I-mavzu. «Iqtisodiy geografiya» fanining predmeti, tadqiqot usullari va vazifalari



Download 217,5 Kb.
bet1/13
Sana10.09.2021
Hajmi217,5 Kb.
#170040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu maruza

I-mavzu. «IQTISODIY GEOGRAFIYA» FANINING PREDMETI, TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI




    1. «Iqtisodiy geografiya» fanining predmeti, mazmuni, maqsadi va vazifalari

«Iqtisodiy geografiya» – ishlab chiqarish kuchlarining butun dunyo, mamlakatlar, mintaqalar bo’yicha hududiy joylashishi va rivojlanishi muammolarini o’rganuvchi fandir.




«Iqtisodiy geografiya» fani ishlab chiqarishning hududiy muammolarini tabiiy va iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’rganadi; dunyo hamda turli mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etish xususiyatlarining ob’ektiv qonuniyatlarini asoslab beradi; ishlab chiqarishning joylashishi va rivojlanishi xususiyatlarini o’rganish jarayonida mamlakatlar hududida iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, ular o’rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishini izohlaydi; shuningdek ayrim mamlakatlar va hududlar xo’jaligining tasnifini aniq iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida o’rganib, qisqacha ilmiy xulosalar chiqaradi va tavsiyalar beradi.

Iqtisodiy-geografik tadqiqotlarda mahalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Bunday izlanishlar mamlakatimizni, qo’shni mamlakatlarni va butun dunyoni bilishda muhimdir. Ular bo’lajak iqtisodchi mutaxasislar dunyoqarashining shakllanishida, umumiy bilimini, ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini oshirishda katta rol’ o’ynaydi.

«Iqtisodiy geografiya»ning boshqa fanlar orasida tutgan o’rni. «Iqtisodiy geografiya» geografiya fanlari tizimiga kiradi. U «Tabiiy geografiya», «Tarix»,

«Iqtisod va statistika» fanlari bilan uzviy ravishda bog’langan.

«Iqtisodiy geografiya» ijtimoiy, geografik, tabiiy geografiya esa tabiiy fan hisoblanadi. «Iqtisodiy georgrafiya» va «Tabiiy geografiya» o’rtasida uzviy hamkorlik mavjud «Iqtisodiy geografiya» tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy baho berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi.

Geografiya fanlari bo’yicha tadqiqot va o’quv ishlari olib borish uchun

«Iqtisodiy geografiya»ning «Tabiiy geografiya» bilan uzviy hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Ayrim mamlakat va mintaqalarga ta’rif beruvchi mamlakatshunoslik ishlarini tashkil qilishda ham bu hamkorlikning roli katta.

Ijtimoiy fanlar turkumiga kiruvchi «Iqtisodiy geografiya» uchun nazariy



ahamiyatga ega bo’lgan umumiqtisodiy fanlarning qisqacha xulosalari muhimdir. Tarmoqlar iqtisodiyoti bilan shug’ullanuvchi fanlar, ya’ni ishlab chiqarish sharoiti, xalq xo’jalik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish va rivojlantirish, texnik- iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarishni joylashtirishning xususiyatlari va omillari, ishlab chiqarishda tannarx va boshqalar bilan shug’ullanuvchi aniq iqtisodiyot fanlari ko’p masalalarda «Iqtisodiy geografiya» bilan aloqada bo’ladi.

«Iqtisodiy geografiya» fani ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bo’yicha ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tahlil qilish davomida tarixiy usullardan foydalanadi. «Tarix» fani esa jamiyatning rivojlanishi va tarixiy jarayonlarni tadqiq etayotganda tabiiy va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni «Iqtisodiy geografiya» fanidan oladi.




    1. Download 217,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish