I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.5.7. Yorqinlik 
Asosan fotometriya sohasiga tegishli bo‘lgan «yorqinlik» termini 
butunlay qonuniy ravishda rangshunoslikka ham o‘tmoqda va bu yerda 
amaliy eksponometriyada birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan 
ob’ekt rangining eng muhim tavsifi hisoblanadi.
Yorqinlik jismning nurlanish intensivligi sifatida, ya’ni rangning 
miqdoriy tavsifi sifatida ifoda qilinadi. Bunda jism o‘zidan 
nurlanayotgan yoki qaytgan yorug‘lik bilan yarqirayotganligi 
ahamiyatga ega emas.


227 
Qaytgan yorug‘likdan yarqiraydigan sirtlarning ravshanligi 
yoritishning 
(yoritilganlikning) 
intensivligiga 
va 
qaytarish 
koeffitsientiga (yorqinlikka) to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Uni quyidagi 
formala yordamida hisoblash mumkin: 
B = E∙ρ (3.1) 
bu yerda: B – ravshanlik (apostilblarda), E – yoritilganlik, lyukslarda, ρ 
– sirtning qaytarish koeffitsienti. 
Bundan ko‘riniyaptiki, ravshanlikning yorqinlikdan farqi shunda 
ekanki, ravshanlik rangli sirtning o‘zgaruvchan tavsifi bo‘lib, 
yoritilganlikka bog‘liq bo‘ladi, yorqinlik esa sirtning o‘zgarmas tavsifi 
bo‘lib, yoritilganlikka bog‘liq emas.
Operatorlik amaliyotida ravshanlikning absolyut kattaliklardagi 
(apostilb yoki nitlarda) ifodasi majburiy emas. Eksponometrik 
hsiboblashlar uchun qulay bo‘lgan har qanday nisbiy birliklar tizimini 
qo‘llash mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ravshanlik tushunchasi biror bir yorug‘lik 
qabul qilgich haqidagi tasavvur bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 
Kinotasvirga olish amaliyotida uchta qabul qilgichlar bilan ish olib 
boriladi. Bular – ko‘z, eksponometr va kinoplenka (zamonaviy foto va 
kino kameralarda matritsa). Bularga mos holda quyidagi ravshanliklar 
farq qilinadi: vizual, fotometrik va fotografiyalik.
Bu ravshanliklarning har birining kattaligi ikkita omilga bog‘liq 
bo‘ladi – rangning energetik ravshanligiga va qabul qilgichning spektral 
sezgirligiga. Umumiy holda ravshanlikning analitik ifodasi quyidagi 
formula bilan ifodalanadi: 
B
λ
= B
λen
∙ S
λpr
(3.2) 
bu yerda: B
λ
— berilgan qabul qilgich baholayotgan spektral ravshanlik 
kattaligi; B
λen
— rangning spektral energetik ravshanligi; S
λqq
— qabul 
qilgichning spektral sezgirligi. 
Qaytgan yorug‘lik bilan yarqirayotgan sirt rangining energetik 
ravshanligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
B
λen
= E
λ
∙ ρ
λ
(3.3)
 
bu yerda E
λ
—yoritilganlikning spektral tarkibining egri chizig‘i, ρ
λ
– 
jismning spektral qaytarish qobiliyatining egri chizig‘i.


228 
Sirt rangining spektral ravshanligining yoyilganroq holdagi 
umumiy ko‘rinishi quyidagicha ifodalanadi: 
 
B
λ
= E
λ
∙ ρ
λ
∙ S
λqq
(3.4) 
Rangli sirtning yorqinligi tushunchasidan foydalanib, uning 
qaytarish koeffitsienti va ravshanlik koeffitsienti tushunchalari bilan
aniqroq bog‘lanishini bilish zarur. Oxirgi ikki tushuncha aslida har xil 
bo‘lsa ham ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborishadi.
Qaytarish koeffitsienti (ρ), ba’zida «albedo» ham deyishadi – bu 
hamma yo‘nalishlar bo‘yicha sirtdan qaytgan to‘liq yorug‘lik oqimining 
unga tushgan hamma yorug‘lik oqimiga nisbatiga teng: 
ρ = F
qayt
/ F
tush
(3.5) 
Ravshanlik koeffitsienti (r) – bu berilgan yo‘nalish bo‘yicha 
kuzatilayotgan va berilgan sharoitda berilgan sirt ravshanligining shu 
sharoitda bo‘lgan ideal oq yaltiramaydigan sirt ravshanligiga nisbatiga 
teng: 
r = B / B
oq
(3.6) 
Yaltiramaydigan fakturalar uchun qaytarish koeffitsienti ravshanlik 
koeffitsientiga teng. Amaliyotda yaltiramaydigan fakturalarga yetarlicha 
taxminlik bilan dekoratsiya devorining yelimli bo‘yog‘ini va inson 
badanining normal quruq terisini misol tariqasida keltirish mumkin.
Fotokinotasvirga olishda, umumiy holda, sirtning ravshanlik 
koeffitsienti ranglar ravshanligining hosil bo‘lishida muhim rol 
o‘ynaydi. Biroq, u yaltiroq fakturalar uchun o‘zgarmas kattalik 
emasligini, kuzatish yo‘nalishiga (ya’ni tasvirga olish nuqtasiga) va 
yorug‘lik manbasining joylashishiga bog‘liq bo‘lishiligini har doim esda 
saqlash kerak. Ravshanlik koeffitsieti birdan katta bo‘lishligi mumkin.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish