SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI TEZ KALTAKESAKNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI, KO`PAYISHI
REJA:
KIRISH
I.BOB. SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR SINFIGA TAVSIFNOMA
1.1. Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi
1.2. Sudralib yuruvchilarni turlarga ajratish
II.BOB. ZAHARLI SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR
BIOEKOLOGIYASI
2.1. Zaharli sudralib yuruvchi hayvonlarlarning yashash muhiti
2.2. Zaharli sudralib yuruvchi hayvonlarlarni turlar va oilalarga ajratish
III.BOB. MEDISTINA AHAMIYATIGA EGA BO’LGAN SUDRALUVCHI
HAYVONLAR АHAMIYATI
3.1. Tibbiyotda sudralib yuruvchilarning ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Hozirgi zamon sudralib yuruvchilari xayvonot olamining o’ziga xos sinfi bo’lib, bir paytlar ular er yuzida xukmronlik qilganligi va ularga keng taraqqiy etgan qushlar va sut emizuvchilar ham kelib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Shu narsa ma’lumki, sudralib yuruvchilar qadim-qadim zamonlardan buyon odamlar e’tiborini o’ziga jalb qilib keladi. Ibtidoiy odamlar tomonidan eski g’orlar devorlarida o’yib qoldirilgan sudralib yuruvchilar rasmlari shuni tasdiqlaydi. Ayniqsa, ovchilikka timsohlar, toshbaqalar, ilonlar muxim o’rin tutgan.
Bugungi kunda ham sudralib yuruvchilar ahamiyati inson uchun juda katta. Timsohlar, toshbaqalar, yirik kaltakesaklar, ilonlardan sanoat uchun qimmatbaho xomashyo, teri, panser (kosasi)olinadi. Zaxarli ilonlar zaxaridan farmasteftika sanoatida tibbiyot uchun dori-darmonlar tayyorlanadi. Ayniqsa, sudralib yuruvchilar ko’pgina zararkunanda hayvonlarga qirg’in keltiradi. O’zlari ham boshqa hayvonlar uchun oziq bazasi bo’lib xizmat qiladi.
K o’pgina sudralib yuruvchilar odamlar tomonidan maxsus pitomniklarda ko’paytiriladi. Sudralib yuruvchilarni xozirgi turlari bizgacha etib kelgan tabiatning eng nodir, tirik ajoyibotlari hisoblanadi.
Shuning uchun biz odamlar, ularni biologiyasini, ekologiyasini, barcha xususiyatlarni bilishimiz xamda ularni ximoya qilish choralarini ham o’rganishiimz zarur. Chunki, bu hayvonlar tabiatimizdan yo’qolsa, qaytib tiklab bo’lmaydi. Dunyo faunasida ilonlarni 3000ga yaqin turi uchraydi.Bulardan 400ta turi zaharli ilonlar hisoblanadi.
K eyingi 400 yil ichidagi dalillarga ko’ra, er yuzidan 30 dan ortiq tur sudralib yuruvchilar yo’qolib ketgan. Bundan tashqari sudralib yuruvchilar parazitlar bilan ham zararlanish kuzatilgan. Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi paytda ekologik jarayonning biroz buzilishi hayvonlarda tekinxo’rlik qilib, ularga katta zarar etkazayotgan umurtqasiz hayvonlarga mansub bo’lgan tekinxo’r hayvonlarning ko’payishiga, tarqalishiga keng imkoniyat yaratmoqda.
Ilonlar zahari preparatlari immunokimyo sohasining ilmiy izlanishlaridan, qon ivishiga ta’sir etishi, bundan tashqari ilon chaqqanida zaharga qarshi zardoblar tayyorlashda keng qo’llaniladi. “Vipraksin” preparati erkaklar jinsiy organlarining surunkali shamollash kassaliklarida, generativ funkstiyalarining buzilishi asoratida, shuningdek allergik rinitlarni davolashda ishlatiladi. “Lebetoks” preparati gemofiliya kasalligida, kobrotoksin mushaklar tortishishi bilan bo’ladigan og’riqlarda, “Epileptozid” preparati epilepsiyada tortishishga qarshi, “Nayya” preparati yuz shamollashi va septik endokarditda qo’llaniladi.
O’zR FA biokimyo institutida O’rta Osiyoda uchraydigan zaharli ilonlardan har xil fermentlar, stiotoksinlar va neyrotoksinlar ajratib olish yo’lga quyilgan. Shuningdek O’zR FA fiziologiya va biofizika institutida har xil taksonomik guruxga kiruvchi o’rgimchaklar zaharlaridan neyrotoksinlar va boshqa tarkibiy qismlar ajratib olish usullari ishlab chiqilgan.
O’zR FA zoologiya institutining Hujayra biologiyasi va hayvonlar toksikologiyasi labaratoriyasida adabiyotlarda zaharsiz deb kelingan ilonlarning Kolubridlar oilasi va bo’g’imoyoqlilarning ba’zi bir vakillarining zaharlari borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston gerpetofaunasida Kolubridlar oilasiga mansub ilonlarning 10 dan ortiq turlari uchraydi. Ular hududimizning turli joylarida uchrab, bu ilonlardan chipor va suv iloni shahar sharoitida ham uchraydi. Bu ilonlar uylarimizda ham uchrashi mumkin. Ulardan qo’qmaslik kerak, chunki bu ilonlarning zaharli tishlari og’iz bo’shlig’ining ichkarisiga joylashgan bo’ladi.
Kolubrid ilonlardan labaratoriya sharoitida yangi uslub yordamida zahar ajratib olish yo’lga qo’yilgan. Zahar ko’rinishidan och kulrang bo’lib, o’tkir xidli, achchiq bo’ladi. Chunki zahar tarkibida fosfolipaza, proteaza va neyrotoksin komponentlar borligi namoyon bo’ldi. Olingan zaharli fiziologik, biokimyoviy va biofizik uslublarda turli tadqiqot ishlarida qo’llanildi. Kolubrid ilonlar zaharli ta’sirida olingan natijalardan ma’lum bo’ldiki, bu ilonlar zaharning ta’siridan ta’sir etish mexanizmlariga yaqin turadi.
B iz bu bitiruv ishida medistina ahamiyatiga ega bo’lgan sudralib yuruvchilarni biologiyasi, ekologiyasi hamda bu hayvonlarni tabiatda, inson hayotidagi iqtisodiy ahamiyatlarini ayniqsa medistinada tutgan o’rni katta ekanligini adabiyotlar asosida imkon darajasida bayon qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |