I.3. Maqol va matallar frazeologik birlik sifatida
Frazeologiya tarkibida o’rganilayotgan maqol, matal, ideomo hikmatli so’zlar alohida o’rganilishi lozim bo’lgan mazulardir.
Maqol so’zning ko’rki, nutqning o’tkir quroli, xalqning donishmandligidir.
Maqol xalqning pand-nasixati, ma`naviy-axloqiy xulosasi,xalq milliy ruhining aks-sadosi, til tabiatining hikmatli merosidir. Maqol chuqur ijtimoiy, axloqiy, falsafiy –hikmatona mazmunga ega. Maqol xalq aql-idrokining maxsuli, uning xukmi ko’p asrlik tajribalari majmui, turmushdagi turli voqea-xodisalarga munosabatining ifodasidir.
Masalan:
Lost time is never found again
yo’qotilgan vaqt sira topilmas.
Maqol kundalik xayotda kishilarning bir biri bilan muomalada bo’lish jarayonida tug’iladi.
Xalq maqoli-xalqning mulkidir.
Maqol qayg’usi esa xalqning qayg’usidir.
Maqol g’azabi- xalqning g’azabi
Maqol kulgusi-xalq kulgusi va maqol kinoyasi –xalq kinoyasi demakdir deb ko’rsatadi tatar yozuvchisi Noqiy esonboy.
Masalan:
Aytilgan so’z-otilgan o’q.
A word spoken is past recalling.
Nima eksang shuni o’rasan
As you sow, you shall mow.
maqol ishlatmagan birorta xalq yo’q.. Maqollar borki shirin pand nasixat kiladi, aql o’rgatadi. Mard vabotir bo’lishga da`vat etadi.
Masalan:
Avval o’yla keyin so’yla.
First think-then speak.
Maqol xalq orasida kun sayin tugilib turganidek, ota bobolar so’zi sifatida avlodddan avlodga meros bo’lib o’tadi.
Xar bir maqol ham ma`no, max shakl, ham stilistik funktsiya jixatidan o’ziga xos xususiyatga ega. Maqolda vatanni sevish, mexnat qilib yashash g’oyalari ilgari suriladi.
O’z uying o’lan to’shaging. Do’stlik inoqlik, vijdonlilik g’oyalari maqollarda asosiy o’rinni egallaydi:
A friend in need, is a friend indeed.
Qiyinchilikdagi do’st eng yakin do’stdir.
Tejamlilikka, sog’likni qadrlashga vaqtni bekor utkazmaslikka da`vat etiladi:
Lost time is never found again.
Yo’qolgan vaqt xech topilmaydi.
Good health is above wealth.
YAxshi sog’lik boylikdan afzal.
Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning talaygina qismi faqat tarkibidagi ayrim so’zlarning ishlatilishi bilan farqlanadi.
Masalan: Measure twice and cut once.
- Uch o’lchab bir kes.
Ma`lumki o’zbek tilidagi bu maqolning ekvivalentidagi “uch o’lchab” emas “etti o’lchab bir kesish” uqtiriladi.
Qisqasi maqol turmushda sinalgan, ma`lum ezgu tugal umumiy ma`no anglatuvchi ixcham bir shakldagi xalq hikmatidir. Uning boshqa frazeologik birliklardan farqi shuki, boshqa frazeologik birlikka gap tarkibiga kirib, uning bir bo’lagini tashkil etsa, maqolning o’zi butun gapni tashkil qiladi.
Maqollar frazeologik birikmalarning alohida bir turidirlarki bular “maqol frazeologizmalaridir”. Maqol – narsa va xodisalarni obrazli ifodalovchi tilda keng ishlatiladigan ibora va nutq iboratlaridir. Matal so’zlovchining o’z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal aytilmoqchi bo’lgan fikrni tugal bayon qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “u axmok odam” deyish o’rniga “uning bir kaynovi past” deydi, “ular bir biriga juda mos” deyish o’rniga – “ular bir olmaning ikki pallasi” deb aytadi. Maqol bilan matal o’rtasida umumiylik ko’zga tashlanadi.
Bu umumiylik shundan iboratki xar ikkala kategoriya ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor kilishda ishlatiladi. Lekin shu bilan birga tugal fikrni o’zida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy fark qiladi.
Avvalo maqol zaminida xalq hikmati yotadi. Axmoqqa sukut javob deydi o’zbeklar. Ruslar esa durak boksit umniy myachit deb aytadilar.
Bu maqolning qanday hikmati bor? Axir bir axmoq xaqorat qilaversa, bunday paytda jim turib bulmaydimi? – na jim turib bo’ladi- deydi maqol.
Nodon odam bilan aytishish oson, biroq chidam bilan sukut saqlash xar kimning qo’lidan ham kelavermaydi. Ikkinchidan, axmoqning xaqoratlariga xaqorat bilan javob qilish-sharmanda bo’lish, ya`ni o’zing ham axmoq bo’lding demakdir. Aytuvchi axmoq bo’lsa, tinglovchi dono kerak-deydi maqol. Binobarin axmoqqa qarshi eng oqilona javob- sukut qilishdir. YUqoridagi maqolning mazmuni, hikmat ana shunda.
O’zbeklarda nodonga so’zlagan esiz so’zim, o’likka yig’lagan esiz ko’zim-degan maqol bor.
Ruslar “duraka uchit chto mertvogo lechit” deydilar. Qanchalik zo’r berib yig’laganing bilan o’lgan odam qayta tirilmaganidek, nodon odamga qanchalik aql o’rgatmagin u dono bo’lmaydi.
Ko’rpinadiki, bir qancha oddiy so’z bilan ta`bir qilinmaydigan chuqur axloqiy g’oya qisqa, ixcham birqolip shakliga kirgan demak, shakl ixchamligi maqollarga xos ikkinchi belgidir. Maqollar tarkibidagi so’zlarning bir-biriga qofiyalanib kelishi va alliteratsiya qarama qarshi ma`noli so’zlarning birikishi ham maqollarning shakl xususiyatlariga xos belgilardandir. Masalan: oy tunda kerak, aql kunda kerak, kun ko’rmagan kun ko’rsa kunduz kuni chiroq yokar.
Ko’pgina maqollarga xos uchinchi belgi ularning majoriy ma`nosida ishlatilishdir.
Idioma-shaklan bo’laklarga ajralmaydigan maxrajli birikma tarkibidagi so’zlarning to’g’ri va konkret ma`nosi bilan talqin qilinmaydigan ko’chma ma`no anglatuvchi so’z birkmasidir. Bir tildagi idomatik iboralarni boshqa tilga birikma tarkibidagi so’zlarning to’g’ri ma`nosini tarjima qilsa ko’pincha tushunarli bo’lmaganiday xato aynitimning o’zida ham ularni to’g’ri ma`noda talqin qilish ya`ni idomatik birikmaning erkin so’z birikmasi deb talqin qilish tushunmovchiliklar sabab bo’ladi.
Idomatik ibora maqol bilan qiyos qilinsa uning o’ziga xos jamoaga ochiqroq ko’rinadi.
Maqol obrazli mazmunga ega bo’lgan gapdir. Uni sintaktik bo’laklarga ajratish mumkin. Biroq idoma barqaror leksik butunlik bo’lib, uni na semantik bulaklarga ajratish mumkin.Tig yarasi tuzalar til yarasi tuzalmas maqolni sintaktik bo’lib uni tahlil qilaylik. Bunda ega va kesim mavjud bo’lgan ikkita gap bor.
Birinchi gap:tig’ yarasi tuzalar
–til yarasi –ega, tuzalar- kesim.
Ikkinchi gap: til yarasi tuzalmas,
til yarasi-ega, tuzalmas- kesim.
Ammo tarvuzi qo’ltigidan tushdi-idomasini bunday talqin tahlil qilib bo’lmaydi. YUzaki qaraganda:yuzaki qaraganda:tarvuzi –ega, tushdi- kesim, qo’ltigidan-to’ldiruvchi, lekin bunday bema`nilikka olib keladi, chunki avvalo gramatik tahlil qilish uchun berilga savollarning o’zi o’rinsiz bo’lib qoladi. Boshqacha aytganda idoma bo’laklarga ajralmaydigan yaxlit bir bo’lakdir. Idoma faqat ko’chma ma`noda ishlatiladigan yaxlit birikmadir.
Maqol bilan idoma ma`nosi shakl tomonidan bir biridan jiddiy farq qilsa ham ammo maqol bilan matal bilan idoma o’rtasida o’xshashliklar katta ko’pincha ularni bir biridan ajratish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |