Xomashyo omili. Ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Xomashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo, mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi.
Yoqilg’i-omili. Ishlab chiqarishning deyarlik barcha sohalari faoliyatini tashkil etishda, ularni sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol’ o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim etakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft va uning mahsulotlari, hamda tabiiy gaz asosida ishlovchi agregatlar va uskunalarni ishlatishga taalluqli bo’ladi. Yoqilg’i omili iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim strategik omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |