Xorda asosiy o‘q skeleti hisoblanib, u vakuolasi bo'lgan hujayralardan tashkil
topgan. Xordalilaming tubdan taraqqiy etgan vakillarida xorda butun umrining
oxirigacha saqlanadi, yuksak xordalilarda esa organizmning rivojlanish davrida
u umurtqa pog‘onasi bilan almashinadi. Xordalilarda
xorda ustida joylashgan
naycha shaklida nerv to'plamlari, ovqat hazm qilish naylari bo‘ladi. Bundan
tashqari ularda embrion davrida yoki butun hayoti bo‘yicha ko‘p
miqdorda
jabra urug‘chalari mavjud. Pirovardida ularning qorin tomonida yuragi yoki uni
almashtiradigan tomirlari ham bo‘ladi.‘
X ordalilar jag ‘sizlar (Agnatha) va jag 'lilar (G nathostom ata) yoki
umurtqalilar, (Yertebrata) kenja tiplarga bo‘linadi.Jag‘sizlargalansetnik-
lar sinfi kiradi (Amphioki). Lansetnik dengizlarning qirg‘oqlarga yaqin
joylarida tarqalgan b o ‘lib, eng ko‘p tarqalgan turi lansetnikdir (Branchi-
ostom a lanceolatum). Uning uzunligi bir necha sm b o ‘ladi. Lansetniklar
bosh qismida, miya, jag‘ va yuraklari yaxshi ajratilmagan.
Tanasining o ‘q qismi xordadan tuzilgan. Ayrim jinsli
b o lib otalanishi
suvda b o ‘lib o ‘tadi. U ning xo'jalik ahamiyati yo‘q.
Umurtqalilar — Yertebrota.
Ularning tanasi yaxshi rivojlangan teri
qoplami bilan o ‘ralgan b o ‘lib, terisi ikki qavat (ko‘p
qavatli epidermiss va
karium) dan tashkil topgan. Teridan tangachalar, patlar, junlar, tuyoqlar
va tim oqlar hosil bo‘lib turadi. Ularda umurtqa pog‘onasi yaxshi rivojlangan
bo‘lib, ko'pchilik umurtqalilarda u skeletga aylanadi. Umurtqalilarda bosh,
ko‘z va oyoq-qo‘llari yaxshi rivojlangan.
Muskul sistemasi ko‘ndalang targ‘il va silliq muskullardan tashkil topgan.
Ovqat hazm qilish organlari ancha murakkab tuzilgan b o ‘lib,
ularning
ichagi uch qismga b o ‘lingan. Ularda jigar va oshqozon osti bezlari ham
bo‘ladi. Nafas olish jabralar yoki o ‘pka yordamida bo ‘ladi.
Qon aylanish sistemasi yopiq bo‘lib, u ko‘p kamerali yurak arteriya va
vena kabi qon tomirlaridan tashkil topgan.
Qoni turli xil
hujayralarga ajralgan b o lib , ochiq limfatik sistemasi
ham mavjud.
Ajratuvchi sistemasi ancha takomillashgan bo'iib,
u ikki buyrak va siy-
dik yo‘llaridan tashkil topgan.
Tuban taraqqiy etgan vakillarida ham rivojlangan nerv sistemasi —
miyasi bo‘ladi. Yuksak umurtqali hayvonlarda esa miya yarim sharlari yaxshi
rivojlangan. Ularning nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemalariga
b o ‘linadi. M axsus sezuv organlari (bu ru n , k o ‘z va quloqlari) ham
rivojlangan. Bundan taishqari ularda oshqozon osti bezlari ham shakllangan.
Yumaloq og‘izlilardan tashqari barcha umurtqali hayvonlar ayrim jins
li organizmlar bo ‘lib, jinsiy deformizm yaxshi ko‘zga tashlanadi. Erkaklik
va urg'ochi jinsli bezlari, juft-juft bo‘lib otalanishi tashqi va ichki bo‘ladi.
91
Ba’zi bir vakillarida rivojlanish metamorfoz usulda ham o ‘tadi.
Um urtqalilar tipi quyidagi sinflarga bo'linadi:
1. Yumaloq og'izlilar (Cyclostomota).
2. Tog'ayli baliqlar(Chonrichthyes).
3. Suyakli baliqlar (Osteichthyes).
4. Suvda va quruqlikda yashovchilar yoki amfibiyalar (Amphibia).
5. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliya (Reptilia).
6. Qushlar (Aves).
7. Sutemizuvchilar (Mammalia).
Do'stlaringiz bilan baham: