Zheng He biografiyasidan, Ming Shin
Maqbaraga yetish uchun yangi yotqizilgan zinalar va yo’laklar bor, ungacha to’g’ri borish 4ta qismga teng bo’lingan 28ta zinadan yurishni talab etadi. Qabrning yuqorisiga “Allohu Akbar” (Alloh buyukdir) deb yozib qo’yilgan.
Dunyoda boshqa Zheng Hening flotidagi kemalari kabi ulkan va ko’p sonli dengiz-floti hali qurilmadi, mavjud bo’lmadi. Kemalarning ko’pchiligi Nankin yaqinidagi “Ajdarho” kemasozlik hududida qurilgan, bu tashkilot bugungi kunda ham ish olib boryapti va uni ko’rsangiz bo’ladi.
Zheng Hening 7ta dengiz safari
1405-1407: Hindixitoy, Yava va Sumatra, Shri Lanka va Kalkutta, Hindistonga boradi.
1407-1409: Siam va HIndistonga suzib, Kochi shahrida to’xtaydi.
1409-1411: Malakkani asos qilib, Sharqiy Hindistonning bir nechta joylariga boradi; Hindistonning Quilon shahriga birinchi marta tashrif buyuradi.
1413-1415: flot qismlarga bo’linadi. Ba’zi kemalar yana SHarqiy Hindistonga, qolganlari( Shri Lankani asos qilib) Bengal, Maldiv orollariga, Fors sultonligiga ketadi.
1416-1419: Yava, Ryukyu va Bruney orollariga boradi. Hindistonni asos qilib, Ormuz, Aden, Mogashidu,Mombasa va boshqa portlarga jo’nashadi. Xuddi shu sayohatdan boshlab jirafalar ortiga qaytariladi.
1421-1422: Oldingi suzgan dengizlarida yana suzib, Janubiy Arabiston va Sharqiy Afrikaning ko’proq portlarida to’xtashadi. Flot 2yil davomida sharqdagi Borneodan boshlab, g’arbda Zanzaibargacha—36ta joyga tashrif buyuradi. Bu natijaga erishish guruhni yana bo’linishini talab etgan, Malakkani asosiy uchrashuv porti hisoblashgan. Bu voqealar radio kashf qilinishidan oldin sodir bo’lganligini e’tiborga olsak, ko’rsatilgan natija juda ajoyib yutuqdir.
1431-1433: oxirgi sayohat, Zheng He 60yoshda, Yavadan Makkagacha, Sharqiy Afrikagacha joylashgan qirollik va sultonliklar bilan aloqalar o’rnatilgan. Xitoyliklar borgan Sharqiy Afrika qirg’oqlari qancha joylarga cho’zilganini hech kim bilmaydi, lekin ularning burunni aylanib chiqishgani haqida ma’lumotlar bor.
09 Global aloqalar
Ma’lumotlar yetkazish—xoh elektron, xoh qog’ozda bo’lsin—xavfli jarayondir. Muhim sirlarni noto’g’ri qo’llarga tushushini oldini olish uchun xatlar shifrlangan, kimda to’g’ri kod bor bo’lsa, o’sha odamgina uni to’g’ri o’qiy olgan.
Mashhur shifrlash jarayoni Ikkinchi Jahon Urushi paytida amalga oshirilgan, nemislar Enigma deb ataluvchi, yozuv mashinkasi ko’rinishidagi asbobdan foydalanib, harbiy xatlarning radiodan eshittirilishidan oldin shifrlab chiqishgan. Bu kodlar Shifrlash byurosidan bo’lgan polshalik kod buzuvchilar va Bretchley Parkining britaniyalik kod buzuvchi xodimlari tomonidan yechilgan.
“ Kriptoanalizning paydo bo’lishi jamiyatda 3ta sohani yuqori darajada rivojlanishi kerakligini taqozo etdi: matematika, statistika va lingvistika. Al-Kindi davrida bu uchta fanni va boshqalarini ham chuqur o’rganish uchun sharoitlar talab qilinganidek yetarli bo’lgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |