I bob. Sudralib yuruvchi hayvonlar sinfiga tavsifnoma


II-BOB. ZAHARLI SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR BIOEKOLOGIYASI



Download 351,5 Kb.
bet11/22
Sana01.04.2022
Hajmi351,5 Kb.
#522454
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi va vakillarining tashqi va ichki tuzilishi

II-BOB. ZAHARLI SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR BIOEKOLOGIYASI


2.1. Zaharli sudralib yuruvchi hayvonlarlarning yashash muhiti
Ilonlar o’ziga xos tana tuzilishiga ega bo’lgan, ulchami 20 sm dan 10 m gacha etadigan hayvondir. 3000 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi har xil yo’g’onlikda bo’yiga
cho’zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog’i bo’lmaydi. O’ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-xarakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida qanchadan qancha ertak va afsonalar to’qilgan hamda ko’p xalqlar orasida ilonodan qo’rqish hissi paydo bo’lgan.
Ko’pchilik xalqlar ko’p yoki oz darajada turkmanlarning quyidagi maqoliga qo’shiladilar: «bir tup daraxt ekib, bitta ilonni o’ldirgan odamning umri zoe ketmaydi».
Ilonlar kaltakesaklardan deyarli 30 xil belgilariga ko’ra farq qilinadi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag’ining tuzilish xususiyatlaridir. Kalla suyagi yuz qismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag’i esa kalla suyagidan qattiq cho’zilgan burma yordamida osilib turadi.
Elastik bog’lam esa jag’larning o’ng va chap bo’lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og’zi juda ham cho’ziluvchan bo’lib qoladi. Shuning uchun ular o’ljasini butunligicha yutadi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo’lib, chaqish (tishlab olish), o’ljasini tutish va qizilo’ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o’tkir va orqaga qayrilgan.
Ilonlarning asosiy sezgi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag’idan yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar tegmas qilib o’ynatadi va ichiga tortib oladi.
Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu erda ilon havoda paydo bo’ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida informastiya oladi va shunga qarab o’ljasining qaerda joylashganligi, sherigi yoki suv manbaining qaerdaligi haqida orientirlanadi. Ko’zlari ham orientirlashda katta rol o’ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko’z qorachig’i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo’lishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki hamma vaqt yumaloq bo’ladi.
Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan bo’lib, ular hatto sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ham ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi eshitish teshigi bo’lmaydi. O’rta qulog’i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog’i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi.
Demak, ilonlarni muzika chalib o’ynatish haqidagi afsonalar asossizdir. Bo’g’ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo’lib, ular uzoqdan o’ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo’ladi.
Ilonlar Antarktikada va dengizlardan tashqari barcha qit’alarda yashaydi. Tropiklarda eng ko’p tarqalgan. Qutb doirasi ortidagi doimiy muzlik zonasiga faqat oddiy qora ilon o’tib qoladi.
Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o’rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda hamda quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar, qushlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan hollari ham bo’lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta’minlash maqsadida shunday qilishsa kerak.
Jinsiy demorfizm unchalik sezilmaydi. Erkagining dumi urg’ochilarinikiga qaraganda bir oz uzunroq. Ko’p turlarining urg’ochilari erkagidan yirikroq bo’ladi.
Tuxum qo’yib yoki tirik tug’ib, ko’payadi. Ayrim turlari uchun bir marta urug’lanish 3-5 yilgacha urug’langan tuxum qo’yish uchun etarli bo’ladi. Bir galgi tuxum qo’yishda mayda turlari bittadan 3-4 tagacha, yiriklari bir necha o’nlab tuxum qo’yadi. Inkubastiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi. Yosh ilonlar kttalarinkiga nisbatan ancha ochiq ranglibo’ladi. Ular qishlashga ketgunga qadar tana bo’shlig’iga kirib boradigan va tuxumdan chiqqan ilon massasining 30 % ini tashkil qiladigan sariqlik xaltasi xisobiga yashaydi.
Ilonlar nisbatan uzoq yashaydi, MDH dagi hayvonot bog’idagi zaharli ilonlar 15-17 yil yashagan. Bu erga ular jinsiy etilgan yoshda keltirilgan edi.

Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish