I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
 


231 
4 - BOB. RANGNI AKS ETTIRISH VA RANGNI O‘LCHASH 
 
4.1. Fotografik rangni aks ettirish. Asosiy tushunchalar va 
terminlar 
4.1.1. Tusni aks ettirish va rangni aks ettirish 
«Tusni aks ettirish» va «rangni aks ettirish» atamalari ko‘pincha 
sinonim sifatida qo‘llaniladi, biroq bu faqat oq-qora rangda tasvirga 
olishdagina mumkin bo‘ladi. Bu yerda ob’ektning rang uzatishi faqat 
ranglarning tus uzatishidan, ya’ni faqat ranglar ravshanligining farqlarini 
– ularning tuslari bo‘yicha farqlarini – aks ettirshdan iborat bo‘ladi. 
Rangli tasvirga olishda esa rangni aks ettirish masalalariga ranglarni 
ularning uchta parametrlari – ravshanliklari, rang tuslari va 
to‘yinganliklari bo‘yicha aks ettirish kiradi. (Rangning ravshanligi 
deganda oq- qora jarayondagi kabi nisbatan tushiniladi). Shunday qilib, 
rangli kinoda rangni aks ettirish masalasi ikki qismdan iborat: tuslarni 
aks ettirish va rangdorliklarni aks ettirish. Bu ikki qism bir biri bilan 
uzluksiz bog‘lanishgan bo‘ladi, chunki rangdorlikni to‘g‘ri aks ettirish 
imkoniyati kuchli darajada ob’ektning tusini to‘g‘ri uzatishga bog‘liq 
bo‘ladi. 
4.1.2. Fotografik rang uzatish aniqligi 
Rangni fotografik aniq aks ettirishning uchta mezoni mavjud: 
fizikaviy, fiziologik va psixologik. 
Rangni fizikaviy aniqlik bilan aks ettirish deb, ob’ektning rangi va 
uning fotografik nusxasi SPEKTRAL TARKIB bo‘yicha bir xil 
bo‘lishligiga aytiladi. Aks ettirishning bunday aniqligiga kinoda mavjud 
bo‘lgan usullar bilan amalda erishib bo‘lmaydi va bundan tashqari 
bunday aniqlik ma’noga ega emas, chunki bizning ko‘zimiz atigi 
ranglarning vizual bir xilligi bilan to‘liq kifoyalanadi. Vizual bir xil 
bo‘lgan ranglar esa, yorug‘likning har xil spektral tarkiblari bilan hosil 
qilinishi mumkin.
Fiziologik aniqlik deb, nusxaning rangi bilan orginalning rangi 
bevosita solishtirilganda bir xil ko‘rinishiga ya’ni rangdorligi va nisbiy 
ravshanligi bo‘yicha bir xil bo‘lishligiga aytiladi. 
Bu berilgan holatda faqat ranglarni HIS QILIShning tengligi 
(spektrlarning tengligi emas) ko‘zda tutiliyapti. Shu sababli bu mezon 
fiziologik deb nom olgan. Amalda bu aniqlikka kinoning zamonaviy 
usullarini oddiy ishlab chiqarishda qo‘llanilganda ham erishib 


232 
bo‘lmaydi. Bunga rang jarayonlarini o‘ta sinchiklab o‘tkazilgandagina 
yaqinlashish mumkin. 
Psixologik aniqlik deb, UMUMIY TAASSUROT bo‘yicha aks 
ettirilgan, harakatning vaziyati bilan tasvirlanayotgan ranglar, garchi 
ular ob’ektiv holda buzilishi mumkin bo‘lsa ham, yetarlicha aniq va 
o‘rinli deb tan olinadi. Bunda nusxa va original bevosita solishtirishsiz, 
har xil vaqtlarda kuzatilishi nazarda tutiladi. 
Rang uzatish nazariyasi rangni aks ettirishning fiziologik aniqli-
giga, kinotasvir amaliyotida esa faqat psixologik aniqlikka amal qiladi,. 
Boshqacha aytganda, rang uzatish nazariyasida ranglarning bir xilligi 
rangli HIS ETISHLARNING tengligi, kinotasvir amaliyotida esa 
ranglarni IDROK QILISHNING tengligi deb hisoblanadi.
Ranglarni his etish qonunlari idrok qilish qonunlariga qaraganda
ko‘proq darajada miqdoriy tahlilga oson beriladi. Bu rang uzatish 
nazariyasida rangni aks ettirish sifatini ob’ektiv baholashni qo‘llash 
imkoniyatini beradi va rang uzatish sifati bilan rangli tasvirga olish 
texnikasi orasidagi yetarlicha aniq bog‘lanishni o‘rnatadi. Bu fursat 
ilmiy jihatdan juda ahamiyatli, chunki rangni aks ettirishning 
aniqlanadigan qonuniyatlari sub’ektiv qarama qarshi mulohazalardan 
holi bo‘lishi kerak. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish