Ibn Hazm, 10-asr olimi, Ispaniyada, Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra


BBC ning “Yevropaning islomga oid tarixi” ko’rsatuvi, Rageh Omaar



Download 37 Mb.
bet5/20
Sana28.06.2022
Hajmi37 Mb.
#715930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Fixed-Orig

BBC ning “Yevropaning islomga oid tarixi” ko’rsatuvi, Rageh Omaar

Bu ulkan geografik ensklopediya o’zida o’rta asr ilmining deyarli hammasini jamlagan. Kitob arxeologiya, etnografiya, tarix, antropologiya, tabiiy fanlar, geografiya bo’limlarini o’z ichiga olgan, olim yozilgan har bir joyning koordinatalarini berib o’tgan. U ko’plab shaharlar va tumanlar nomini keltirib, ularning iqtisodiyoti, tarixi, aholisi va bu joylar ixtisoslashgan yo’nalishlar haqida ma’lumot keltiradi.


Texnologiya, san’at va tabiiy fanlar kabi geografiyani ham keng qamrovli soha ekanini bir qancha shaxslar ko’rsatib bergan. Ularning ilmga va notanish narsalarni tushunishga bo’lgan xohishining yuqoriligi, qiziquvchanligi va o’zidan keyingilar uchun foydali bo’ladigan bebaho manbalar qoldirish hissi, ko’pchiligini birinchilardan bo’lib butun dunyo bo’ylab ma’lumot to’plashga undagan. Hozirda bizda dunyo bo’ylab masofadan sayohatga chiqish imkonini beradigan gazetalar va televizor dasturlari bor. Ba’zi odamlarning dam olish uchun, sarguzasht uchun safarga chiqishini hisobga olmaganda, ko’pchiligimiz kresloda o’tirgan holda “professionallar”dan boshqa joylar, mamlakatlar haqida ma’lumotlar ololamiz va o’rganolamiz. Bizdan farqli o’laroq, o’tgan mingyillik odamlarini atrofida qanday mo’jiza-yu ajoyibotlar bo’layotganini tushunish va qiziquvchanlik sayohatlar qilishga undagan.





Musulmon olimlar Yerning dumaloqligiga ishonishgan va buni isbotlovchi tadqiqotlar va aniq hisoblashlar olib borishgan .



Al-Idrisiyning dunyo xaritasi

MADANIY CHORRAHALARDAN NAZAR


Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikani ko’rsatuvchi birinchi xarita

Meros: O’z davrining eng aniq xaritasi hisoblangan bu manba bilan Al-Idrisiy islom sivilizatsiyasidagi tajribali xarita tuzuvchilar qatoriga kirgan


Joylashuv: Sitsiliya


Sana: 12-asr
Asosiy atamalar: Al-Idrisiy, qirol RogerII, Sitsiliyaning norman qiroli, musulmon olim.
Minglab yillar oldin mamlakatlar, qit’alar, suv yo’llarini ko’rsatib beruvchi aniq va tushunarli manbalar bo’lmagan. Lekin ko’plab odamlarning savdo-sotiq, tadqiqot qilish uchun va diniy sabablarga ko’ra sayohat qilishi boshlanganidan keyin yaxshi ishlangan xaritalarga bo’lgan talab oshdi.
Dunyoning eng qadimgi xaritalaridan ba’zilari musulmon olimlar tomonidan chizilgan, ular o’zlari erishishi mumkin bo’lgan hamma geografik bilimlarni egallaganlar. Bundan tashqari o’rta asr dunyosining ko’z bilan ko’rilgan qismlari haqidagi ma’lumotlar musulmon geograf-sayyohlarning safarlar vaqtida tutgan kundaliklariga asoslanib, hisoblanib, keyin yozilgan.
12-asrda Al-Idrisiy degan olim birinchilardan bo’lib Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikani o’z ichiga olgan atlasni yaratadi. Deyarli 850yildan so’ng, Marko Polo yoki Kolumbning dunyoni tadqiq qilishi natijasida bunday xaritalar qayta vujudga keldi. Al-Idrisiy zamonasining eng oldi xaritasini tuzishi jarayonida minglab dengizchi-yu sayyohlar bilan intervyular qiladi, o’zidan oldingi olimlar xulosalaridan foydalanadi va natijada keng qamrovli, tartiblangan manbani yaratadi. Undagi arabcha matnlar shuni ko’rsatadiki, Al-Idrisiy xaritani shimoldan tepaga va janubdan pastga qaratib chizgan, keyinchalik o’rnatilgan qoida bo’yicha.
Xaritani yaratish islom qoidalarini yoyilishiga hissa qo’shgan Sitsiliya qiroli RogerII tomonidan olimga vazifa qilib beriladi.Qirol o’sha payti Ispaniyada yashayotgan Al-Idrisiyni xarita yaratishga chaqirtiradi, bu topshiriqni to’liq tugallash uchun 15yil ketadi. 12-asrda Sitsiliya madaniyat va g’oyalar uchun asosiy chorraha rolini o’ynagan; vazifani tugatib, Morokkodagi uyiga qaytishidan oldin Al-Idrisiy qirol sudining hurmatli a’zosiga aylanadi. Olim aylanasimon xaritaga Hindiston, Arabiston, Osiyo, O’rta Yer Dengizi, Yevropa va Shimoliy Afrikani chizadi, qirol Roger uchun katta, kumushdan qilingan planisfera tuzib beradi. Qadimgi Yunonlar paytidan odamlar sayyoramizning sferik ekanligiga ishonishgan, va musulmon olimlar bu faktni Yerni sinchklab o’lchash orqali yana bir bor isbot qilib bergan. Al-Idrisiyning qo’lyozmalarida u Yer aylana uzunligini Ekvatorda 22,900mil ekanini aytgan, bu son zamonamiz ma’lumotlariga ko’ra deyarli 10%ga farq qiladi, buyuk geograf yana yarimsharlar, ularning iqlimiy mintaqalari, dengizlar va bo’g’ozlar haqida ham ma’lumotlar keltirgan.
Islom sivilizatsiyasi boshlarida, matematik geografiyaning asosiy maqsadi Yerning xususiyatlarini topish, uning o’ziga xos tomonlarini o’lchash bo’lgan va olimlar balandlik, uzunliklarni o’lchashda murakkab usturloblardan foydalanishgan. 9-asrda xalifa Al-Ma’mun astronomlarga Yerning aylana uzunligini o’lchashni topshiradi, va ularning olgan natijasi bugungi hisob-kitoblardan 125milgagina farq qiladi.







05 Xaritalar
D
eyarli 35,000 yil oldingi davrlardan boshlab xaritalar odamlarga o’z yo’lini topishga yordam berib kelyapti, dastlabki xaritalar to’rtburchak shakldagi sopol bo’laklariga chizilgan. Qog’ozning o’ylab topilgani o’z navbatida xarita yasash rivojiga o’z hissasini qo’shdi, lekin ko’proq kartografik revolutsiya Geografik Ma’lumotlar Sistemasi(GMS) rivojidan keyingina amalga oshdi. Bu degani, birinchi katta o’lchamdagi, raqamlashgan, kompyuterlashgan xaritalar 1973-yilda Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan, va 1995-yilgacha industrlashgan dunyoning ko’p qismi to’liq raqamlashtirildi.



Hozirgi zamonaviy texnologiya—Yerning joylashuvini ko’rsatib beruvchi sun’iy yo’ldosh sistemalaridan oldin xaritalar sayyohlar va dengizchilarning hisoblashlari asosida yaratilar edi.
7-asr musulmonlarining savdo-sotiq, dunyoni tadqiq qilish sababli uylaridan chiqib ketishlari natijasida safar uchun xaritaga talab oshadi. Ular yangi joylar haqida bilim to’plash uchun sayohatga chiqishgan, qaytganida boshqa odamlarga u joylarda ko’rgan-kechirganlarini aytishgan, hisob-kitoblarini ko’rsatishgan. Boshlanishida bu ishlar og’izda bajarilgan, keyinchalik qog’ozning vujudga kelishi orqali 8-asrda Bag’dodda yaratilgan birinchi xaritadan boshlab, safar yo’riqnomalari paydo bo’la boshladi va ommalashdi. Xalifa Abbos tomonidan yo’lga qo’yilgan yo’nalishlar xaritasi pochtachilarga imperiya ichida xatlarni manziliga tezroq yetkazishiga yordam berardi. Bu ma’lumotlar “Yo’nalishlar kitobi”dan o’rin olgan, unda uzoqdagi chet el yerlari, landshaftlari, mahsulot yetishtirish samaradorligi va uyerlarda olib boriladigan iqtisodiy mashg’ulotlar haqida ma’lumotlar to’plangan edi.
Musulmonlar dunyoning turli chekkalarini tadqiq qilayotgan bir paytda Yevropada Vikinglar( 8-11-asrlarda) bir qancha masofalarga sayohat qilar edi, ularning dunyo haqidagi bilimi esa o’zlarining mahalliy hududlaridek chegarangan bo’lib, odatda ular uchun xaritalarni diniy xodimlar tuzib berar edi. Agar musulmon geograflar va xarita tuzuvchi olimlar o’zlaridan bebaho ilmlar, manbalar qoldirishmaganida, balki Yevropaning 15-16-asrlardagi buyuk tadqiqotlari amalga oshmagan bo'larmidi. Hozirgi zamon xaritalarining uslubi Yevropaliklar tuzgan xaritalarnikiga o’xshash, lekin shuni aytish kerakki, bu uslublar yaratilganiga sanoqli asrlargina bo’ldi. Yevropalik yo’lboshlovchilar Shimoliy qutb yulduzi va magnet kompasdan foydalangan holda yo’l topishni boshlaganidan keyin, “shimol”ni xaritani tepasiga joylashtirishdi. Bundan oldin esa, ular xaritasining tepasida sharq bo’lgan, “orientation” (orientir) so’zi ham shundan kelib chiqqan. O’rta asr Yevropasining xaritalarida eng tepada yoki markazda Quddus shahri turgan, chunki bu muqaddas joy.
Musulmon olimlarining va yevropaliklarning xaritalari orasidagi eng katta farq shuki, musulmonlar odatda janubni tepada, shimolni pasda qilib chizishgan. Astronomiya, matematika fanlari taraqqiy topishi fanda xarita chizish ilmining gurkirashiga hissa qo’shdi, natijada bu yo’nalish ham asosiy, muhim sohalardan biriga aylandi. Keyinchalik musulmonlar qoldirgan natijalar, xulosalardan kelib chiqib, g’arb kartograflari teskarimacha, ya’ni shimolni tepada, janubni pasda qilib yangi xaritani yaratishdi.
1929-yili, Turkiyaning Topkapi saroy muzeyida ishlagan olimlar 16-asr boshlaridagi dunyo xaritasini topishadi, u turk kapitani Piri ibn Hajji Muhammad Reis tomonidan imzolangan bo’lib, unga “Muharram, 919-hijriy(yoki 1513-yil milodiy)” deb yozilgan edi. Bu xarita “Amerika xaritasi” nomi bilan mashhur bo’lib, Kolumb Yangi Dunyoni kashf qilganidan atigi 21yil keyin yasalgan edi.









Kolumb arablarning xaritalarini o’rgangan…Yahudiy yoki musulmonlar tajribalari, xulosalarisiz , Ispaniya 16-asrning Yevropadagi eng buyuk koloniya egalaridan biriga aylana olmas edi.”

Download 37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish