Doktor Saymon Singh, “ Kodlar kitobi”,1999
20-asr dasturchilari birinchi 9-asrda yashagan Bag’dodlik qomusiy olim Al-Kindi tomonidan yozilgan, kod yechish an’anasini davom ettirib kelishmoqda. O’sha paytda xatlar qushlar orqali yetkazilgan, demak yozishma og’irlik jihatda yengilroq va shifrlangan bo’lishni talab qilgan. Olim kriptografiyani “Kriptografik xabarlarni yechish bo’yicha qo’llanma”asarini yozishi orqali, ancha rivojlantirdi. Kitobning bir qismi takrorlanish analizi metodi tavsifiga bag’ishlangan bo’lib, muallif fikriga ko’ra, agar bir belgi qaysidir harf o’rnida boshida ishlatilsa, undan keyin ham
xuddi shu harfni ifodalab aynan o’sha belgini
qo’llash kerak. Agar biz ingliz tili harflariga qarasak, e harfi ko’p joylarda uchraydi,
hamma xatlarning 13%ini e harfi tashkil qilarkan. Keyin, agar e harfi # belgisi bilan almashtirilsa, #belgisi eng ko’p qo’llaniladigan belgiga aylanadi, hamma ishlatilgan belgilarning 13%ini shu tashkil etadi. Kriptoanalitik bundan tez payqaydiki, # belgi e harfini bildirar ekan.
Qur’oni Karimdagi arabcha matnlarni chuqurroq o’rganish payti Al-Kindi shuni topdiki, harflar xarakteristikasi takrorlanuvchi; va bu keyinchalik kriptografiya uchun poydevor vazifasini o’taydi. Yevropa Renessansi kriptograflari kod buzishga qarshi kurashish uchun boshqa sxemalarni ishlab chiqishgan. 1100yil ilgari Al-Kindi shifrlash va uni yechish metodlarini rivojlantirgan bo’lsa-da, “kriptoanaliz” so’zi yaqinda paydo bo’lgan, 1920-yili birinchi bo’lib uni Uilyam Fraydmen ishlatgan.
Takrorlanish analizi klassik shifrlarni yechib va kodlarni buzib, asosiy oddiy tildagi alifbo harflariga o’tkazish uchun asosiy ish quroli hisoblanadi. Bu shu asosiy tilning lingvistik va statistik bilimlarini yaxshi bilishni va muammoni tez hal qilish ko’nikmasining rivojlangan bo’lishini talab etadi. Zamonaviy shifrlar oldingilaridan ancha murakkab, lekin Ikkinchi Jahon Urushi paytiga qaytsak, Britaniya va Amerika ko’plab jurnal, gazetalarda chiqadigan krossvord o’yinini yechishadigan ko’ngillilarni to’plashgan. Musobaqalar uyushtirib, kim tez va to’g’ri yechsa, o’shani kod buzuvchi sifatida ishga qabul qilishgan.
Hozirda pochta xizmati kafolatlangan, lekin ilk davrlarga qarasak, faqatgina kabutar “havoda xat” tashuvchi vazifasini bajargan. Ibn ‘Abd al-Dahirning pochtachi kabutarlar haqidagi kitobida yozilishicha, odatda Kario shahri kaptarxonasida 1900 ga yaqin kabutar saqlanib, bu yer o’sha davrning aloqa o’rnatish markazi bo’lgan.
“sMusulmon xronolog Al-Nuvayri 10-asrdagi ‘Aziz ismli Fotimiylar xalifasini haqida bir hikoya aytadi: “Bir kuni, Kairoda ‘Azizning Antioxiyada o’sadigan gilosning yangi uzilganidan yegisi keldi. Talab Antioxiya yaqinidagi Baalbekka pochtachi.
kabutar orqali jo’natildi, bu yerdan oyoqlariga ipak xaltachaga bittadan solingan gilos ko’tarib, 600ta kabutar uchirildi. Xalifaning xohishi 3kun ichida, 1200ta gilos solingan idishni taqdim etilishi orqali qondirildi, bu idishdagi mevalar maxsus “havo transporti”da tashilgan edi”.
Kod buzish
hifrlangan xabarlarni yechishning bir yo’li shunday: birinchi bo’lib, asosiy, o’sha tilda yozilgan boshqa bir matn olamiz, matn yetarlicha hajmda katta bo’lishi kerak, aytaylik 1-1,5 bet atrofida. Undagi harflar qanday ehtimollikda uchrashini sanab yozib chiqamiz. Eng ko’p uchragan harfni ‘birinchi’deb ataymiz, undan keying kamroq uchraganini ‘ikkinchi’, va hokazo… Keyin biz shifrlangan xabarni olib, unda eng ko’p ishlatilgan belgini topamiz, u asosiy matnimizdagi ‘birinchi’ga to’g’ri keladi, so’ngra ikkinchi darajada ko’p uchragan belgini topamiz, u ‘ikkinchi’ga to’g’ri keladi, va hokazo… Bu jarayon hamma belgilar harflar bilan o’rin almashtirilgunicha amalga oshiriladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |