I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Sutemizuvchilar sinfi — Mammalia. 
Yuksak tuzilishga ega bo ‘lgan quruq- 
lik hayvonlari bo'Iib, ular turli xil geografik m uhitda hayot kechiradilar. 
Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan hayvonlar jumlasiga mansub bo‘lib, 
ularga 3200 ga yaqin tu r kiradi.
Sutemizuvchilaming xarakterli belgi va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) bolasini sut bilan boqadi;
b) homila yana bachadon ichida yetiladi;
d) nerv sistemasi va termoregulyatsiya mexanizmining takomillash- 
ganligi sababli ularning tana harorati doimiy (o'zgarmas) bo'ladi, bu esa 
ularning turli xil iqlim sharoitida faollik xususiyatini ta ’minlaydi;
e) terisi tuklar yoki junlar bilan qoplangan, og'irligi 2 grdan (yer 
qazuvchi) tortib 150 tonnagacha (ko‘k kitlar) boradi.
95


Sutemizuvchilarning terisi ko‘p m iqdorda teri va yog‘ ishlab chiqaruv- 
chi bezlar bilan ta’minlangan. Teri osti to ‘qimasida yog‘ hujayralari bo‘ladi. 
Sutemizuvchilar terisidan tuklar, tim oqlar, tuyoqlar va shoxlar hosil bo‘lib 
turadi.
0 ‘q skeleti b o ‘yin, ko'krak, bel, dum g'aza va dum um urtqalariga 
ajralgan. Son suyaklari kuchli rivojlangan b o ‘lib, ancha katta (ba’zi bir 
turlarida 1500—2000 kg gacha bo'lgan) yukni ko'tara oladi. Muskul sis­
temasi ham kuchli rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistem asidaham bo‘limlar 
bo‘lib, u oxirgi chiqaruv teshigi bilan tugaydi. Tishlari (kitlardan b o ‘lak) 
yaxshi taraq q iy etgan. O v q atlan ishig a k o ‘ra u lar o ‘sim lik x o ‘r va 
go‘shtxo‘rlarga bolinadi.
Nafas olish organlari o'pka, traxeyalar, bronxlar, bronx alviolalar va 
alviolalardan tashkil topgan.
Q on-tom ir sistemasi takomillashgan b o ‘lib, u to ‘rt kamerali yurak- 
dan, ikkita qon aylanish doirasidan, chap aorta yoyidan tashkil topgan. 
Eritrotsitlarida yadro bo‘lmaydi.
Ayirish sistemasi qovuq, siydik chiqaruvchi kanalga ochiladi, ikkita 
buyragi va undan chiqqan siydik yo‘llari qovuqqa borib tutashadi.
Ularda kuchli rivojlangan va takomillashgan nerv sistemasi mavjud. 
Bosh miya yarim sharlari, ayniqsa, kuchli rivojlangan. Miyacha yaxshi 
rivojlangan. Sezgi organlari kuchli rivojlangan. Eshitish organi tashqi quloq, 
tashqi teshik, uchta eshitish suyakchasi va tovush qabul qiluvchi ap- 
paratlardan tuzilgan.
Hid bilish oi^ani burun chanoqlari va burun labirientidan tuzilgan. 
Ko‘rish organlari yaxshi taraqqiy etgan. lchki sekretsiya bezlari kuchli 
rivojlangan. Ko'payishi jinsiy yo‘l bilan bo ‘lib, urg'ochi va erkak indi- 
vidlarida ham jinsiy bezlar ikkitadan bo ‘ladi. Otalanishi ichki sutem izu­
vchilar orasida tuxum q o ‘yib ko'payuvchi turiari ham bo 'lib , ularga 
o ‘rdakburunlar, yexidnalar, proyexidnalar kiradi. Ular Avstraliya qit’asida 
yashaydi.
Bolasini xaltasida boqib yuruvchilari ham bor (chunki ularda yo'ldoshlar 
bo‘lmaydi) bo'lib, ularga Avstraliyada va Janubiy Amerikada hayot kechi- 
ruvchi kengurular, xaltali bo'rilar kiradi.
Sutemizuvchilarning tuzilishi ham, hayot kechirishi ham har xil bo'ladi. 
Ularning yer ustida, yer ostida, suvda, hattoki, havoda uchib yuruvchi 
tur (ko'rshapalaklar) lari ham mavjud.
Sutemizuvchilarning xalq xo'jaligidagi va inson hayotidagi ahamiyati 
beqiyosdir. Ko'pchiliklari, ayniqsa, uy hayvonlari xo'jalikda yuksak ahami- 
yatga ega bo'lib, inson uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xomashyo beradi. 
Bir qancha turiari ovlashda foydalaniladi. Masalan, mo'ynachilikda 20
96


dan ortiq sutemizuvchi turlaridan foydalaniladi. Ko‘pchiligi odamlarga 
yuqadigan parazit kasalliklaming manbayi yoki rezervlari bo‘lib ham xiz- 
mat qiladi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish