1233-yili Qizil dengiz va Fors yoki Arab ko’rfazi bo’ylab amalga oshirilgan dengiz sayohatida kompasni quyidagicha ta’riflashadi: “temir kauchuk va magnetdan yasalgan baliqcha suv bilan to’ldirilgan dumaloq idish ichiga solingan.; u aylanib, to’xtaydi va janubni ko’rsatadi”.
Navigatsiyada magnetik kompas ishlatishning to’liq yo’riqnomasini 1282-yil Baylak al-Qibjaqiy o’zining “Toshlar ilmini izlashga tushgan dengizchilar uchun kitob”ida yozadi. U bu kitobda 1242-yilda Suriyadagi Tripolidan Aleksandriyaga qilgan dengiz safari payti kompasdan qanday foydalanganini tavsiflab bergan. Olim shunday yozadi: “temir igna qamish bilan
krestik qilib birlashtiriladi, keyin suv to’la idishga solinadi. Magnet tosh bu qurilma yaqiniga olib boriladi va uning ustida soat strelkasi yo’nalishida magnet tosh aylanadi, igna bilan qamish ham unga mos harakatlanadi. Magnet toshni to’satdan boshqa joyga olsak, temir igna meridian bilan bir yo’nalishga kelib to’xtaydi”.
Magnet ignasi bor tol bo’lagidan yoki qovoqdan yasalgan “baliq”lardan ham foydalanilgan. Ular suvga solib ishlatilgani uchun, avval moslamani mum yoki smoladan suv o’tmaydigan
qobiq yasab, solib qo’yishgan. Ular ho’l kompaslar deb atalgan, lekin bu paytda quruq kompaslar ham mavjud bo’lgan. Disksimon qog’ozning qarama-qarshi tomonlarida ikkita magnitlangan mixlar qoqilgan, ularning o’rtasida quvursimon kichkina narsa o’rnatilgan. Bu quvurcha o’q atrofida aylanadi, o’q
tayanchga mahkamlangan, disk shaklidagi qog’ozning tushub ketishini oldini olish uchun shisha bilan o’ralgan. Kompasning bu ko’rinishlari va dizayni musulmon sayyohlardan keyin yevropaliklarga o’tadi, so’ng bu moslama rivojlanishiga ular hissa qo’shadilar.
Musulmonlar rivojlangan navigatsiya instrumentlariga ega bo’lgani bois, ulardan mohir navigatorlar yetishib chiqqan. Ibn Majid ana shunday inson edi, u Arabistonning Najd shahridan bo’lib, 15-asrda yashagan. Uning bobosi va otasi Qizil Dengizni mukammal biladigan usta navigatorlar bo’lishgan. Olim deyarli hamma dengiz yo’nalishlarini bilgan, Qizil Dengizdan Sharqiy Afrikagacha, Sharqiy Afrikadan Xitoygacha. Bu haqida kamida 38ta qo’llanma,
bayonnoma yozgan, ularning ba’zilari nazm, ba’zilari nasr janrida bitilgan, hozirgi kunda ularning 25tasi mavjud. Bu qo’lyozmalar astronomlik, dengizchilik sohasiga oid bo’lib, bandargohlar kengligi, dengizda suzish yo’nalishlari va oyning osmondagi o’rni kabi mavzular haqidagi ma’lumotlardan iborat edi. 16-asrning eng taniqli va muhim navigatori kapitan Piri Reis bo’lgan, u kemada suzish yo’riqnomasi hisoblangan 450yoshli “Kitobi bahriyiy”ning
muallifidir; kitob nomining 3xil tarjimasi bor: “Dengizchining kitobi”, “Harbiy-dengiz qo’llanmasi”, “Dengiz ilmi haqida kitob”. Kitob 1991-yili Turkiya Madaniyat va Turizm Vazirligi ko’rsatmasiga binoan bosib chiqarildi, bu yangi nashrda original variantidagi yozuvlarning rangidan ko’chirilgan joylar, Ottoman matnining lotin, zamonaviy turk va ingliz tiliga tarjima qilingan qismlari o’rin egallagan edi. Piri Reisning “Dengiz ilmi kitobi” O’rta Yer Dengizi orollari va sohillariga yetish uchun yo’riqnoma va zamonaviy dengizchilikka mustahkam poydevor vazifalarini o’tadi.
Undan kema kapitanlari sohilbo’yi joylarni, suv yo’llari, portlarni bilish uchun, O’rta Yer Dengizi sohiligacha bo’lgan masofani hisoblash uchun qo’llanma sifatida foydalanishdi. Bundan tashqari kitob orollar, ko’llar, bo’g’ozlar, dengizning xavfli joylariga qaratib qurilgan boshpanalar haqida, qanday qilib langar tashlab, portga yetib borish kerakligi haqida bilim ham ulashgan.
Muallif yana joylar oralig’idagi masofalarni va koordinatalarini ham kitobga ilova qiladi. Ko’rib
turganingizdek, bu kitob O’rta Yer va Egey dengizi haqidagi to’liq va mukammal ma’lumotlarni o’zida jamlagan bo’lib, u 219 qismdan iborat. Asar yaratilgan payt shu hudud dengizchilari va olimlarining 200yildan ko’proq vaqt davomidagi rivojlanishining cho’qqisi edi.
Qo’llanma 2marta nashr qilingan, birinchisi 1521-yili, ikkinchisi esa 5yildan keyin amalga oshirildi. Birinchi nashrda asosiy auditoriya sifatida dengizchilar nazarda tutilgan, ikkinchi nashr Piri Reis tomonidan sulton uchun sovg’a sifatida tayyorlandi. U qo’l mehnati bilan qilingan dizayn, rasmlarga to’la bo’lib, undagi xaritalar mohir xattotlar va rassomlar tomonidan chizilgan edi va bu manba 16-asrning o’zidayoq kolleksiya yig’uvchilar e’tiboriga tushgan.
“
Ba’zi xaritalarda ko’rsatilgan
shahar ko’rinishi, an’analar, kemalar, flora, fauna olami rasmlari, va hatto portetlar borligi bu xaritalarni san’at asari darajasigacha olib chiqqan”.
Do'stlaringiz bilan baham: