I bob. Sudralib yuruvchi hayvonlar sinfiga tavsifnoma



Download 351,5 Kb.
bet13/22
Sana01.04.2022
Hajmi351,5 Kb.
#522454
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi va vakillarining tashqi va ichki tuzilishi

Zaharli ilonlar.

  1. O’rta Osiyo kobrasi

  2. Dasht zaharli qorailoni

  3. Ko’lvor ilon

  4. Qum charxiloni

  5. Qalqontumshuq ilon

Qora ilonlar (Viperidae) yaxshi rivojlangan zaxar apparati bo’lgan zaxarli ilonlardir. Zaxar tishlarida kanallar bor. Yuqorigi jag’i qisqa bo’lib, og’zi ochilganda zaxar tishlari oldinga yo’nalgan bo’ladi.
Oddiy qora ilon (Vipera berus) Rossiyaning Evropa qismida hamda Sibirda keng tarqalgan. Oddiy qora ilonlar turli rangda bo’lib, ko’proq orqasi qora yo’lli kul rang yoki qora rangda bo’ladi. Odatda, o’rmonlarda yashab, botqoqliklarda qochadi. Kunduzlari ularni jarlikning janubidagi shoxlar, to’nkalar ustida ko’rish mumkin. Tunda oziqlanadi. Sichqon, dala sichqon, kaltakesak, baqalar, hasharotlar bilan oziqlanadi, ayrim vaqtlarda qushlarni ham ovlaydi. Ham tuxum qo’yib, ham tirik tug’ib ko’payadi. Qishda qora ilonlar er ostiga kirib, ko’plab to’planib oladi. Qora ilonlarning zaxari kasal odam va bolalar uchun ayniqsa xavfli. Chaqsa zahari qattiq og’ritadi.
O’rta Osiyodagi va Kavkazda qora ilonlarga yaqin bo’lgan tur ko’lvor ilon (Vipera lebetina)yashaydi. Uning uzunligi 2 m. Ko’lvor ilon past tog’lar va quruq cho’llarda yashaydi. Zaxari nihoyatda xavfli. O’rta Osiyoning janubida, Afrikada va Arabistonda qum charxiloni (Echis carinatus) uchraydi. Uning uzunligi 70 sm. Rangi qumsimon sariq. Charxilonning zahari xavfli.
Qora ilonlarga amerika guldirakli iloni (Crotalinae) yaqin turadi. Ularning nomi dum qismida joylashgan harakatchan qo’shilgan shox sektorlaridan tashkil topgan guldurak organi nomidan olingan. Hayajonlangan ilon dumini to’lqinlantiradi va guldirak tovush chiqaradi. Zahari nihoyatda xavfli.
Repteliyalar asl quruqlik formalardir.Embrionning rivojlanishi suvda va quruqlikda yashovchilardan farq qilib faqat quruqlikdamaxsus embrion pardalari xosil qilish yo’li bilan o’tadi. Tuxumi pishiq po’stga (po’choqqa) o’ralgan bo’ladi. Repteliyalar ichki urug’lanish yo’li bilan ko’payadi, faqat o’pka bilan nafas oladi, yuragi uch kamerali, timsoxlarda esa hatto to’rt kamerali bo’lib, yurak qorinchalari orasida deyarli to’la to’siq bor (yurak uchida kichkina teshik qoldiradi, xolos)
Repteliyalar tanasi quruq shox tangachalari bilan qoplangan, teri bezlari bo’lmaydi. Ba’zi formalarida og’iz bo’shlig’ida joylashgan zaharli bezlari bo’lmaydi. Ba’zi formalarida og’iz bo’shlig’ida joylashgan zaharli bezlari bor. Oyoqlari xudi amfibiyalardagidek, beshbarmoqli tipda tuzilgan (ba’zi formalarda oyoqlar redukstiyalanib ketgan)
Zamonaviy repteliyalar orasida toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va timsohlar tafovut qilinadi.
Ilonlar (Orhidia)- oyoqlaridan mahrum bo’lgan yirtqich repeliyalardir. Ilonlarning 2500 ga yaqin turi ma’lum.
Ilonlarning ko’pchilik qismi quruqlikda yashaydigan hayvonlardir, lekin suvda yashaydigan formalari ham uchraydi. Ilonlarning og’iz bo’shlig’ida uchi ikkiga bo’lingan tili – tuyg’u va hid bilish organi (xalq orasida bu organi «nayzasi» deb noto’g’ri nom bilan ataladi) va o’tkir tishlari bor. Ba’zi hollarda zaharli bo’ladigan bir juft so’lak bezlarining chiqarish yo’llari tishlariga tutashgan. Mana shunday bezlari borligi yoki yo’qligiga qarab, ilonlar zaharli va zaxarsiz ilonlarga bo’linadi.
Zaharsiz ilonlarning tishlari silliq bo’ladi. Sariq ilonlar, chipor ilonlar (bo’yi 2,5m.gacha), pitonlar, bo’g’ma ilonlar (10 m.gacha) va boshqalar zaharsiz ilonlarga kiradi.
Zaharli ilonlar odatda kichikroq bo’ladi: 20-30 sm dan 180 sm.gacha boradi. Ularning o’rtacha kattaligi 100-150 sm. Biroq, ulkanlari haam uchraydi, bo’yi 475sm gacha boradigan ulkan kobra (janubiy-Sharqiy Osiyo) shu jumladandir. Erda zaharli ilonlarning 410 ga yaqin turi bor deb hisoblanadi. Ular asosan tropiklarda yashaydi, lekin ba’zi turlari mo’’tadil mqlim zonalarida ham tarqalgan. MDH territoriyasida atigi 10 tur zaharli ilon yashaydi.
Zaharli ilonlarning tishlari har xil tuzilgan: ba’zilarining tishlarida chuqur novchasi, egatchasi bo’lsa, boshqalari tishlarining ichida kanali bor. Egatchali tishlar ekzotik formalarida uchraydi. Aspidlar, masalan, kobra (Naja), ko’zoynakli ilon (N.tripudians) shular qatoriga kiradi. Ba’zi ilonlar zaharini tuflab sachratishi va 1 m masofadagi nishonni urishi mumkin. Boshqa ilonlardan farq qilib, kobra ba’zan (bahorda urchish davrida) o’zi odamga tashlanadi. Ikkinchi tipdagi kanalchali tishlar xuddi shpristga o’xshab ishlaydi, ular qora ilonlar (Vipera) da uchraydi. Viperalarda singan tishi o’rnida yangisi o’sib chiqadi.
Oddiy qora ilon (V.berus) ning rang – tusi juda o’zgarib turadi: och qo’ng’ir rangdan tortib, qora ranggacha bo’ladi; orqasidan ilon izi bo’lib tushgan xarakterli qora yo’li bor. Ko’z usti qalqonchalari osilib turganligidan katta-katta qora ko’zlari «dahshatli» bo’lib ko’rinadi. Qora ilonning ko’z qorachiqlari boshqa ilonlardagidan farq qilib, tik tushgan tirqish ko’rinishida bo’ladi. Erkaklarining bo’yi 60-65 sm keladi, urg’ochilari birmuncha uzuroq 7081 sm keladi.
Qora ilonlar butun Evropa va Sibirda tarqalgan.
Qora ilon odatda odamga tashlanmaydi, lekin mudrab yotgan paytida bosib olinsa yoki juda yaqinidan o’tiladigan bo’lsa, chaqadi.
Avgustning o’rtalarida urg’ochisi tuxum qo’yadi (tuxumlari yupqa pardali bo’ladi), tuxumlardan darhol to’la-to’kis shakllanib olgan ilonchalar chiqadi. Bir necha kundan keyinoq ularning chaqishi zaharli bo’lib qoladi.
O’rta Osiyoda qora ilonga qaraganda birmuncha yirik (bo’yi 170sm.gacha) va ancha zaharli bo’ladigan gryuza yashaydi. Daraxt qora iloni va Uzoq sharqda yashaydigan qalqontumshuq mana shu ilonlarga qon-qardoshdir.
O’rta mintaqalardagi yo’sinlar orasida, o’rmonlarda bo’yi 45 sm.gacha keladigan oyoqsiz kaltakesak – urchuqcha (yoki medyanista)ni ko’rish mumkin. Tanasi yuqori tomondan odatda qo’rg’oshindek kul rang, ikki yon tomondan qizil-qo’ng’ir, qorin tomonida esa ko’kimtir – qora tusda bo’ladi. Bu kaltakesak mutlaqo bezarar, lekin ba’zi odamlar bilmasdan uni «zaharli medyanka» deb ataydilar. Xolbuki, haqiqiy medyanka ilon ham bor (sariq ilonlar oilasi), aslida bu ham zararsiz, mutlaqo.
Ilonlarning zaharlari turli hayvonlarga har xil ta’sir ko’rsatadi. Qaldiroq ilonning 10 ilonni o’ldiradigan miqdordagi zaxari har birining og’irligi 25 kg dan keladigan 24 ta itni, 25 ta ho’kizni, 60 ta otni, 600 ta quyonni, 800 ta kalamushni, 2000 ta dengiz cho’chqasi va 300000 ta kaptarni o’ldiradi. Lekin, bir turga mansub har qanday individlarga ham ilon zaxari har xil ta’sir ko’rsatadi. Ilon qaysi joyni chaqqanligi, jarohatning qancha chuqurligi ham ahamiyatga ega.
Zaharning ta’siri yil fasliga, asosan ilonning turiga bog’liq. Ilonlarning zahari odamlarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, degan gap birmuncha oshirib yuborilgan. Tropiklarda yashaydigan eng zaharli ilonlar chaqqanida ham, shikastlangan odamning ko’pi bilan 30 % halok bo’ladi. Shunda ham ko’pincha bolalar, keksa odamlar va kasal bo’lib zaiflashib qolgan kishilar, avitaminozlar, distrofiyaga duchor bo’lgan odamlar nobud bo’ladi.
Ilonlar zahrining ta’sir ko’rsatuvchi moddasi oqsillar va peptonlardir. Ilon zaxari quyuq, och sariq yoki ko’kimtir tiniq suyuqlikdan iborat bo’lib, quruq holda o’zining zaharlilik xususiyatini 20 yil va bundan ko’ra ko’proq saqlab turadi.
Kobra (Naja avlodi, masalan, ko’zoynakli ilon va boshqalar) hammadan zo’r ta’sir qiladi: kobra chaqqanda odam nafasi falajlanib o’lib qolishi mumkin. Kobra shuningdek, qaldiroq ilon zahari organizmnnig umuman zaharlanishiga sabab bo’ladi.
Bu zahar nerv sistemasiga ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatadi va keskin ifodalangan mahalliy effekt bermaydi. Aksincha, daraxt qora ilonining chaqishi kuchli shish hosil qilib, to’qimalarning o’lishiga, gemolizga sabab bo’ladi va yurak – qon tomirlar sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Odatdagi qora ilon chaqishi ko’pincha o’limga olib bormaydi, lekin anchagina qon ketishiga sabab bo’ladi, chunki qon ivishini susaytirib qo’yadi.
Ilon chaqqanda zahariga qarshi maxsus zardoblar (jumladan viperasimonlarga qarshi – antigyurza zardob) ishlatiladi. Bunday zardoblarni olish uchun otlar immunlanadi. Masalan, otga qora ilon, kobra yoki boshqa ilonning zaharidan oldin o’ldirmaydigan dozada yuboriladi, keyin esa zaxar dozasi tobora oshib boriladi. 16 oy mobaynida ot o’ldiradigan dozadan 80 baravar ortiq keladigan dozadagi kobra zaxarini qabul qilishga asta-sekin o’rganib boradi.
Mana shunday otning qon plazmasida turg’un anteliolar – antitoksinlar (ziddizaharlar) paydo bo’ladi (bunday otning har biri o’z umri davomida zardoblar tayyorlash uchun 400 l ga yaqin qon berishi mumkin) keyin undan qon olinib, zardob tayyorlanadi, bu zardob kavsharlangan ampulalarda saqlanadi. Qoraqurt zahariga qarshi zardob ham shu tariqa tayyorlanadi.
Ilon zahari shifobaxsh modda tariqasida qadimdan ishlatiladi, lekin bizning zamondagina bu masalaga ilmiy jihatdan yondashila boshladi.
Qaldiroq ilon va kobra zaxari bilan epilepsiyaga davo qilinadi. Kobra zahari stenokradiyaga ishlatiladi; xavfli o’smalarda sezuvchi nerv oxirlarini bloklab, undan og’riqsizlantiruvchi modda sifatida foydalaniladi. Gryuza zahari qon to’xtatuvchi modda sifatida ishlatilsa, oddiy qora ilon zahari qon ivuvchanligi kuchayganida qo’llaniladi. Revmatizmga qarshi sirtga ishlatiladigan mahalliy dori sifatida, yallig’lanish prostesslarida (masalan, ishiasda) har xil zaharli ilonlardan olingan zahar preparatlaridan «vipratoks», «vipralgin», «viprosal»dan muvaffaqityali foydalanilmoqda.
Rassel qora iloni bilan Amerika qaldiroq iloni, shuningdek, ba’zi boshqa ilonlar zaharlaridan tayyorlangan preparatlar tish vrachlik praktikasida qo’llanilmoqda.



Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish