«Iqtisodiy geografiya» fan sifatida nisbatan yaqinda – 1200-250 yil avval shakllangan. Lekin uning manbalari va kurtaklarining paydo bo’lishi uzoq davolarga borib taqaladi. Chunki iqtisodiy-geografik ma’lumotlar qadimgi manbalarda (sayohatnomalar, zafarnomalar, yilnomalar, ilmiy asarlar va h.k.larda) juda ko’p uchraydi. Qadimgi davlarda «Geografiya» fani ayrim mamlakatlarning, joylarning tabiati, aholisi va xo’jaligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bilimlar to’plamidan iborat bo’lgan.
O’rta asrlarda iqtisodiy-geografik bilimlar Al Xorazmiy («Kitob Sur’at al- Az»), Beruniy («Hindiston»), Bobur («Boburnoma») va boshqa olimlarning asarlarida chuqurlashtirilgan.
Evropada «Iqtisodiy geografiya» fan sifatida XVI asrdan shakllana boshlagan. Uning rivojlanishiga frantsuz olimi J.Boden, italiyan olimi L.Tviggerdi, golland olimi B.Varens hissa qo’shganlar.
«Iqtisodiy geografiya» ilmiy atamasini fanga birinchi bo’lib rus olimi M.V.Lomonosov XVIII asrda olib kirdi. U iqtisodiy xaritashunoslikning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Frantsuz olimi Lui Montesk’e tabiiy sharoitning jamiyat rivojlanishiga ta’sirini o’rganish bo’yicha juda muhim ilmiy ishlar olib bordi. Mazkur muammo bilan nemis olimlari I.Kant, G.F.Gegel’ ham shug’ullanganlar.
asrning ikkinchi yarmida ayrim davlatlarda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanish natijasida yirik geografik asarlar vujudga keldi. Bu davrda olimlardan A.Gumbol’d sanoatning tabiatga ta’siri masalalariga, K.Ritter esa tabiat va inson aloqalari muammolariga katta e’tibor berganlar.
asrda «Iqtisodiy geografiya»ning rivojlanishi N.N.Komosovskiy, N.N.Baranskiy, N.P.Nikitin, V.V.Pokshishevskiy, Yu.G.Saushkin, E.B.Alaev, B.S.Xorev va boshqalarning,O’zbekistonda o’tgan asr boshlarida yashagan Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidov, Abdulla Avloniy va boshqalarning nomlari bilan bogliq.
Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan XX asr boshlarida «Geografiya»dan qator darsliklar va asarlar yozilgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Mahmudxo’ja Behbudiy Turkistonda «Aholi geografiyasi»ning asoschisi hisoblanadi. U «Madxali jug’rofiyai imroniy» («Aholi geografiyasiga kirish»),
«Muntaxabi jug’rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiyasi»), «Muxtasarii jug’rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha jug’rofiyasi») nomli darsliklar muallifidir.
O’zbekistonda 1920-30 yillarda «Iqtisodiy geografiya» va umuman,
«Geografiya» fanining rivojlanishida quyidagi olimlarning ishlari muhim o’rin tutadi: N.Balashov («O’zbekiston va unga qo’shni jumhuriyatlar hamda viloyatlar», 1925 y.), N.P.Arxangel’skiy («Jug’rofiya – o’lkani o’rganish darsligi», 1933 y.), A.Obizov («O’zbekiston sho’’rolar jumhuriyati jug’rofiyasi», 1933 y.).
XX asrning ikkinchi yarmida va hozirgi paytda O’zbekistonda «Iqtisodiy geografiya» fanining rivojlanishi Z.M.Akromov, O.B.Otamirzaev, A.S.Soliev, Q.Abirqulov, X.S.Salimov, A.R.Ro’ziev, A.Qayumov, Sh.Inomov, H.Abdullaev va
boshqalarning nomlari bilan bogliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |