KO’R ILON (Vermicularis merrem)
Hisor tog’ tizmalari yoki Qo’xitang tog’ etaklaridagi toshlar ostida ba’zan mayda ilonni tutib olish mumkin, u ko’proq yumaloq chuvalchang –askaridaga o’xshab ketadi. Orqasi va qornidagi tangachalari bir xil. Ko’rilonning usti naqshsiz, jigar rang, ostki tomoni xiraroq bo’ladi. Yupqa terisidan kapilyar qon tomirlari ko’rinib turadi, shuning uchun quyoshda ilon pushti rang bo’lib ko’rinadi.
Tanasining uzunligi 360 mm gacha, dumi juda kalta, hammasi bo’lib, bir necha millimetr. Dumining uzunligi uning qalinligidan katta emas. Ko’zlari qalqonchalar bilan yopilgan bo’lib va teri ichidan qoramtir dog’ bo’lib ko’rinib turadi.
Ko’rilonning O’zbekistonda Hisor tizma tog’lari etaklarida (Boysun atrofida) va Qo’hitangda va unga yaqin tog’ oldi rayonlarida (Sherobod atrofida) yashashi hozirgi kungacha ma’lum.
Shuning Turkiston tizma tog’ida yashaydi, degan hali tekshirilmagan ma’lumotlar ham bor.
Ko’rilon, tog’ va tog’ etaklaridagi o’simlik siyrak o’sadigan, qoya tosh parchalari ko’p bo’lgan quruq yon bag’irlarda yashaydi. Tog’larda 1500 – 1600 m balandlikkacha uchraydi.
Ko’rilon kirish teshigi toshlar ostida joylashgan tor inida kunini o’tkazadi. Bahorda ko’pincha tosh parchalari ostida yotadi. Biroq may oyining boshlarida ularni odatda faqat erta tongda yoki kun botar paytdagina toshlar ostidan topish mumkin. Momaqaldiroq oldidan yoki jala qo’yayotganda tosh uyumlari ostiga yashirinib oladi.
Bu ilonchalar ko’pichna chirindiga boy bo’lgan yon bag’irlarda va chumolilar ini ko’p bo’lgan joylarda yashaydi.
Ko’rilon ko’pincha toshlar ostida ov qilsa kerak. Er yuzasida ularni faqat kechasi, ba’zan boshpanalaridan bir necha o’n metr narida uchraydi. Ko’rilon asosan chumoli va ularning lichinkalarini, kamdan-kam hollarda boshqa umurtqasiz hayvonlarni eydi.
Qum bo’g’ma ilon (Erux milaris pall)
Yozda, erta bilan qumli cho’lda hayvonlarning izlari yaqqol ko’zga tashlanadi, ularning orasida bo’g’ma ilonlarning ilang-bilang izlari ajralib turadi. Ba’zan ilon izi ingichka barmoqli yumronqoziq iniga borib yo’qolib ketadi. Ko’pincha bu iz butalarning ostida yoki barxanlarning yonida g’oyib bo’ladi. Bildirmasdan kelib yaqinlashilsa, qum yuzasida tusatdan pag’a-pag’a qumlar ingichka yo’l hosil qilib, yuqoriga uchishini sezish mumkin.
Bo’g’ma ilon nafas olayotganda shunday bo’ladi.
Tanasining uzunligi 710 mm.gacha boradi, dumi to’mtoq va qisqa (60-70 mm). Uzunligi 710 mm keladigan ilonning massasi (dumsiz) 228 g. Urg’ochisining dumi erkaginikiga qaraganda kalta bo’ladi. Dum osti tangachalari (dum asosidan dum uchigacha sanash kerak) urg’ochilarida 20-26 ta, erkagida 26-32 ta. Ular bir qator bo’lib joylashgan.
Peshonasi va tumshug’ining yuqori qismi bir oz botiq. Ko’zlari yuqoriga qaragan. Boshi bo’ynidan deyarli ajralmagan va nisbatan mayda noto’g’ri shaklli qalqonchalar bilan qoplangan. Orqasi qo’ng’ir tusli, och jigar rang dog’lar yaqqol ko’rinib turadi. Qornida qoramtir-qo’ng’ir yoki qora dog’chalari va nuqtalari bor.
Qum bo’g’ma iloni janubiy Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida, Xorazm voxasida qumlarda, Qizilqumda va zarafshonning quyi oqimidagi qumlarda tarqalgan. Tarqalish joylari O’rta Osiyo respublikalari bilan sharqqa G’arbiy Tojikistongacha va Markaziy Qozog’iston bilan g’arbga Sharqiy Kavkaz oldi qumlarigacha chegaralangan.
Aprelda va may oyining boshlarida ilonlar ba’zan er yuzasiga kunduzi ham chiqib qoladi. Bu vaqtda ular oftobda isinadi. Qorong’i tushishi bilan ovga chiqadi. May oyida shimolsiz dim kechalarda ularni er yuzasida uchratish mumkin.
Fonar yoqib qaralsa, ular dong qotib qoladi. O’ljasini inida tutadi yoki qumga ko’milib poylab yotadi. Ozig’i qo’shoyoq va qumsichqonlar, mayda qushlar (chumchuq, jiblajibon, sariq chumchuqlar), cho’l kaltakesagi yoki quloqdor to’garakboshlar, to’r-to’r kaltakesaklar, sstink gekkonlar, tez kaltakesaklar, dasht agamalari.
Qum bo’g’ma iloni zaharli emas. U tutib olgan o’ljasini, tropik mamlakatlardagi o’zining qardoshlari kabi, tanasi bilan o’rab olib bo’g’ib o’ldiradi. Ozig’ini yutib bo’lgach, iniga kirish joyida isinadi yoki qiyoq ostidagi qumga ko’milib oladi.
Iyunning oxiri – iyulda urg’ochisi 10 ta gacha uzunligi 130-135 mm keladigan bola tug’adi. Bo’g’ma ilonlar hayotining to’rtinchi yili jinsiy jihatdan etilsa kerak.
Iloncha tutqunda yashashga yaxshi o’rganadi. U, odatda, odamni chaqmaydi. Ba’zi kaltakesaklarga, masalan, quloqdor kaltakesaklarga qaraganda, uning chaqishi og’riqli emas.
Tutqunlikda u sichqon, chumchuq va kaltakesaklarni eydi. Qolgan – qutgan narsalarni eyishdan ham qaytmaydi. Mabodo qum bo’g’ma ilonchasi terrariumda oziq eyishdan bosh tortsa, uni xaltaga solish kerak. Xaltada u sichqon yoki kaltakesakni yutib yuborishga doim tayyor.
O’zbekistonning soz tuproqli cho’llarida va tog’ oldi rayonlarida bo’g’ma ilonchaning yana bir turi sharq bo’g’ma iloni (E. Tataricus Licht) tarqalgan. U qum bo’g’ma ilonchasidan ancha yirik bo’ladi. Ba’zi individlarning uzunligi 1 m . ga etadi. Sharq bo’g’ma ilonchasining ko’zi yonga qaragan.
Tanasi shox tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Teri bezlari (suvilonlarning ayrim turlaridan tashqari) yo’q. Tullash nihoyatda o’ziga xos ravishda o’tadi. Jag’larda terining eski qavatlari ajralib, tanadan sekin-asta ag’darilgan paypoq singari ajralib tushadi. Tullash vaqtida qo’shilgan qovoqlar terisi ham tushadi. Shuning uchun tullashdan keyinilonlar ko’zi tiniq bo’ladi.
Harakat holiga qarab, umurtqalar soni ancha ko’p (140-435 ta). Ularning shakli bir xil bo’lib, odatdagi qo’shilish suyagidan boshqa yuqori yoylarda bittadan o’rta o’simta ham bo’ladi. Bunday tuzilish tez va o’rmalab yurishda katta ahamiyatga ega. Umurtqalarda erkin tugallanuvchi qovurg’alar mavjud. Qovurg’alar erkin uchlari bilan qalqoniga qo’shilgan muskullarga tiraladi. Qovurg’alar harakati tananing ancha murakkab harakatini ta’minlaydi. Ayniqsa, bunday holat ilon tor uyalarda harakat qilganida ko’rinadi.
Miya qutisi ancha alohidalashgan va qator moslanish belgilariga ega. Dastavval harakatchan qo’shilgan jag’ apparati va ular bilan bog’liq bo’lgan tanglay, qanotsimon va tangachasimon suyaklarni qayd qilish lozim. Bunday holat yirik oziqni yutish imkonini beradi.
Yutish mexanizmi chap va o’ng jag’ suyaklarining galma-gal harakat qilishi natijasida sodir bo’ladi. Oziqlanayotgan ilonga qaralsa, u xuddi ozig’i ustiga o’rmalab chiqayotganga o’xshaydi. Hosil bo’ladigan juda ko’p so’lak yirik oziqni butunlayin yutishni ancha engillashtiradi.
Aksariyat ilonlar zaharsiz, shuning uchun ham o’ljasini mexanik yo’l bilan yoki uning atrofini o’rab olish bilan nobud qiladi. Zaharli ilonlarning bir nechta oldingi tishlari yirik bo’lib, ularda nov yoki kanalchalar bo’ladi. Mana shu kanalcha yoki novlardan zaxar oqadi.
Boshqa organlar tuzilishida ilonlar harakatiga bog’liq bo’lgan quyidagi holatlarni ko’rsatamiz. Ularning faqat bitta o’pkasi rivojlangan, chap o’pkasi bo’lsa hamu rudimentar holda. Siydik pufagi yo’q, bo’yragi va gonadolari ancha cho’zilgan. Jinsiy bezlari bo’yraklardan oldinda joylashgan.
Tuxum qo’yish, tirik tuxum tug’ish yoki bola tug’ish bilan ko’payadi. Faqat turli kattalikdagi hayvonlar bilan oziqlanadi. Ozig’i bo’ri bolalaridan to mayda kemiruvchilar va hasharotlargacha bo’ladi. O’ljasini poylab, unga yashin tezligida otilib ovlaydi. Zaharli ilonlar faqat cho’chitilgan vaqtda odamga hujum qiladi.
Ilonlar sistematikasi ancha murakkab. Quyida faqat bir necha guruhi misol tariqasida keltiriladi.
Bo’g’ma yoki soxta oyoqli ilonlar (Boidae) oilasiga eng yirik ilonlar kirsa ham, ular orasida ancha maydalari (uzunligi 1 m metrgacha bo’lgan) ham bor. Boshqa ilonlarga nisbatan bularning boshi bo’ynidan yaqqol chegaralanib turadi. Kloakasining har ikki tomonida o’simtasimon ikkita orqa oyoqlar joylashgan. Skeleti chanoq va son rudimentlarining bo’lishi bilan xarakterlanadi. Aksariyat holatlarda rangi chinor deyarli barcha bo’g’ma ilonlar sharqiy va g’arbiy yarim sharning tropik viloyatlarda tarqalgan.
Faqat ayrim vakillari O’rta Osiyoda va Kavkazning subtropik va cho’l zonalarida yashaydi. Tropik zonalarda bo’g’ma ilonlar daryo va ko’llarga boy bo’lgan tekis nam o’rmonlarda yashaydi.
Bo’g’ma ilonlar butazor va botqoqliklarda yashaydi. Ular, odatda, tunda ochiq maydonlarda aktiv harakat qiladi. Qalin, qorong’i o’rmonlarda kunduzi ham ovga chiqadi. O’ljaga nihoyatda ohistalik bilan yaqinlashib, unga qisqa masofada tashlanadi. O’lja tanasini bir necha xalqa qilib o’rab, uni bo’g’adi.
Janubiy Osiyo va Xindi, Malayya arxipelagida yashovchi martrip piton (Python reticulatus)ning uzunligi 5-6 metrdan 10 metrgacha etadi. Janubiy Amerikada uchraydigan oddiy piton (Boa constrctor) ning uzunligi 5-6 m. O’rta Osiyoda va Kavkazda uzunligi 1 m bo’lgan eng kichik vakili – cho’l bo’g’ma iloni (Eryx jaculus) yashaydi.
Bu iloncha qumli cho’llarda va quruq dashtlarda uchraydigan tungi hayvon. Kunduzlari yoki kemiruvchilar uyalarida yoki qumga ko’milib yotadi. Qum ustida yaxshi harakat qiladi.
Qo’shoyoq, qumsichqon va kichik sudralib yuruvchilarni ovlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |