Professor Gunsel Renda, Turkiya, Anqara,Hakateppe univeristeti
K itobning bir asrdan oshiq davr mobaynida, ko’plab nusxalari tayyorlandi, hatto keyingilari oldingilariga nisbatan jozibaliroq ko’rinishga keldi, chunki ulardagi kompas, astronomik navigatsiya, dunyo okeanlari va atrofdagi yerlar haqidagi izoh-u tafsilotlar yanada yaxshiroq yoritildi. Qiziq tomoni shundaki, kitobda Yevropaliklarning yangi yerlarni kashf etish uchun amalga oshirgan sayohatlari ( masalan, portugaliyaliklarning Hind okeaniga qilgan ekspeditsiyasi, Kolumbning “Yangi Dunyo”ni topgani) haqida ham ma’lumotlar keltirilgan edi. Yevropaning kutubxonalarida 30ga yaqin “Dengiz ilmi haqida kitob”ning qo’lyozma nusxalari saqlanadi, lekin ularning ko’pchiligi asarning birinchi nashr qilingan turiga kiradi. Piri Reis haqida yana ko’proq ma’lumotni va xitoylik musulmon dengiz tadqiqotchisi Zheng Hening qoldirgan merosi to’g’risida shu bobning xaritalar qismida o’qishingiz mumkin.
08 Dengiz tadqiqoti
Bundan 630yil oldin, dengizda tadqiqot olib borishni yo’lga qo’ygan bir odam dunyoga keladi. Uning ismi Zheng He, “Xitoy floti kapitani”. “1421”kitobi muallifi Gavin Menzies so’zlariga ko’ra, Zheng He butun Hind okeanini suzib o’tadi. U Fors ko’rfazi, Sharqiy Afrika, Shri Lanka, Arabiston va Makkaga boruvchi kema yo’nalishlarini topadi. U bunday ishlarni Xristofor Kolumb yoki Vasko da Gamadan o’n yillar oldin, ulardan 4 baravar ko’p sondagi kemani jalb qilgan holda bajargan.
Zheng He hozirgi Xitoyni dunyoga tanilishiga hissa qo’shgan olimlardan biri. 28yillik sayohat paytida uning yelkanli kemalari 37ta mamlakatga tashrif buyurib, diplomatik aloqalar va savdo-sotiq sohalarini rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’sholgan 7ta katta dengiz sayohatini amalga oshirdi. Bu ekspeditsiyalar 50,000 km(31,000mil)dan ortiq masofani o’z ichiga oladi va birinchi flotda 27,870ta odam 317ta kemalarda suzadi. Bu xuddiki, bir kichik shaharcha yoki butun boshli futbol stadioni suzib yuribdi, degani. Bunday katta flot bilan noma’lum joyda suzish juda ko’p boshqaruv mahoratini va dengizchilik tajribasini talab etadi. Bu yerda hech qanday xatoga yo’l qo’yilmadi va
olimning erishgan yutug’ini bugungi kundagi oyga borib-kelish bilan taqqoslasa bo’ladi.
Zheng He tug’ilganidan keyin unga Ma He deb ism qo’yishgan, bolaning bob ova buvisi Makkaga safar qilgan ziyoratchi-sayyohlardan edi, bu esa o’z navbatida uning ham xitoy, ham arab tili aurasida voyaga yetishini ta’minladi. Bolalik paytida uning ona shahriga—Mongoliyadagi Kunmingga xitoyning Ming sulolasi bostirib kiradi. Keyinchalik u haram og’asi bo’lib, imperiyaning mayda xizmatlarini qilib
yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |