I qism. Fotometriya asoslari


 Ketma-ketli rang kontrasti qonuniyatlari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
4.4.3. Ketma-ketli rang kontrasti qonuniyatlari 
Ketma-ketli rang kontrastida ranglarning o‘zgarish qonuniyatlari 
asosan bir vaqtdagi kontrastdagi kabidir. Ketma-ketli kontrastning 
farqlovchi hususiyati – bu rangni kuzatishdan so‘ng ma’lum bir vaqt 


257 
KETMA-KETLI OBRAZning ko‘zda qolishidir. Bu obraz ma’lum bir 
rangga ega bo‘lib, boshqa kuzatilayotgan rangga ko‘chib o‘tadi va ularni
idrok etishda xatolikka olib keladi. Ketma-ketli obrazning ikki turi 
farqlanadi, - IJOBIY OBRAZLAR va SALBIY OBRAZLAR. Ijobiy 
obrazlar kuzatilayotgan ko‘rinish rangiga ega bo‘ladi, salbiy obrazlar esa 
– qo‘shimcha rangga ega bo‘ladi.
Ijobiy ketma-ketli obrazlar ayniqsa yorqin yoritilgan yuzalar 
kuzatilganda sezilarli namoyon bo‘ladi. Masalan, yorqin yorug‘lik 
manbasiga qaralgandan so‘ng ko‘zda ma’lum bir vaqt uning obrazi 
shunday rangda saqlanadiki, u keyingi ko‘rish hislariga ta’sir qilib, 
kuzatilayotgan buyumlarning rangini o‘zgartiradi.
Salbiy ketma-ketli obrazlar xromatik ranglarni ko‘proq yoki 
qisqaroq davom etadigan kuzatishdan keyin hosil bo‘ladi. Masalan, 
qirmizi rang kuzatilgandan keyin ko‘zda yashil rangning obrazi qoladi. 
4.4.4. Rang kontrastini tushuntirish 
Bir vaqtdagi rangli kontrastning hosil bo‘lishi haligacha to‘la-
to‘kis ilmiy izohlanmadi. Buning mexanizmi har xil tasvirlanmoqda. 
Masalan, to‘r pardaning qo‘zg‘otish nuqtasidagi qo‘shni nervlarning 
induksiyasi deb faraz qilinmoqda. Bundan tashqari, bir vaqtdagi 
kontrast, aslida ketma-ketli deb faraz qilinadi, chunki ko‘zimiz aslida 
doimo harakatda va uning to‘r pardasi ranglarning almashishi natijasida 
ketma-ket qo‘zg‘oladi.
Ketma-ketli rang kontrasti ko‘zning charchashi, hamda uning 
moslashuvi (adaptatsiyasi) bilan tushuntiriladi.
Ko‘zning rangli charchashi xromatik rangni kuzatishda nur 
sezuvchi hujayralarning eng katta kuchli qo‘zg‘alishni his qilayotgan 
bir qismi boshqalardan avvalroq toliqadi va buning natijasida
kuchsiz qo‘zg‘atilganligi sababli sezgirligini uzoqroq saqlaydigan 
hujayralarga qaraganda ko‘proq darajada sezgirligini yo‘qotadi. 
Kuzatilayotgan rang almashganda sezgirligi yuqoriroq bo‘lgan 
hujayralar kuchliroq qo‘zg‘aladi va bu rang to‘g‘risida noto‘g‘ri 
ma’lumot berilishiga olib keladi. Masalan, qirmizi rang A (4.14 – rasm) 
kuzatilganda asosan ko‘kka sezgir va qizilga sezgir rang sezuvchi 
hujayralar toliqar ekan, natijada yashil markaz xujayralarining nisbiy 
sezgirligi yuqoriroq bo‘lib qolar ekan.
Agar ko‘zni mana shu holatdan tezlik bilan oq rangli sirtga B (4.14 
– rasm) o‘tkazilsa, unda tabiiyki, u oq rangda emas, balki yashil C (4.14 


258 
– rasm), ya’ni avvalgi kuzatilgan rangga qo‘shimcha rang bo‘lib 
ko‘rinadi. 
4.14 – rasm. Ketma-ketli xromatik kontrast hodisasi 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish