I bob. Ona tili ta’limida maqol, matal, hikmatli so’zlarni foydalanishning o’rni va ahamiyati


Maqollarni o’rganishda o’yin texnalogiyalar



Download 198,75 Kb.
bet2/4
Sana26.06.2017
Hajmi198,75 Kb.
#16175
1   2   3   4

1.3 .Maqollarni o’rganishda o’yin texnalogiyalar.

Maqollar eskirmaydi .Ular o’tmishnigina eslatish bilan kifoyalanmaydi. Ularda xalq, kuchi, qudrati mujassamlashgan. Ular xalqning o’z tajribalari tufayli yaxlitlashgan aql idroki , bevosita tajribalarda to’plangan tafakkur qaymoqlaridir.Albatta , maqol xalq tafakkurining xotirasi ham hisoblanadi . Ammo xotirada keraksiz narsalar saqlabmaydi , balki bugunga , ertangi kunga xizmat qiladigan, asqotadigan narsalargina saqlanib qoladi . Demak , maqollar bizning bugunimiz uchun ham zarur bo’lgan hikmatlardir. 1

Maqollarni o’rganishning shakl va usullari ko’p . Jumladan, ularni mashg’ulotlar jarayonida ham o’rganish ko’zda tutilgan .Shuningdek maqollarni o’rganishda o’yin texnalogiyalaridan fo

ydalanish juda samarali o’rin tutadi. Bunda guruhlarga bo’linish talab etiladi . Guruhlarga bo’linishning o’zida ham maqollardan foydalanish mumkin . Buning uchun ikki komponentli ,yoki uch komponentli maqollar tanlab olinadi va ular qismlarga bo’lingan holda kartochkalarga yoziladi . Maqollarning boshlanishini o’qigan o’quvchiga uning davomini qo’lda tutib turgan bola o’qiydi va ular bir guruhga birlashadi . Shu tarzda guruhga ajralishning o’zi ham maqollarni o’qish jarayoniga aylanadi .

Ikkinchi usul maqoldagi so’zlar alohida – alohida kartochkalarga yozilgan bop’ladi . Ammo kartochkalr umumiy kartondan qirqib olingan bo’ladi . Ularning qiqilgan joylari bir-biriga mos bo’lgan holda maqol to’la holda tiklanadi . Qysi quruh o’z maqollarini oldin tiklasa shu guruh o’z maqolini ovoz chiqargan holda , xor bo’lib o’qiydi .

Maqollar mavzusini o’rganishda turli xil shakillar mavjud .Biz ularning ayrimlarin eslatib o’tamiz.

“Kim ko’p maqol biladi” o’yini .Tomonlar galma-galdan maqollarni aytishadi. Qaysi guruh yoki tomon tutilmasdan , aniq , muntazam javob berib borsa , o’sha tomon yoki guruh yutadi. Maqollarning ifodali o’qilishiga alohida e’tibor beriladi. Navbatdagi maqollarni topishda taraddudlanib qolgan , ikkilangan yoki topolmay qolgan (jarima ballini olgan ) tomon yengilgan hisoblanadi .Bir tomon aytgan maqolni boshqa tomonning takroran aytishiga yo’l qo’yilmaydi. “Maqollarni sharxlaymiz “ o’yini . Bunda o’quvchilar guruhlarga bo’linishadi .Bir guruh tegishli maqollarni aytadi .Boshqalar uni sharxlab, izohlab berishga harakat qilishadi. Bunda nisbatan aniqroq, kengroq tushinarliroq hamda ta’sirchanroq tarzda sharxlab berishga alohida e’tibor qaratiladi . Bu usulda maqollarning mazmuni , uning qanday hayotiy vaziyatlarda qo’llanishini idrok etish uchun real sharoit yaratiladi .

“Maqollar zanjiri “ o’yini .Bu o’yin baytbaraklar asosida yuzaga kelgan .Undagi asosiy talab bir guruh (tomon ) aytgan maqol qaysi harf , tovush bilan tugasa , keyingi tomon ayni manashu harf , tovush bilan boshlanadigan maqolni aytishi kerak bo’ladi : Aytar so’zni ayt , Aytmas so’zdan qayt –Til –aql bezagi . It egasini hurmas .-Sabirning tagi sariq oltin …..

“Marraga kim oldin keladi “ o’yini . Uning mohiyati shundan iborat : Markazdan ikki tomonga bir xil o’lchamdagi lenta tortiladi . Lentalarning uchlari tayoqqa o’raladi . Asosiy vazifa mana shu lenta markazga borguncha o’rab borishdan iborat . Faqat o’sha jarayonida muntazam ravishda maqollardan na’munalar aytib boriladi . Maqollar aytilmagan holda lentaning o’arishiga ruxsat berilmaydi.Agar bu qoida buzilsa jarima bali belgilanadi . Lentaning oxirigacha maqollar silsilasini uzmasdan yetkazgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

“Maqollar bozori” o’yini . Bunda o’quvchilar yangi maqollar bilan tanishtiriladi. Amalga oshirish shakli esa quyidagicha bo’ladi : o’yinda ikki o’quvchi ishtirok etadi . Ulardan biri “sotuvchi” , ikkinchisi xaridor bo’ladi . “Sotuvchi “ “xaridor”ga o’z maqollarini taklif etadi . U maqolning boshlanish qismini o’qiydi , xaridor esa uni davom ettiradi .Davom ettirilmagan maqol yangi hisoblanadi . Xaridor uni ovoz chiqarib ifodali tarzda o’qib beradi . Ular orasida hamma biladigan maqollar ham , ko’pchilik bilmaydiganlari ham tanlangan bo’lishi kerak . “Xaridor” mana shu yangi maqollarni oladi va ularni ovoz chiqarib o’qib beradi. Ayni paytda , “Xaridor “ ham o’z “bisoti”dagi yangi maqollarni “sotuvchiga “ tavsiya etish mumkin .Sotuvchi ham o’zi uchun yangi bo’lgan maqollarni tanlab oladi , ularni ovoz chiqarib o’qiydi . Bunda ham har bir maqolni o’qish va aytishda ifodali o’qish qoidalariga to’la rioya etish talab etiladi.

“Maqollarning mavzuli estafetasi “ o’yini.

Bu o’yin estafeta qoidalari asosida tashkil etiladi.Estafeta tayoqchasi (bu vazifani bayroqcha,ruchka,qalam,istalgan bitta o’yinchoq ham ado etishi mumkin)maqol aytish navbatini belgilab beradi.O’yinda barcha guruhlar ishtirok etadi.Ishtirokchilar navbati bilan maqollarni aytishadi, navbatni keyingi gurhga o’tkazishadi.Bunda ham oldin aytilgan maqollarning takrorlanishiga yo’l qo’yilmaydi.

“Koptokni qaytarish”o’yini 1.

Bolalar davra qurib turishadi.Ularning orasidan bitta boshlovchi saylanadi.Boshlovchi o’rtada turib koptokni o’rtoqlaridan biriga otadi.Koptok otilish barobarida bitta maqolning boshlanishi aytiladi:”Yer haydasang ….”,”Bilimi bor ….”,”Avval o’yla …”).Koptokni olgan o’quvchi uni boshlovchiga qaytarishi kerak.Ayni paytda u maqolning davomini ham aytishi talab etiladi.Maqolni davom ettirolmagan bola o’yindan chiqib ketadi .Maqollarni eng ko’p martta davom ettirgan o’quvchi keying davrada boshlovchi vazifasini ado etadi.

Albatta, bu o’yinlar faqat o’yin uchungina tashkil etilmaydi . Ularning bosh vazifasi o’quvchilarning o’qish jarayonlariga nisbatan ongli va faol munosabatlarini shakillantirish va rivojlantirishdan iborat . Ayni paytda , mazkur jarayonlarda o’quvchining nutqi tabiiy ravishda rivojlanib , boyib boradi . Bunday o’yinlar maktabgacha tarbiya muassasalarida , boshlang’ich sinflarda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining beshinchi , oltinchi sinflarida qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi . Ayni paytda maqollar o’yinlariga yo’g’rilgan jiddiy mushohada jarayonlari bolalarning tafakkurini ham rivojlantiradi, ularning ona tili imkoniyatlari , kuch va qudrati haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Eng muhimi, ularning nutqiy madaniyati o’sib boradi , xalq donishmandligi durdonalarining asl mohiyatini anglab yetishlariga imkon beradi.

Xuddi shuning uchun ham ulardan dars jarayonlarida , sinfdan tashqari mashg’ulotlarda unumli foydalanish ko’plab pedagogik hamda didaktik vazifalarning ancha qulay va samarali tarzda yechilishi uchun munosib omil vazifasini ado etadi.

Maqollardan ona tili darslaridagi deyarli barcha mavzularni o’rganishda foydalanish imkoniyatlari mavjud1 . Jumladan , alohida olingan maqollar yuzasidan ixcham, qisqa insholar yozish mumkin. Bu o’quvchilar uchun juda qiziqarli mashg’ulot bo’la oladi .Buning uchun ularning Yoshi va umumiy dunyoqarashlari, qiziqishlariga mos va munosib bo’lgan maqollardan foydalanish mumkin .Ko’p o’qigan ko’p biladi, Aql aqldan kuch olar. Bulbul chamanni sevar, Odam – vatanni …..

O’quvchilarning vazifasi mana shu maqolda izohlangan ma’noga asoslangan holda izohlab berishdan iborat. Shu jarayonda u yangi fakt va misollarga murojat qiladi , ularni asoslaydi, umumlashtirib , xulosalar chiqaradi. Albatta , ular og’zaki shaklda ham , yozma shaklda ham amalga oshishi mumkin . Odatda , og’zaki shaklgaoldindan maxsus tayyorlanmasdan ham kirishish mumkin.Yozma shaklda esa o’quvchilar oldindan tayyorlanishi , mavzu sinfda muhokama etilishi shart.

Maqollar sarlavha vazifasini ado etadi.Maqollarning sarlavhada bo’lishi mulohaza yo’nalishini ham belgilab beradi .Uning maqsadga muvofiq tarzda davom ettirishi uchun mayoq vazifasini bajaradi.

Maqollarga murojatning ikkinchi shakli tavsiya etilgan mavzularda maqollardan unumli foydalanishga da’vat bo’lishi mumkin .Buning uchun alohida mavzular olinadi .Undagi asosiy talablardan biri insho matnida , albatta,maqollardan foydalanish bo’ladi . Jumladan , “Bahor” mavzusida bahorga oid maqollardan foydalangan holda insho yoziladi. “Bizning oilamiz” , “Jasorat haqida o’ylar “ , “Yil fasillari” , “Rostgo’ylik fazilati “ , “Tabiat – boyligimiz “ , “Yaxshilik va yomonlik “ , “O’zbekiston- vatanim manim” singari mavzular bu yo’nalishda qiziqarli mulohazalarga boy bo’ladi .

Bunday mashg’ulotlar o’quvchilarning maqollarning mazmum va mohiiyatini teran anglashlari , ularning mavzuviy guruhlarga ajratish va tahlil etish , yaxlit umumlashma va xulosalar chiqarishga oid ko’nikma va malakalarning rivoji uchun mustahkam zamin hozirlaydi1 .Shu jarayonlarda ularning nutqlari boyib boradi , estetik didlari ham tarbiyalanib , kamol topadi. Eng muhimi , ularda mana shunday go’zal va bebaho tafakkur durdonalarini yaratgan ona xalqlariga nisbatan mehr – muhabbatni hosil qiladi .

II bob.Ona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli

so’zlarni o’tish texnalogiyasi.

2.1Ona tili darsliklarida hikmatli so’zlarni keltirilishi

( litsey darsliklari asosida ).

Davlat ta’lim standarti talablariga ko’ra , ona tili mashg’ulotlari komunikariv texnalogiya asosida tashkil etilmog’i , darsning samaralilik va sifat darajasi jahon andozalariga mos bo’lishi , o’quvchilarda ijodiy tafakkurini rivojlantirish , qiroat san’atini shakillantirish an’anaviy o’qituvchi –o’quvchi muloqotiga qo’shimcha ravishda zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan unimli foydalanish asosiga qurilishi lozim .

Til darslari nafaqat “fikrlash “ va uni “ifodalsh “ balki , so’z boyligini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish , go’zal qiroat san’atini shakllantirishga ham xizmat qilmog’i lozim .

Ona tilida komunikativ savodxonlikni ta’minlashga qaratilgan o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish va uni kompyuter dasturiga kiritish ayni shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi .Mazkur ishni bajarishning qulay usuli ona tili darslarida multi-media xizmatidan foydalanish dasturlashtirib , disketlarga joylangan o’quv –topshiriqlari yordamida badiiy matnlar yaratishga mo’ljallangan komunikariv metodlar ustida ishlashdir .

Quyida ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan o’quv topshiriqlaridan na’munalar beramiz.


  1. Topshiriq .O’qituvchi tomonidan berilgan “so’z haqida hikmatlar” ni ifodali o’qing , hikmatlar ma’nosini sharxlang .

-Agar biz so’z boyligini masalliqqa qiyos qilsak , nutq darurxonga tortilgan taom erur . Masalliq mo’l bo’lsa , osh mazali bo’lganidek , lug’at xazinasi bisyor odamning tili bisyor , nutqi ravon , suhbati jonon bo’ladir . Zero alar bilan hamsuxbat bo’lmoqlik rohati jon erur .

Chala pishgan oshning hazmi taomi qiyin kechgani kabi , g’aliz so’zli kishining suxbatini tinglamaklik ham azobi jondur .



  • Taomni yemakka , so’zni demakka shoshmang.

  • Ezmalikdan hazar qil , so’zingni muxtasar qil.

  • Ko’p so’zlasang , so’zning qadri kam bo’lar.

  • Xo’p so’zlasang , izzat , obro’ boz bo’lur.

  • Shirin kalom shirin taomdan qimmatliroqdir.

  • Husn zohiriy go’zallik bo’lsa ,

Yetuk va ravon nutq botiniy go’zallikdir .

  • Tasavvur ilmidan ogoh bo’lmoqlik ,

Tafakkur javhariga sayqal bermaklikdir .

  • Kishi bordur ham zohiriy , ham botiniy go’zaldir ,

Kishi bordur har bir so’zi yuz ochmagan g’azaldur.

Nozik ersa , boz ustina , tabiati , suhbati,

Tavob aylang , ushbu inson ma’naviy barkamoldur .


  1. Topshiriq .O’zingizga yoqqan hikmatli so’z asosida kichik matn yarating . Matnni sharxlang . Eng mukammal deb tan olingan matn multimedia ekraniga chiqariladi va ish daftarlariga ko’chirib olinadi.1

  2. Topshiriq .Matnni o’qing va undan o’zingizga tegishli xulosa chiqarib oling.

Hamisha ilm payida bo’lib, qalbing ham, ko’zing ham doimo bedor bo’lsin. Uyqu va oromni o’ylab bugungi ishni ertaga qoldirma . Badbaxt kishi shunday kishiki, ishining oqibatini o’ylamaydi, gunoh ishlardan o’zini tiymaydi .Barchani birdek sev, biror kishi baloga duchor bo’lsa, unga ko’mak qo’lini cho’z . Har kimning gapini to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilmay turib, tekshirmay turib hukm chiqarma . Qaysi ishda bo’lmasin , sustkashlik qilma .Yaxshilik qilishda chegara bor deb o’ylama.Hakimlar hikmatini yod ol. Mol-u dunyo hirsini ko’nglingdan quv . Yoqimli odoblardan ko’zyumma. Tuban ishlarga qo’l urma . Hamma bilan gaplashganda ham kamtarlikni qo’ldan berma . Birovni xor sanama , hamisha adolatni o’zingga shior qil.

( Aflotun )

Ona tili ta’limida hikmatli so’zlarni o’rgatish o’qituvchidan katta tayyorgarlik va mahoratni talab etadi. Har bir beriladigan topshiriqlar orqali o’quvchilarning ijodiy tafakkurni rivojlantirish , hamda to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat . Buning uchun esa o’qituvchi har bir darsda beriladigan topshiriqlarga puxta tayyorgarlik ko’rgan holda darsning qiziqarli, samarali o’tishini yo’lga qo’ymog’i lozim.

Shuningdek ,akademik litseyning “Hozirgi o’zbek adabiy tili “ (A.Nurmonov, A.Sobirov , Sh . Yusupova , T – “Ilm ziyo” , 2010 y.) darsligida hikmatli so’zlar turli o’quv topshiriqlari asosida berilgan. Darslikda berilgan o’quv topshiriqlari o’quvchilarni fikrlashga, o’zgalar firini anglashga va shu fikr mahsulini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni komunikativ savodxonlikni rivojlantirishga undaydi . Birinchi o’quv topshirig’ida Prezidentimiz Islom Karimovning hikmatli so’zlari rebus tarzida berilgan va talabalar ushbu rebusdagi tushirib qoldirilgan harflarni yozish natijasida hosil bo’ladigan hikmatli so’zni toppishi va undagi ma’noni anglashi topshiriq qilib qo’yilgan.

Javobi:

Dehqoni boy yurt qudratli bo’lur , qudratli yurtning dehqoni boy bo’lur. (I.Karimov)



Bundan tashqari 164- mashqda Alisher Navoiyning hikmatli so’zlaridan o’nta misol keltirishlari va ma’nosini sharhlab berishlari vazifa qilingan . Bunga qo’shimcha tarzda Murod Xidirning vatanga oid bir qator hikmatlaridan na’munalar ham keltirib o’tilgan .

  • Vatan – onaning ko’ksidan boshlanadi .

  • Vatan tuyg’usining manzillari beshikdan qabigachadir .

  • Belingiz vatan yukidan bukchaysin .

  • Vatan yuki zalvorli bo’lsa-da, maloli yo’q .

  • Vatan sadaqaga berilmagan , uni bizga taqdir ato etgan .

  • Vatan - eng katta taqdir.

  • Sen Vatanni madh etgan minbar - mehrobdir.

  • Iymon – vijdonning qiblasi .Vatan ham bamisoli qiblagohdir.

  • Vatan nechog’li ulkan bo’lmasin , u qalbga ham ,ko’z qorachig’iga ham jo bo’la oladi.

  • Vatanfurush o’z oltin beshigini pullaydi.

  • Vatan tuyg’usi ustuvor yurtda vatanfurushning bozori kasod.

Talabalar bu fikrlarni yozishi va mag’zini chaqishi , shuningdek , vatan haqidagi hikmatli so’zlarni davom ettirib , o’z fikrlarini bayon qilishlari topshiriq sifatida berilgan . Shavqiy Kattaqo’rg’oniyning ilm haqidagi hikmatlari esa 165- mashqda o’quvchilarga yod olishga berilgan .

-Ilmsiz inson – mevasiz daraxt .

-Nodonga ilm o’rgatmoq umrni zoye o’tkazmoqdir .

-Ilm - inson ziynati.

-Har kimki erur ulamo mohir , Bo’lg’ay anga so’zning husni zohir.

Hikmatli so’zdagi ilgari surilgan g’oyalar haqida fikr yuritish va bahs munozara olib borish maqsadida 166- mashq orqali bir qator shaxslarning hikmatlaridan na’munalar keltirilgan.

Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas – tuganmas xazinalar bor .

Maqsud Shayxzoda.

Kitobxonga bir fikrni anglatish uchun yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan , ochiq , ravon va sodda til kerak .

Abdulla Qahhor.

Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir.

K. Fedin

167- mashqda esa Sohibqiron Amir Temur tomonidan aytilgan hikmatlar talabalarga yozib olish uchun berilgan . Bu topshiriq orqali talabalarning ham nutqiy savodxonligini,ham xatosiz yozish qobilyatini shaklantirish maqsad qilib qo’yilgan . Shuningdek biz uchun Quroni karimdan keying o’rinda turuvchi hadislardan ham na’munalar keltirilgan va ularning talabalar hayotida tutgan o’rni beqiyos ekanligi ta’kidlangan .

Ilm ibodatdan afzal . Jannat onalar oyog’i ostidadir.1

Odamlar bilan murosa -yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi.

Topshiriqlar so’ngida Aflotunning o’z shogirdi Arastuga qilgan nasihatlari keltirilgan va bu nasihatlarni o’qib, xulosa chiqarish talabalarga vazifa qilib berilgan.



2.2.Darsliklardagi o’quv topshiriqlarida maqol , matallarni

grammatik xususiyatlarini o’rganilishi

Maqol turmush tajribalari zamirida tugilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko’pincha she’riy shakldagi hikmati so’zlar , chuqur ma’noli ibratlardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo’lib , hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko’pincha maqol o’git , nasihat xarakterida bo’adi : “ Yer hadasang –kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda “ , “ Hunari yo’q kishining , mazasi yo’q ishining” kabi.

Maqol xalq og’zaki ijodining juda qadimiiy shakillaridan biri bo’lib , unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari - ohangdosh tovushlar takrori bo’ladi 1 Katta va ijodiy tajribaga ega bo’lgan ajoyib so’z ustalarining o’lmas satr va hikmatlari so’zlari ham ko’pincha xalq maqollariga o’xshab ketadi. Masalan Alisher Navoiyning “Mahbub ul- qulub “ da aytgan bir qancha hikmatli so’zlari shular jumlasidandir : “ Oz-oz o’rganib dono bo’lur , qatra –qatra yig’ilib daryo bo’lur”

Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.Maqollarni o'rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak.

5-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning umumlashtirish bosqichidir. Maqol o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar, maktab davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi.2Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma'nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi.O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi.

Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning „Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati, Toshkent, 1990) dan uning ma'nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak.

Yuqori sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.

8-9 sinflarda maqolni ifodali o'qish, yashirin ma’nosini toppish va yod olishga ahamiyat beriladi. Har bir sinf darsligida mavzu yuzasidan berilgan o’quv topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e'tibor qaratilgan. Masalan, 8-sinf „Ona-tili " ( M. Qodirova , H.Ne’matov ,M. Abdurahimova , R. Sayfullayeva 8- sinf darslik) darsligidagi1 “Egasi umumlahsgan gaplar “ mavzusi orqali beriladigan topshiriqlarda maqollardan foydalanilgan. Maqol va matallar , hikmatli so’zlarda ega , asosan, umumlashgan bo’ladi. Shu sababli ham barcha topshiriqlarda “Hurmat qilsang hurmat ko’rasan “ , “Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar” , “Boshing osmonga yetgan bo’lsa ham, kallangni xam qil” kabi maqollardan foydalanib vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan.

Yuqori sinflarda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chma ma'noli, qarama-qarshi ma'no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar ma'nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan,8- sinf “Ona tili” darsligidagi 141- mashqda „Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov " maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, „Yalqov " so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?", „Yalqov bilan anqov nimaga tenglashtirilayapti?" kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, „Eling senga cho'zsa qo'l, Unga doim sodiq bo'l" maqolining ma'nosini tushuntirishda shu bo'limdagi asarlardan, yoshlar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim.Masalan, „Jar" sport kompleksi sizning sog'lom o'sishingiz uchun yaratildi.Maktabda bepul bilim olyapsiz.Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi.Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda „Qo'l cho'zsa" deganda nimani tushundingiz?" kabi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma'noda kelayotganini aytib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi.

Shu tarzda maqol mazmuni ham ochiladi.Maqol tili ustidagi ishlar har bir sinf darsligida ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o'quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy gapdan farqini bilib oladilar.

“Ona tili” darslarida maqollarni to'g'ri izohlash va yod olishga e'tibor ko'proq qaratiladi, ba`zi mashqlarda esa o'quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin.

7-8-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to'g'ri , ongli o'qish va fikrlash malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning ma'nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri hukm chiqarishga o'rganishlari zarur. Shuningdek, 5-sinf “Ona tili” darsligida1 Mehnat baxt keltirar, Mehnating zebu-ziynating, Mehnat qilgan xor bo‘lmas kabi maqollar keltirilgan bo‘lib, bu maqollar orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik tuyg‘ulari shakllantiriladi.Akademik litseyning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darsligida1 „Maqollar" mavzusi alohida o'rganiladi.Bu mavzuni o'rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma'lumotlar beriladi.Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy ma'naviyatining shakllanishida muhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi.

Maqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi.Masalan, maqollar „Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril", „Mehnat — baxt keltirar", „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan.O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilaming hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchilarga maqol g'oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin.

Har bir sinflarda maqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya'ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting", „Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish musobaqasi", „Maqollar mushoirasi" kabilar tashkil qilinadi.

Maqollarni o'rganishda ko'rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi, ta'lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.

Har bir sinf yakunida maqol janrini o'rganish yuzasidan umumlashtimvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o'quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi:

1-guruh

To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan,



Egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan.

2-guruh


Tadbir bilan mushkul ish oson bo‘lar,

Tadbirsizning holi tang bo‘lar.

1-guruh

Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.



2-guruh

Yaxshi ko‘rgan do‘stingdan

Joningni ham ayama.

1-guruh


Maslahatsiz ish

Keltirar tashvish.

2-guruh

Kitob-bilim manbai.



1-guruh

Bilagi zo‘r birni yiqar,

Bilimi zo‘r mingni

2-guruh


Oltin-kumushning eskisi bo‘lmas,

Ota-onaning bahosi bo‘lmas.

Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o'rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:

1. Maqolni o'qib, uning mazmuni ustida ishlash.

2. Maqoldagi so'zlarning ma'nosini izohlash.

3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.

4. Maqolni yod oldirish.

5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma'noli va ma'nodosh so'zlarni aniqlash va ularning maqolda ifoda etilgan g'oya bilan aloqasini ochish.

6. Matn mazmuni va g'oyasiga mos maqol toptirish.

7. Maqollarni mavzular bo'yicha guruhlash.

Xalq maqollari:

Toma-toma ko‘l bo‘lur,

Tommay qolsa cho‘l bo‘lur.

Deyilishining ma’nosini hayotiy misollar bilan o’quvchilarga anglatish, tomchi suv bir o‘simlikni qurib qolishdan asrashi, e’tiborsizlik oqibatida bekorga oqib yotgan jo‘mraklarni burab qo‘yish, tejalgan suvlar necha yillar o‘simlik, daraxtlarning o‘sishini ta’minlashi mumkinligini, bu ishda, ayniqsa, bolalarning kattalarga yordami muhim ekanligini tushuntirish vazifamizdir.

O‘quvchilarga o‘tmish haqida hikoyalar aytish oddiy pand-nasihatlardan avfzaldir. Bobo, buvilar aytgan quyidagi durdona so‘zlar o’quvchilarga ijodiy ta’sir etadi: ”Suvga also tupurmang, gunoh bo‘ladi. Oqar suvga musur narsalar tashlamang, bu ham gunoh bo‘ladi. Undan odamlar ichadilar”.

Donolar aytishgan.

Suvsiz hayot bo‘lmas,

Mehnatsiz rohat.

Maqol va hikmatli so’zlardan foydalanib, ularning bosh harflaridan mashhur kishilarning nomlarini yoki o’zining namini, o’zi yashayotgan qishloq yoki shahar nomlarini chiqarish mumkin.

Masalan:

Non ham non, nonni ushog’i ham non,

Aql yoshda emas, boshda

Vaqting ketdi, baxting ketdi.

Oziqli ot xorimas

Izzat tilasang ko’p dema, Sihat tilasang ko’p yema

Yigit omon bo’lsa, xaf-u hatar yo’q.

Keltirilgan maqol va hikmatli so’zlarning bosh harflaridan “Navoiy” so’zi kelib chiqadi. Ushbu o’yin topshirig’ini o’quvchilarni guruhlarga bo’lib topshirsa yanada qiziqarli bo’ladi.

Ma’lumki , akademik litseyning “Hozirgi o’zbek adabiy tili “ (A.Nurmonov , A.Sobirov , Sh . Yusupova , T – “Ilm ziyo” , 2010 y.) darsligida maqollar va matallar mavzusi bir qator o’quv topshiriqlari orqali yoritilgan. Birinchi topshiriqda o’quvchilarning mustaqil fikirlash qolibyatini hamda nutqini o’stirish maqsadida maqollardan na’munalar keltirilgan va ma’nosini sharhlash vazifa qilib berilgan. Berilgan har bir maqolning o’quvchilar tafakkurini , ma’naviyatini yuksaltirishdagi o’rni beqiyos.



  • Do’sting bo’lsa bog’ing chamandur ,

Do’sting bo’lmagani – feling yomondir.

  • Arslon izidan qaytmas, yigit so’zidan .

  • To’g’ri o’zadi ,egri to’zadi .

  • To’g’ri yurdim yetdim murodga ,

Egri yurdim qoldim uyatga .

  • Ko’ngli qoraning yuzi qora .

  • Yaxshiga qora yuqmas , yomonga el boqmas .

  • Tikan bo’lib oyoqqa sanchilguncha ,

Gul bo’lib ko’krakka sanchil .

  • Gado arazlasa , to’rvasiga ziyon.

  • Axmoqning aqli to’pig’ida.

Keyingi topshiriq orqali o’quvchilar berilgan maqollarni mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratishi lozim.

  1. Vatan va vatanparvarlik haqida .

  2. Do’stlik haqida .

  3. Mehnat va mehnatsevarlik haqida .

  4. Kamtarlik va manmanlik haqida .

  • O’zga yurtda shoh bo’lguncha , o’zga yurtingda gado bo’l.

  • Bekorchining beti yo’q , Qozon osar eti yo’q.

  • Beli og’rimaganning non yeyishini ko’r .

  • Bir yil tut ekkan kishi , qirq yil gavhar teradi .

  • Bodom po’sti bilan , odam do’sti bilan .

  • Ishni asbob qiladi , Egasi lof uradi.

  • Kamtar bo’lsang osh ko’p ,

Manman bo’lsang tosh ko’p.

  • Mevali daraxtning shohi egik.

Bu topshiriqda berilgan har bir maqolni ma’nosini izohlash sharti ham qo’yilgan . 156- mashqda esa o’quvchilarning o’ziga donolik , manmanlik , ochko’zlik , do’stlik , mehnatsevarlik , dangasalik kabi mavzularga oid o’nta maqol topib yozish topshirig’i berilgan . Bu topshiriq orqali esa o’quvchilarning xotirasi mustahkamlanishi taminlanadi.

157- mashq orqali o’quvchilar o’zbek tilining izohli lug’atidan foydalanib bir necha maqollarni izohi bilan tanishishdi.

Namuna : Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi .

Bu maqolni to’g’ridan to’g’ri shu ma’noda ham , majozan “ Ozgina , kichkina kamchilikni , xavf –xatarni nazar pisand qilmay yurma , shundan senga ,katta ziyon- zahmat yetishi mumkin , ehtiyot bo’l “ degan ma’noda ham qo’llaydilar. 158- mashqda esa “O’zbek Milliy ensiklopediyasi “ , “ O’zbek tilining izohli lug’ati “ , “ Xotin – qizlar ensiklopedoyasi” haqida o’quvchilardan nimalarni bilishi so’ralgan .Navbatdagi topshiriq berilgan gaplardan zamonaviy qatlamga oid frazeologizmni toppish hamda , ularning semantik va uslubiy xususiyatlari haqida gapirish . Bu topshiriq , asosan , o’quvchilarning topqirligi va chaqqonligini sinovdan o’tkazadi.



  1. Gilay kelib hiqildog’idan olganda o’t bilan o’ynashayotganini fahmladi.

  2. Bu omi banda islom farzandi uchun bunday qasam ichmoq durust emasligini bilsa edi , tiliga ehtiyot bo’lmasmidi ?

  3. Kecha kavushingni sudrab , poyezdga osilib , bugun taxtga o’tirmoqchimisan?

  4. Chol musulmonsheva ko’rinsa-da ba’zan o’zini tuta olmaydi. (T.Malik ).


Download 198,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish