4.2.2. Spektral tavsifi bo‘yicha rangni taxminiy aniqlash
Axromatik rangning spektrad tavsifi grafik shaklda to‘g‘ri chiziq
yoki bir oz to‘lqinsimon gorizontal chiziq ko‘rinishida ifodalanadi.
Xromatik ranglar grafik shakllarda ozmi yoki ko‘pmi keskin egilgan egri
chiziq ko‘rinishida taqdim etiladi. Rang tavsiflari spektral grafiklar
bo‘yicha quyidagicha o‘qiladi.
Rangning yorqinligi chiziqning abssissa o‘qidan joylashgan
balandligi bilan aniqlanadi. Masalan, agar qaytarish grafigida egri chiziq
ordinataning 0,4 balandligida o‘tgan bo‘lsa, unda rangning yorqinligi
40% ga teng bo‘ladi.
Rang tusining nomi o‘tkazish va qaytarish egri chiziqlari bo‘yicha
spektrning ko‘pchiligini tashkil etgan nurlar bo‘lgan qismida egri chiziq
ko‘tarilishining maksimumi bo‘yicha o‘qiladi.
Rangning to‘yinganligi grafikdagi egri chiziqning egilish tikligi
darajasi va yozilganlik kengliklari bo‘yicha o‘qiladi. Egri chiziqning
ko‘tarilishida minimum va maksimum o‘rtasidagi farq qancha katta
bo‘lsa, to‘yinganlik ham shuncha katta bo‘ladi. Biroq, har xil rang
tuslarining ranglarida egri chiziqlarning bir xil yozilganlik kengligi har
doim ham bu ranglar bir xil to‘yinganlikka ega deyishga asos
bo‘laolmaydi. Masalan, to‘yingan yashilning qaytarish egri chizig‘i
ko‘tarilishining maksimumi, huddi shunday to‘yinganlikdagi qizilga
qaraganda past bo‘ladi. Bu holatda bir xil to‘yinganlikni his etish,
ko‘zning spektr yashil nurlariga bo‘lgan kattaroq sezgirligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Rang tusi yutilish egri chizig‘ining minimal ko‘tarilishi bo‘yicha
aniqlanadi. To‘yinganlik esa, egri chiziq egilishining tikligi va
chuqurligi bo‘yicha ham aniqlanadi. Hamma spektr bo‘yicha egri
chiziqning tikligi qancha kam bo‘lsa, rang shuncha kam to‘yingan
bo‘ladi va ko‘proq axromatik rangga yaqinlashadi.
Egri chiziqlar, faqat ordinata o‘qi bir hil masshtabda
razmetkalanganda solishtirilishi kerak, chunki yuqorida aytilgani kabi,
spektral egri chiziqlarning shakli ko‘proq darajada grafikning
masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda rang tavsiflarini zonali grafiklar
bo‘yicha o‘qish ancha osonlashadi.
239
Rangli tus eng katta qaytarishli (yoki o‘tkazishli) bitta yoki ikkita
zona bo‘yicha aniqlanadi. Uchinchi zonaning sathi eng kichik, rangli
tusga ta’sir qilmaydi. Uchinchi zonaning sathi bilan faqat rangning
to‘yinganligi va yorqinlik bog‘langan. Zonal interval qancha kichik
bo‘lsa to‘yinganlik ham shuncha kichik bo‘ladi. Minimal zona oq rang
kirishmasinig kattaligini ya’ni shu rangning qanchalik oqarganligini
ko‘rsatadi. Oqarganlikning ko‘payishi bilan rangning yorqinligi ham
oshadi.
Zonali grafiklar bo‘yicha ranglar tahliliga misollar 4.5 – rasmda
keltirilgan.
4.5 – rasm. Har xil ranglar spektrlarining zonali diagrammalari
a) Sariq to‘yingan. Teng miqdordagi yashil va qizil nurlarning
aralashmasidan tashkil topgan. Bitta zonadagi nurlarning yo‘qligi oqargan
rangning yo‘kligini ko‘rsatadi. Bu yuqori to‘yinganlikning yoki toza rangning
belgisi hisoblanadi (4.5, a - rasm).
b) Qizil kuchsiz to‘yingan
.
Ko‘k va yashil zonalardagi qaytarishning eng
kam sathi, shu rangdagi oq rangning grafikdagi shtrixlangan hissasini aniqlaydi.
Bu hissa juda katta, shu sababli rang to‘yinmagan bo‘lib ifodalanadi (4.5, b -
rasm).
c) To‘q qizil, kuchsiz to‘yingan, deyarli oq (4.5, c - rasm).
d) Zarg‘aldoq to‘yinmagan. Oq kirishma shtrixlangan. Punktir bilan
qizilning yashil bilan aralashmasidan tashkil topgan toza qizil va toza sariq
ranglarning hissalari ajratilgan (4.5, d - rasm).
4.6 – rasmda eng asosiy ranglar nomlari va ularning spektral
tarkiblari, zonali grafiklar yordamida sxematik tasvirlari keltirildgan
rangli doira ko‘rsatilgan.
а)
b)
c)
d)
240
Do'stlaringiz bilan baham: |