I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Biosferada moddalar davriy aylanishi va energiyaning o ‘zgarishi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Biosferada moddalar davriy aylanishi va energiyaning o ‘zgarishi
Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elem entlam ing 
davriy aylanishini ta ’minlashdir. Biosferadagi biotik aylanish yerda yashay­
digan ham m a tirik organizmlar ishtirokida b o ‘Iadi. Kimyoviy elementlar- 
ning bir birikmadan ikkinchisiga yer qobig‘i tarkibidan tirik organizm-
101


larga, keyin esa ularning anorganik birikmalariga va kimyoviy elementlarga 
parchalanib, yana yer qobig‘i tarkibiga o'tishi m oddalar va energiyaning 
davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish uzluksiz davom etadigan jarayondir. 
Yerda organizmlar uchun zarur bo'lgan kimyoviy elem entlar zahirasi 
cheksiz emas. Bu elementlar faqat iste’mol qilinganda, ertami-kech ular 
tugab, hayot to ‘xtab qolishi mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmaydi. N im a 
uchun? Yashil o'simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, anorganik 
moddalardan organik m oddalar hosil qiladi. Boshqa tirik organizmlar 
iste’mol qiluvchi geterotroflar, p archalovchilar esa bu m o ddalam i 
parchalaydi va mineral moddalarga aylantiradi. Bu yangi hosil bo'lgan 
mineral moddalami esa yana yangi o ‘simliklar, yangi organik moddalami 
sintezlaydi.
Yerdagi moddalarning davriy aylanishini ta ’minlaydigan birdan bir 
manba quyosh energiyasidir. Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh 
energiyasi 10,5xl020 kj ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 % i yerdan 
koinotga qaytadi, 58 % i esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, quyosh 
energiyasining 10 % suv va tuproqdagi suvni bug‘lantirish uchun sarf- 
lanadi.
H ar bir m inutda 1 mlrd tonnaga yaqin suv yer yuzasidan bug‘lanib 
turadi. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining 0,1—0,2 % i yashil 
o'simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirishga sarflanadi. Kimyoviy 
elem entlar doimiy ravishda bir organizmdan ikkinchisiga, tuproqdan, 
atmosferadan, gidrosferadan tirik organizmlarga, ulardan esa yana atrof- 
muhitga o ‘tib, biosferadagi jonsiz moddalar tarkibini to ‘ldiradi.
Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib turadi. Masalan, atmosfera 
kislorodining hammasi 2000-yil davomida, karbonat angidrid 200—300 yil, 
biosferadagi barcha suvlar esa 2 mln. yil davomida tirik m odda orqali o‘tadi. 
Biogen migratsiyasining 2 xili mavjud. Birinchisini mikroorganizmlar, ik- 
kinzchisini esa ko‘p hujayrali organizmlar amalga oshiradi.
Karbonat angidrid o ‘simliklar tomonidan qabul qilinib, fotosintez jara- 
yonida uglevodlarga, lipidlarga, oksidlarga va boshqa organik moddalarga 
aylanadi. Bu m oddalar boshqa hayvonlar tom onidan iste’mol qilingan 
ham m a tirik organizmlar nafas olish jarayonida atmosferaga karbonat 
angidridni ajratib chiqaradi. 0 ‘lik o'simlik va hayvonlar ularning chiqindilari 
mikroorganizmlar tom onidan parchalanadi, minerallashadi. M ineralla- 
shishning oxirgi mahsuloti karbonat angidrid bo'lib, u tuproqdan va suv 
havzalaridan atmosferaga ajralib chiqadi.
Uglerodning bir qismi esa tuproqda organik birikmalar sifatida saqlanib 
qoladi. Dengiz suvida uglerod, ko‘mir kislota va uning suvda eriydigan 
tuzlari sifatida yoki C a C 0 3 bo‘r, ohaktoshlar, korallar shaklida to ‘planadi.
102


Uglerodning bir qismi dengiz tubida c h o ‘kindi ohaktoshlar sifatida 
to ‘planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt 
o'tishi bilan tog‘ hosil bo ‘lish jarayonlari natijasida cho‘kma jinslar yana 
yuqoriga ko‘tariladi, kimyoviy o ‘zgarishlar natijasida yana davriy aylanishga 
qo‘shiladi. Uglerod atmosferaga avtomashinalardan, zavod va fabrikalardan 
ajraladigan tutunlardan ham o‘tadi.
Biosferada uglerod aylanishi natijasida energiya resurslari: neft, 
toshko'm ir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog'och hosil bo'lib, ular inson amaliy 
faoliyatida keng foydalaniladi. Yuq6rida keltirilgan hamma moddalar foto- 
sintezlovchi o'simliklaming mahsulotlari hisoblanadi. Yog‘och, torf o'm ini 
t o ‘ldirsa b o ‘ladigan, neft, gaz va to sh k o ‘m ir esa o 'rn in i to 'ld irib
bo‘lmaydigan tabiiy boyliklar hisoblanadi.'
Azot eng muhim elementlardan biri boMib, u oqsillar va nuklein kis- 
lotalarning tarkibiga kiradi. Azot atmosferadan yashin paytida azot va kis- 
lorodning birikib azot IV oksidi hosil qilishi natijasida o‘zlashtiriladi. Ammo 
azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik organizmlarning havo 
tarkibidagi azotni o ‘zlashtirishi natijasida o ‘tadi.
Suvda va tuproqda azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar va suvo‘tlari yashay- 
di. Bu bakteriya va suvo‘tlari o ‘lib minerallashishi natijasida ular tuproqni 
azot bilan boyitadi. Har bir gektar tuproqda 25 kg azot to ‘planishi m um ­
kin. Azot o ‘simliklar ildizi orqali poya va barglariga o ‘tadi va shu joylarda 
oqsil biosintezlanadi. 0 ‘simlik oqsillari hayvonlar uchun asosiy azot man- 
bayi hisoblanadi. 0 ‘simlik va hayvon organizmlari o'lgandan so‘ng bak­
teriya va zamburug‘lar ta ’sirida oqsillar parchalanib ammiak ajralib chiqa­
di. Ajralgan ammiak qisman o ‘simliklar, qisman esa bakteriyalar tomo- 
nidan o ‘zlashtiriladi. Ayrim bakteriyalar faoliyati natijasida ammiak 
nitratlarga aylantiriladi. N itratlar am m oniyli tuzlar kabi o ‘simlik va 
mikroorganizmlar tom onidan iste’mol qilinadi. Nitratlarning bir qismi 
esa ayrim bakteriyalar tomonidan elem entar azotgacha qaytarilib atm os­
feraga chiqariladi. Bu jarayonni denitrifikatsiya deyiladi. Shu tarzda azotning 
tabiatda davriy almashinishi davom etaveradi. Shunday qilib, jonli (bio- 
tik), jonsiz (abiotik) tabiatning o ‘zaro munosabati natijasida anorganik 
materiya tirik organizmlarga o ‘tib, o‘zgarib yana qaytadan abiotik holatga 
qaytadi. Biogen migratsiyada qatnashuvchi organizmlarni 3 ta katta guruh- 
ga ajratish mumkin:

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish