovlar bo‘lib o‘tdi va FATX ixtiyori dagi hududlarni nazorat qilish uchun politsiya kuchlari tuzildi. Bu kelishuv Isroil jamiyatida ham ajralishni keltirib chiqardi. 1995-yil noyabrda Isroil bosh vaziri Isxak Rabin mutaassib-yahudiy tomonidan o‘ldirildi. Bu fa lastinliklarga qilingan yon bosishlardan Isroil jamiyati ning bir qismi noroziligini ko‘rsatar edi. Shu yili bo‘lib o‘tgan saylov larda «Likud» bloki g‘alaba qozondi va Falastinga nisbatan qat’iy yo‘nalish tarafdori bo‘lgan Binyamin Netanyaxu bosh vazir lavozi mini egalladi. 1996-yil yanvarda Y. Arofat boshchiligida Falastin qonunchilik kengashi saylandi. Falastin davlatini qurish jarayoni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, davom etdi.

2006-yili Falastinning o‘ziga xos ramziga aylangan Y. Arofat vafot etdi. Uning o‘rniga Mahmud Abbos Falastin avtonomiyasining raisi va FATX yetakchisi etib saylandi. 2012-yili Falastin kuzatuvchi-davlat ma qo mida BMT faoliyatida qatnashish huquqini oldi. Bu jarayon va M.Abbos ning BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi Isroil vakillari tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Shunga qaramasdan, 2017-yilga kelib, Falastinni 140 ga yaqin davlat tan oldi.

Hozirgi kunda Falastin muammosining yechimi 1948 yildagiga nisbatan birmuncha muammolidek ko‘rinmoqda. Aynan o‘shanda Isroil davlati tashkil topgani e'lon qilingan va Arab-Isroil urushi boshlangandi.

O‘tgan 70 yil davomida o‘n minglab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan bu nizo goh susayib, goh avj oladi, ammo hech qachon butkul to‘xtamaydi. Falastin jangarilari G‘azo sektoridan turib Isroil shaharlariga raketa zarbalari beradi, TsAXAL (Isroil mudofaa armiyasi) namoyishchilarni o‘ldiradi – bularning bari bugungi kunda, rasman jangovar harakatlar olib borilmayotgan vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. AQSh, Rossiya, BMT har doimgidek bu holatdan tashvish bildiradi, maslahatlashuvlar o‘tkazadi, ammo Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga barham berilmaydi.

Ular nega bir-birlarini bunchalik yomon ko‘rishadi? Nima uchun butun dunyo bu nizoning barchani qanoatlantiradigan yechimini topolmaydi? Nima uchun bu ikki xalq maydoni 25 ming kvadrat kilometr bo‘lgan, quyosh nuridan jizg‘anak yerni talashib kelmoqda? 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish