Ibn Hazm, 10-asr olimi, Ispaniyada, Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra


Turkiyalik Piri Reis tomonidan chizilgan, “Kitob-i-bahriyye”dan olingan, Kipr oroli ko’rsatilgan xarita



Download 37 Mb.
bet8/20
Sana28.06.2022
Hajmi37 Mb.
#715930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Fixed-Orig

Turkiyalik Piri Reis tomonidan chizilgan, “Kitob-i-bahriyye”dan olingan, Kipr oroli ko’rsatilgan xarita
Piri Reisning xaritasi
Sharq va G’arbni qiziqtiradigan xarita
Amerikani ko’rsatgan eng qadimgi xarita

Meros: Piri Reisning Amerika ko’rsatilgan bu mashhur xaritasi bugungi kunda mavjud bo’lmagan Xristofor Kolumbning xaritasi haqida ham ma’lumot beradi.





Joylashuv: Turkiya
Sana: 16-asr
Asosiy shaxslar: Piri Reis, Turkiya admiral, qo’mondoni




Turkiyaning Topkapi Saroy Muzeyida 1929-yili ishlagan olimlar 16-asr boshlaridagi dunyo xaritasini qayta kashf qilishadi. Bu manba Piri ibn Hajji Muhammad Reis( “admiral”, “qo’mondon” ma’nosini beradi) tomonidan imzolangan bo’lib, 1513-yil sanasi bitilgan. Bugungi kunda u “Amerika xaritasi” nomi bilan mashhur, u aslida Xristofor Kolumb Yangi yerga qadam qo’yganidan 21yil keyin yaratilgan.
Piri Reis Gallipolida 15-asrning ikkinchi yarmida tug’ilgan, o’zining dengizchilik faoliyatini amakisi Kemal Reis qo’lida boshlagan. U amakisi tomonida turib, ko’plab dengiz janglarida qatnashdi, Qizil dengiz va Hind okeanidagi Ottoman flotini portugaliyaliklarga qarshi urushishga boshlab chiqdi. Saroy Muzeyda qayta kashf qilingan o’sha xaritani yaratish uchun Piri Reis o’zining sayohatdagi, dengizdagi tajribalariga suyanmadi, aksincha o’zidan avvalgi xaritalar—20ta viloyat xaritasi, arablarning Hindiston xaritasi, portugaliyaliklarning Xitoy va Hindistonni tasvirlagan xaritalari va Kolumbning sohillar, orollar ko’rsatilgan “G’arbiy qismlar” xaritasidan foydalandi.
Piri Reisning xaritasini qayta topishdan olingan so’nggi, butun dunyo tarixchilarini hayratga solgan fakt shuki, dengizchi ta’kidlagan oxirgi xarita Kolumbning Yangi yerlarni topish uchun amalga oshirgan 3-ekspeditsiyasi vaqtida yaratilgan. Kolumb uni 1498-yili Ispaniyaga jo’natadi, yillar o’tib u yo’qolib ketadi. Shunday qilib biz Piri Reisning xaritasiga qarab, Kolumb nimalarni yozib qoldirganini bilib olishimz mumkin.
Piri Reis shaxsiyati haqida ham yana ozgina ma’lumot bersak. Dengiz janglari oralig’ida, u Gallipoliga qaytadi, 1513-yili xaritasini chizib tugatadi va dengizchi, sayohatchilar uchun yo’nalishlar yo’riqnomasi bo’lgan “Dengiz ilmi kitobi”ni yozadi. 1528-yilda ikkinchi xaritasini yaratadi, hozirda uning 1/6qismi saqlanib qolgan. Bu parcha shimoli-g’arbiy Atlantikani, Venesueladan tortib Nyufaundlend oroligacha bo’lgan hududlarni, Grinlandiyaning janubiy qismini o’zida jamlagan, tarixchilar xaritaning ma’lumotlarga to’laligidan hayratga tushishgan. Uning boshqa qismlarini topish uchun qilingan harakatlar esa zoye ketgan. 1528-yili 2-xaritani ommaga taqdim qilgunicha bo’lgan uzoq tanaffus paytida Piri Reis haqida mish-mish, afsonalar paydo bo’ldi, va 16-asr o’rtalarida u yana o’z faoliyatiga—Qizil dengiz va Hind okeanidagi Ottoman floti kapitanligiga qaytdi. Keyinchalik kapitan muhim bir dengiz jangini boy bergani uchun Ottoman sultoni tomonidan o’z vazifasidan ozod etildi.
Bugungi kunda, Piri Reisning xaritasi Amerika chizilgan eng qadimgi xaritadir. Bu 16-asr boshlarida turk olimlari tabiiy fanlar ilmida o’z davri peshqadamlaridan biri bo’lganligini ko’rsatadi. 1517-yili Ottoman sultoniga Piri Reis Yangi dunyo xaritasini ko’rsatganda, turklarda Amerika va Afrikaga olib boruvchi yo’nalishlar bor edi.







  • Amerika tasvirlangan eng qadimgi xaritalardan biri 1513-yili Piri Reis tomonidan yaratilgan. Uning kartasida Braziliya sohillaridan chapdagi, Ispaniya va Janubiy Afrikadan o’ngdagi hududlar ko’rsatilgan.






06 Sayohatchilar va tadqiqotchilar


D
ar al-Islam, musulmonlar o’lkasi 1300-yillar boshlarida o’rganilgan dunyoning eng buyuk yerlaridan bo’lgan, hududning har chekkasida islom dini qonun-qoidalari o’rnatilgan edi. 11-asrning qomusiy olimi Al-Beruniy o’zining “Hududlarning chegaralarini belgilash kitobi”da shunday deydi: “Islom dini allaqachon yerning sharqiy davlatlaridan tortib g’arbiy mamlakatlarigacha yoyilishga ulgurdi. U g’arbdan Ispaniyagacha(Andalusiya), sharqdan Xitoy chegaralari va Hindiston o’rta yerlarigacha, janubdan Habashiston va Zanj Zanj (Malidan Tanzaniyagacha va Mauritaniyadan Ganagacha bo’lgan hududlardagi qora afrikaliklar maydoni ma’nosini bildiradi) mamlakatlarigacha, Malay arxipelagi va Yava oroli sharqiy tomonlarigacha, shimoldan esa turk va slavyanlar mamlakatlarigacha tarqalgan edi. Bunday turli toifa odamlar bir-birini tushunish, insoniy qadriyatlar orqali, Allohning irodasi bilan tinch yashashar edi.”

Bu ulkan imperiyani bir tanaga qiyoslasak, undagi arteriya qon tomirlari hisoblanmish savdo-sotiq va sayyohlik yo’llari har bir davlatga, shaharga hayot bag’ishlab turar edi. Aralash sistema ichida yakka musulmonlar sultonlik qilib, boshqarishar edi. 13-asrdan keyin aholi o’rtasida harbiy askarlar paydo bo’lsa-da, oddiy musulmonlar davlatlararo bemalol yuravaverishgan, ba’zida esa faqatgina passport olib yurish talab etilardi. Ibn Battuta Suriyaga borganida quyidagicha yozadi: “agar Misrdan olingan passporti bo’lmasa… hech kim bu joyga kirolmasdi. Bunday hujjat shaxsning o’z uy-joyini Iroq(mongollar tomonidan bo’ysundirilgan davlat) ayg’oqchilaridan asrovchi va va xavfsizligini ta’minlovchi bir manba sifatida xizmat qilgan… Bu yo’l badaviylar nazorati ostida bo’lgan. Tun boshlanganidan keyin, ular qumni tekislab qo’yishardi, hech qanday belgi qoldirmasdan, keyin ertalab hokim kelib qumni tekshirardi. Agar u qum ustida qandaydir ortiqcha narsa, iz topib olsa, arablarga buni qilgan odamni tutib olib kelishni topshirar edi, arab askarlari shu zahoti yo’lga chiqishar va gumondorni tutib kelishda hech ham yanglishishmas edi”.
Musulmonlar tabiatan sayohatchi odamlar, chunki ularning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda yozilishicha, har bir imkoniyati bor bo’lgan odam hayoti davomida hech bo’lmasa bir marta haj safarini, Makkani ziyorat qilishni amalga oshirishi kerak bo’lgan. 7-asrdan boshlab minglab odamlar Islom imperiyasining uzoq o’lkalaridan Makkaga yetib kelish uchun yo’lga chiqishadi, omadi chopganlari tuyalar ustidagi chodirlarda, ho’kiz qo’shilgan aravalarda, ot yoki esahak ustida, qolganlari esa piyoda yo’l yurishib, manziliga omonlikda yetib olishni niyat qilganlar. Ular sayohati davomida o’zlari bosib o’tgan yo’llarning landshaftlari haqida ma’lumotlar, tasniflar yozib ketishgan. Bu qo’lyozma manbalarning ba’zilari ko’p joylarning, masalan Xitoyning arab tilidagi birinchi bayonnomasi hisoblangan.
Xitoyning ilk tasnifi yozilishi 9-asrga borib taqaladi, chunki shu davrdan Fors ko’rfazida xitoyliklar bilan qilingan savdo-sotiq qayd etilishni boshlagan. Siroflik musulmon Abu Zayd Hasan Fors ko’rfazidagi, Sirofdagi, Iroqning Basra shahridagi kemalarga Xitoyga qarab suzishni buyuradi. Musulmonlarning kemalaridan kattroq bo’lgan Xitoy kemalari ham Sirofga kelib turishgan, bu yerda ular Basradan keltirilgan tovarlarni o’zlarining transportlariga yuklab,olib ketishgan.






U zot Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda tog’larni barpo qildi, (o’zlaringiz uchun ichimlik bo’lishi hamda ekin-tikinlaringizni sug’orishingiz uchun) daryolarni (oqizib qo’ydi) va (ko’zlagan manzilingizga borishda) adashmasligingiz uchun yo’llarni paydo qildi”. Qur’oni Karim 16:15-16

Ming yillar davomida, bunday kemalar Maskat shahriga, keyin Ummon sultonligiga borish uchun arab sohillari bo’ylab suzishdi, bu yerning o’zidan esa Hindistonga tovar yetkazilib berildi. Bu yo’llarning hammasida savdo-sotiq va mol almashtirish amalga oshirildi va rivojlantirildi, musulmon koloniyalarining eng muhimlaridan biri bo’lgan Xitoy va uning Guanjou( arabchasiga Xanfu) shahriga kemalar tez-tez kelib turgan. Bu yerda, musulmon savdogarlar o’zlarining shaxsiy do’konchalarini tashkil qilishgan, tovar ayirboshlash birinchi bo’lib imperator saroyida unga mos kelgan narsalarni tanlashi uchun tashkillashtirilardi. Xanfudan chiqib, ba’zi musulmon savdogarlar 2oylik safarga jo’nashadi—Xitoyning poytaxti, Xomdaga yo’l olishadi.


Ibn Vahhob 9-asrda yashagan Basralik savdogar Xitoyga suzib boradi, uning poytaxtini uzun, keng yo’l orqali ikki bo’lakka ajralgan,deb tasvirlaydi. Birinchi qismida imperator, uning a’yonlari, xizmatidagi barcha kishilar yashasa, ikkinchisida oddiy aholi va savdogar, sotuvchilar istiqomat qilgan. Har kuni tongda, imperator tomonida yashovchi rasmiylar va xizmatkorlar ikkinchi tarafga o’tib, mahsulot sotib olishadi va qaytib ketadilar, shu bilan kun bo’yi ikkala taraf odamlari bir-biriga aralashmaydilar. Musulmon savdogarlarining so’zlariga qaraganda, Xitoy savdo-sotiq uchun juda mos mamlakat hisoblanadi, u xavfsiz va qonunlar orqali yaxshi nazoratda ushlanadi, sayohatchilar bu yerga kelishganda o’zlarining xavsizligiga kafolatni, ma’lum bir huquq-majburiyatlarini qo’lga kiritishadi. Ibn Battuta shunday degan: “Xitoy sayohatchi uchun eng xavfsiz va ajoyib joy. Agar bir kishi bu yerga katta boylik bilan kelsa, 9 oy hech qanday qo’rquv va hadiksiz, bemalol, xotirjam sayohat qilsa bo’ladi”. Al-Muqaddasiy(taxminan 945-1000-yillar)—Ibn Battutadan ko’p asr oldin, o’zining Quddusdagi uyidan chiqib, sayohatga ketgan geograf. U deyarli musulmon


Download 37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish