I bob. Ona tili ta’limida maqol, matal, hikmatli so’zlarni foydalanishning o’rni va ahamiyati


Ona tili ta’limi jarayonida maqol , matal va hikmatli



Download 198,75 Kb.
bet3/4
Sana26.06.2017
Hajmi198,75 Kb.
#16175
1   2   3   4

2.3 .Ona tili ta’limi jarayonida maqol , matal va hikmatli

so’zlarni innovatsion usullarda o’tish metodikasi.

O’zbek tili ta’limining samaradorligi ta’lim prinsiplariga rioya qilish bilan birga ta’lim metodlari va usullarini to’g’ri tanlashga ham bog’liq.1 Quyida ona tili ta’limi jarayonida innovatsion usullardan qo’llangan bir qancha dars ishlanmalarini havola etamiz.

Dars ishlanma .

Sana:


Fan : Hozirgi o’zbek adabiy tili.

Kurs : 2- kurs.

Soat : 80 minut .

Mavzu : Maqollar.



Darsning maqsadlari:a) ta’limiy:O’quvchilarga maqollar haqida bilim va ko’nikmalar berish .Maqollarning nutqni boyitishdagi o’rni va xususiyatlari haqida ko’plab ma’lumotlar berish . O’quvchilar bilimini boyitish .

b) tarbiyaviy : yangi mavzuga oid ma’lumotlarni yoritish asosida o’quvchilarda vatanga sodiqlik, mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirish. Dars jarayonida o’quvchilarda ota-onaga, yon atrofdagi kishilarga, ustoz va o’rtoqlariga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgartirishga ko’maklashish, mavzu asosida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ona tiliga bo’lgan sodiqlik va muhabbatni yanada kuchaytirish

s)rivojlantiruvchi:O’quvchilarning nutq madaniyatini , so’z boyligini oshirish, erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, faollikka undash; ona tilining boy imkoniyatlarini yangi mavzu asosida rivojlantirish .

Dars usuli : Noan’anaviy , Interfaol.

Dars uslubi :Aqliy hujum “ Klaster , “Xazinalar sandig’i” ,” Bilmlar

banki “

Dars tipi :

Dars jihozi:Kompyuter , videoproyektor, ko’rgazma vositalari, darslik ,

doska.
Dars borishi.

Dars rejasi :

I.Tashkiliy qism:

1. Salomlashish.

2. Davomad.

3. Siyosiy yangiliklar .

II.Asosiy qism :


  1. “Aqliy hujum “ metodi.

  2. Yangi mavzu bayoni

  3. Klaster.

  4. ”Bilimlar banki “ o’yini. 155-mashq.

  5. “Qora quti”

  6. “Xazinalar sandig’i“ usuli .

Dars bayoni.

I.Tashkiliy qism .

II.Asosiy qism .


  1. “ Aqliy hujum” savollari:

Barqaror birikmalarga misol keltiring ?

“ Ko’ngli qoraning yuzi qora “ maqolini ma’nosini izohlang ?

“So’zlamasdan o’ylab ol “ maqolida qanday ma’no yashiringan ?

Xalq og’zaki ijodi janrlagiga nimalar kiradi ?



  1. Yangi mavzu bayoni. Maqollar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Maqollar asosan xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor birikma holida mavjud bo’ladi. So’zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi . Maqollar fikrni ta’sirchan , bo’yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir . Nutqda maqollardan foydalanish so’zlovchining mahorati sanaladi . Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodida maqollarning o’ziga xos o’rni bor . U xalqning bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni ,ular donishmandligining maxsulidir .1

  2. “Klaster “ metodi.



  1. 155-mashq.Berilgan maqollarni ” Bilimlar banki “ jadvali asosida to’ldiring?

O’zga yurtda shoh bo’lguncha , o’zga yurtingda gado bo’l.

Bekorchining beti yo’q , Qozon osar eti yo’q.

Beli og’rimaganning non yeyishini ko’r .

Bir yil tut ekkan kishi , qirq yil gavhar teradi .

Bodom po’sti bilan , odam do’sti bilan .

Ishni asbob qiladi , Egasi lof uradi.

Kamtar bo’lsang osh ko’p ,

Manman bo’lsang tosh ko’p.

Mevali daraxtning shohi egik.

Ona yurting –oltin beshiging.

Vatan ostonadan boshlanadi.


  1. Qora quti” o’yini .

Har bir guruh ishtirokchilari o’zlarining yaxshi va yomon xislatlarini maqollar orqali ifodalab, alohida kanvertlarga yozib o’qituvchiga topshirishadi. O’qituvchi yomon xislatlarni “Qora qutiga” solib og’zini maxkamlab o’quvchilarga endi yomon xislatlar ularni tark etganligini aytib o’tadi.O’quvchilarga yaxshilik va yomonlik haqida hikoya eshittiriladi.Unda qo’llanilgan maqollarni o’rni va tarbiyaviy ahamiyati haqida tushuntiriladi. O’quvchilarning yaxshi xislatlarini esa o’qib eshittiradi.

  1. “Xazinalar sandig’i” O’quvchilar yangi mavzu bo’icha olgan bilimlarini aytishadi.Berilgan har bir ma’lumot “Xazinalar sandig’i”ga solinadi.

III. Darsni mustahkamlash .

Baholash: darsda har bir o’quvchi besh ballik baho sistemasida

baholanadi.

Xulosalash :

Uyga vazifa : 160- mashq.

Dars ishlanma .

Sana :


Fan :”Hozirgi o’zbek adabiy tili”.

Kurs : 2-kurs.

Soat : 80 minut.

Mavzu: Hikmatli so’zlar.



Darsning maqsadi . a) ta’limiy : O’quvchilarga hikamli so’zlar haqida bilim va ko’nikmalar berish , nazariy bilimlarini boyitish . Hikmatli so’zlarning nutqdagi ahamiyatini yoritib berish.

b)tarbiyaviy: Hikmatli so’zarning tarbiyaviy ahamiyatini yorotgan holda o’quvchilarda vatanga sodiqlik, mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirish. Dars jarayonida o’quvchilarda ota-onaga, yon atrofdagi kishilarga, ustoz va o’rtoqlariga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgartirishga ko’maklashish, mavzu asosida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ona tiliga bo’lgan sodiqlik va muhabbatni tuyg’usini uyg’otish.

S) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkurini boyitish , nutqiy go’zalligi hamda , ta’sirchanligini oshirish. So’z boyligini ,erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, faollikka undash.

Dars usuli : Noan’anaviy , Interfaol.

Dars uslubi :“Kim chaqqon” , kichik guruhlarda ishlash , Boshqotima

Dars tipi :

Dars jihozi:Kompyuter , videoproyektor, ko’rgazma vositalari, darslik ,

doska.
Dars borishi.

Dars rejasi :

I.Tashkiliy qism:

1. Salomlashish.

2. Navbatchi axborotini tinglash .

3. Siyosiy yangiliklar .

4. Guruhlarga bo’lish: Aqllilar , Donolar , Bilimdonlar.

II.Asosiy qism :

1.”Hadis sehri”

2. Yangi mavzu bayoni.

3.“ Rebus” 1-topshiriq.

4. “Kim chaqqon “ usuli.

5. “Eng chhiroyli matn”

Darning bayoni.

I.Tashkiliy qism :

II. Asosiy qism:



  1. “ Hadis sehri” . Hadislardan na’munalar aytib beriladi . O’quvchilar ham o’zlari bilgan hadislardan aytishadi.

“Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib , so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishi . Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi . Ilm ibodatdan afzal . Jannat onalar oyog’i ostida .Sahiy kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi.1

  1. Yangi mavzu bayoni.

Hikmatli so’z ya’ni aforizmlar Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa , obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so’zlar deyiladi.

Masalan: Odami ersang demagil odami ,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami .

( A. Navoiy )

Hikmatli so’zlar barqarorlik , mazmuniylik yaxlitlik , takroriylik ya’ni nutqda doim bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish belgilariga ko’ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham , aniq muallifning borligi bilan ulardan farq qiladi .Hikmatli so’zlarni o’rganib , xotirada saqlab , nutqda o’rinli qo’llay bilish kishining so’z san’atkori , donishmand bo’lishini taminlaydi.


  1. 1- topshiriq . Har ikkala guruh ham berilgan rebusdagi tushirib qoldirilgan harflarni yozishi , hamda , yashiringan hikmatli so’zni topishi lozim .

Javobi:


Dehqoni boy yurt qudratli bo’lur , qudratli yurtning dehqoni boy bo’lur. (I.Karimov)

  1. “Kim chaqqon “ usuli. O’quvchilarga sariq hamda qizil kartatekalar tarqatilari. Mavzuga oid ma’lumotlar birin-ketin o’qib eshittiriladi .Har bir guruh azosi to’g’ri javobga qizil karteteka , noto’g’ri javobga esa sariq kartateka ko’taradi.Guruh ishtirokchilaridan tezlik va epchillik talab etiladi. Natijalar hisoblanib boriladi.

To’g’ri Noto’g’ri


  1. Matn yaratish.Har ikkala guruh ham hikmatli so’zlardan foydalangan holda “Ilm ibodatdan afzaldir “ mavzusida ijodiy matn yaratishi lozim .

  2. III. Darsni mustahkamlash .

Baholash: darsda har bir o’quvchi besh ballik baho sistemasida

baholanadi.



Xulosalash :

Uyga vazifa : 160- mashq.

Dars ishlanma

Sana :

Fan : Ona- tili



Sinf : 8-sinf

Soat : 1 soat.

Mavzu: Egasi umumlashgan gaplar .

Darsning maqsadi . a) ta’limiy : O’quvchilarga egasi umumlashgan gaplar haqida bilim va ko’nikmalar berish , nazariy bilimlarini boyitish. Egasi yashiringan gaplarning tildagi ahamiyatini yoritib berish.O’quvchilar bilimini oshirish .

b)tarbiyaviy: O’tilayotgan mavzu orqalio’quvchilarda vatanga sodiqlik, mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirish. Dars jarayonida o’quvchilarda ota-onaga, yon atrofdagi kishilarga, ustoz va o’rtoqlariga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgartirishga ko’maklashish, mavzu asosida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ona tiliga bo’lgan sodiqlik va muhabbatni tuyg’usini uyg’otish.

S) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkurini boyitish , nutqiy go’zalligi hamda , ta’sirchanligini oshirish. So’z boyligini ,erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, faollikka undash.

Dars usuli : Interfaol.

Dars uslubi :“Maqol bilgan dar qolmas “ , Aqliy hujum “ Klaster , “

Dars tipi :

Dars jihozi:Kompyuter , videoproyektor, ko’rgazma vositalari, darslik ,

doska.
Dars borishi.

Dars rejasi :

I.Tashkiliy qism:

1. Salomlashish.

2. Navbatchi axborotini tinglash .

3. Siyosiy yangiliklar .

4. Guruhlarga bo’lish:

II.Asosiy qism :

1.”Aqliy hujum.”

2. Yangi mavzu bayoni.

3. 131-mashq.

4. “Maqol bilgan dar qolmas”

5.Matn .

Darsning bayoni.

I.Tashkiliy qism :

II .Asosiy qism :

1.”Aqliy hujum“ savollari .

- Gapning qandy bo’lagi ega deb ataladi ?

- Gap egasi qaysi so’z turkumi bilan ifodalanadi ?

- Egali gaplarga misollar keltiring ?

- Qanday gaplar egasiz gaplar egasiz gaplar deyiladi?

- Egasi yashiringan gaplar necha tutga bo’linadi ?

- Egasi ma’lum gap deb qanday gapga aytiladi ?

2. Yangi mavzu bayoni.

Egasi yashiringan gaplar ikki turga bo’linadi.


  1. Egasi (Shaxsi) ma’lum gaplar . 2. Egasi (SHaxsi) umumlashgan gaplar.

Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo’ladi . Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi.1

Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi (kirishadi).

Maqol va matallar , hikmatli so’zlar , odat tusiga kirgan rasm rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega , asosan , umumlashgan bo’ladi.

3 . 311. Mashq. Berilgan rasmlar asosida matn yarating . Unda egasi umumlashgan gapalr ishtirok etsin. Qaysi guruhning matni yaxshiroq chiqsa shu guruh g’olib bo’ladi.



4 . “Maqol bilgan dar qilmas “ o’yini .

O’quvchilar ikki guruhga bo’linib , berilgan so’zlarni ishtirok ettirgan holda maqollar tuzishlari lozim .

So’zlamoq , mehnat , ishlamoq , dangasa , vatan , do’st , bilim , yomonlik , baxil, rohat ,



  1. Matn . Vatan haqida qo’shiq eshittiriladi , shu qo’shiq asosida har ikkala guruh ham matn yaratadi va shu yaratgan matni asosida rasm chizishadi.

Ikki guruhdan ham eng yaxshi matn va eng yazshi rasm tanlab olinadi.

Qo’shiq : Sevara Nazarxon ijrosidagi “Vatanim “

III .Darsning mustaxkamlash .

Baholash: Guruhlarning ballari hisoblanib , qaysi guruh g’olib bo’lgani

aniqlanadi.

5-ball 4-ball 3-ball

Xulosalash :

Uyga vazifa : 134- mashq .

Xulosa

Xalq va mamlakat kelajagini o’tmishqadiryatlarimizsiz tasavvur etish qiyin. Zero, “Milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglashtuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart”.1Chunki mafkura o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik ekanligini unutmasligimiz lozim. Bu borada bizga hikmatlar muhim manba bo’lib xizmat qiladi.



Xalqimiz o’z avlodiga insoniyat tarixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo’lishini orzu qilgan va hozir ham shunday. Bu oliy tilak xalqimizning maqol, matal va hikmatli so`z kabi durdonalarida o’zining yorqin ifodasini topgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, xalqimizning bacha fazilati, falsafasi, duynoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati o’zbek xalq maqollarida aks etgan. Vatan va vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, to’g’rilik, yaxshilik, adolat va insof, do’stlik, tinchlik, mardlik va jasurlik, donolik ilm-hunar, tarbiya va odat, odob-ahloq, mehmon va mehmondo’stlik, go’zallik, kamtarlik, baxtva omad, sabr-qanoat, muhabbat, oila va qo’shnichilik, umid va ishonch, erk va ozodlik, or-nomus, g’uru, samimiylik, vaqt va fursat qadri, yoshlik va qarilik haqidagi maqollar ana shular jumlasidandir. “Xalqimizning ko’p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining oynasi, xalqning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga, munosabati, ijtiimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy – estetik va falsafiy qarashlari, donishmandligini aks ettirgan maqollar qadim-qadimdan yozma va og’zaki adabiyotda ham, og’zaki nuqtda ham qo’llanib kelgan va hozir ham shunday. Biz xalq maqollari bilan tanishish orqali ulardan Vatan, xalq, ona, ilm, g’urur kabi muqaddas tushunchalar ekanligini bilib olamiz Xalqimizning o’tmishi bilan, urf-odatlari, kasb-kori bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lamiz” Axir yillar davomida tajribadan o’tgan, badiiy jihatdan mukammallashib hikmatli so’zlar majmuasiga aylangan har bir maqolning o’zi biz uchun bebaho darslik va eng yaqin maslahatgo’y emasmi? Birgina “Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar”, degan xalq maqolining o’zidaolam ma’no bor. Bu maqolni diliga jo qilgan inson hech qachon o’z vatanini tark etmaydi, el-yurtiga hiyonat qilmaydi, o’z yurtini ko’z qorachig’idek ardoqlaydi. Bu maqollarning naqadar katta tarbiyaviy kuchga ega ekanligining yorqin ifodasidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak maqol , matal va hikmatli so’zlarni o’qitish va o’rgatish balki ona tili darslarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.Ona tili darslarida o’qitiladiga maqol , matal ,hikmatli so’zlar o’quvchilar ongida milliylikni yuksaltirishi bilan bir qatord, nutqiy go’zalligini boyitishga xizmat qiladi. Maqol , matal , hikmatli so’zlarni ona tili darslarida o’rganishda turli xil innovatsion metod va texnalogiyalardan foydalanish samarali natija beradi.



Adabiyotlar ro’yxati

  1. Karimov I.A.”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.”Ma’naviyat”

2008, 176-b.

  1. Karimov.I.A “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T. “Sharq”. 1997 yil. 181-b

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T. ”O’zbekiston ”, 1997

4. Karimov I. A . ”Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch

qudratimizga xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq”

T. ”O’zbekiston ” 2004 y.

5. Karimov I. A .”Hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi ”T.

”Xalq so’zi ” 2002-y , 6- dekabr.

6.“O’zbek milliy ensiklopediya “ Davlat ilmiy nashriyoti .Toshkent 5-tom.



543-b.

  1. “O’zbek tilining izohli lug’ati” 2-tomlik 1-tom 1982-yil 456-bet.

  2. Umumiy o’rta ta’limning davlt ta’lim standarti va o’quv dasturi” “Sharq” ta’lim taraqqiyoti 1- maxsus son . 1999 .195-b

  3. Ahmedov .S. va boshqalar Adabiyot ( umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf uchun darslik ) T. “Sharq “ 2007 y.




  1. Bobomurodova A. “Ona tili jaroyonida o’yin topshiriqlaridan foydalanish “ T , “Musiqa “ 2009 y .



  1. Mahmud Qoshg’ariy .”Devonu lug’atit turk “ T, 1960, 1-tom , 252- b .

  2. Murodova N. “ O’qituvchi nutqini mahalliy sheva ta’sirida vujudga keltirish talaffuz hamda imlo vositalari va ularni tuzatish usullari “ aftoreferat 1993 y.

  3. Matchonov .S “Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar “ T “O’qituvchi” 1996 y

  4. Mahmudov N, Nurmonov A, Sobirov A.Ona tili 5-sinf darslik (to’ldirilgan 3-nashri) T.Ma’naviyat.2011

  5. Nurmonov,A .Sobirov ,A . Yusupova, SH “Hozirgi o’zbek adabiy tili “ litsey darsligi .T – “Ilm ziyo” , 2010 y




  1. Nematov .H , Abduraimova M , “Ona tili “ darsligi 8- sinf .T . “Cho’lpon” 2014 y.

  2. Qosimova .K , Matchonov va b , “Ona tili o’qitish metodikasi “T “Noshir “ 2009 y.

  3. Matjonov.S , Sariyev , Sh, “Adabiyot “ T, 2010 y .

  4. To’ychiboyev . B “Til ta’limida dialektal maqollarning o’rni “ O’zbek tili doimiy anjumani IX anjumani , T ,2007 . 256- b

  5. To’xliyev .B “Ifodali o’qish “ T “Bayoz “ 2015 y.

  6. To’qliyev .B “Adabiyot o’qitih metodikasi “ T 2010 . y

  7. Yo`ldoshev. “Ta’limning dolzarb vazifalari”, Ma’rifat gazetasi, 1999 y, 18 - avgust.

  8. Ziyotova .T “Ijodiy tafakkurni rivojlantirishda hikmatli so’zlardan foydalanish” “O’zbet tili” doimiy anjumani.2001 y.

  9. G’ulomov . A, Nematov H “ Ona tili ta’limi mazmuni “ T “O’qituvchi “ 1995 y

  10. G’ulomov .A , Qobirov .M va b . “Ona tili o’qitish metodikasi “T “Fan va texnalogiya “2012 .


Lug’atlar.

  1. Barqaror birikma – ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan til birliklaridir.

  2. Davlat ta’lim standarti – o’quvchilar umumta’lim

  3. Dialektik –umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko’rinishi .

  4. Diniy –tasavvufiy –insonning ilohoyotgamunosabatini va umuman yashamoqning ma’no maqsadini o’ziga xos tarzda talqin etuvchi ma’naviy, diniy , falsafiy birlikdagi ta’limot tizimidir.

  5. Didaktika –“didaktika’’ yunoncha so’zdan olingan bo’lib, ”didasko’’-o’qitish, ”didaskol” o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan

  6. Etimalogiya – ( yunoncha “etymon “ – haqiqat , so’zning asosiy ma’nosi , “logos” –fan ) tilshunoslikning so’z va morfemalarning kelib chiqishini o’rganuvchi bo’lim.

  7. Folklor-( ingl . “folk “ –xalq , “lore”- donolik -“Xalq donoigi” ) Og’zaki yaratilgan va og’zaki tarqalgan , xalq shoirlari yoki jamoa tomonidan yaratilib , og’izdan-og’izga , avloddan –avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar hozirda xalq og’zaki ijodi yoki “folklor” deb yuritiladi.

  8. Hikmatli so’z- grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma`lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa obrazli barqaror

  9. Interfaol-lotincha “inter” so’zidan olingan bo’lib,”orasida”,”o’rtasida” degan ma’noni anglatadi,ya’ni ikki narsa o’rtasidagi faollik degan ma’noni bildiradi

  10. Innovatsion ta’lim -Ta’limda innovatsiya yangi texnika va texnologiya,pedagogik jarayon va boshqaruvni tashkil etishning yangi shakllariga o’tish orqali erishilgan natijani namoyon etadi

  11. Innovatsiya -– inglizcha “kiritilgan yangilik,ixtiro”

1)texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar

2)Ilmiy-texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika,texnologiya boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar.



  1. Komunikativ-munozara faoliyat texnalogiyasi – o’qituvchining o’quv jarayoniga innovatsion yondashuvini talab qiladigan texnalogiya .

  2. Komponent-( lotincha component – qism ) so’zning tarkibiy qismi.

  3. Ko’nikma-egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiluyati.

  4. Kinoya –so’z ma’nosini aks manoda qo’llash. Yozuvda kinoyani ifodalsh uchun so’z qo’shtirnoq olinadi.

  5. Lahja – fonetik , leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig’indisi .

  6. Maqol-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo`lgan barqaror birikmadir.Misol:To`g‘ri o`zadi, egri ozadi. Ko`ngli qoraning yuzi qora. Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi

  7. Matal dеganda to`g‘ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo`lmagan hikmatli birikma nazarda tutiladi. Masalan, qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi xurjunda, ali dеsa vali dеydi, bеrdisini aytguncha kabi. Matalga boshqa bir gap qo`shilishi bilan fikr to`liq ifodalanadi. Masalan, Bеrdisini aytguncha jim tur. Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini to`laydi kabi.

  8. Majoz- adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgi bilan ifodalashdir. Asarlarda insonlarga , ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko’chirilishi majozning yorqin namunasidir.

  9. Multi-media –- (inglizcha-yunoncha multimedia - o’rta vositalar) bu –axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab oluvchi texnologiya bo’lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo’ladi.

  10. Malaka-muayyan harakatni bajarish va boshqarish jarayoninig avtomatlashuvidir.

  11. Pedagogik texnalogiya –O’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muoffaqiyatni kafolatlaydigan , o’qituvchi shaxsini shakillantirish jarayoni.

  12. Texnalogiya-yunoncha “san’at” mohirlik , o’quv,sanoat,qurilish, transport va boshqa sohalarda mahsulotlar olish ulardagi ishlov berish tizimi shu usullarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan.

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Burhonova Barnoning “Ona tili darslarida matal , maqol , hikmatli so’zlarni o’rganish texnalogiyalari “ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar



Xulosa

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonida ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan , bebaho ma’naviy va ma’daniy merosni tiklash davlat siyosati dazjasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Shuningdek istiqlolga erishganimizdan so’ng , ona tilimizga bo’lgan e’tibor ham kuchaydi. O’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi , madhiyasi , Konstitutsiyasi qatorida turadigan , qonun yo’I bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.

Prezidentimiz o’zbek tili masalasiga juda katta e’tibor qaratgan.Uning “ Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab – avaylashimiz , uni boyitish , nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur .Ayniqsa , fundamental fanlar , zamonaviy komunikatsiya va axborot texnologiyalari , bank – moliya tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish , zarur atama va iboralar , tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish , bir so’z bilan aytganda , o’zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o’zlikni , Vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz “ degan so’zlari fikrimizning yorqin dalili bo’la oladi .Darhaqiqat o’zbek tili va adabiyoti insonni ma’naviyatini va tafakkurini boyitadigan eng kuchli quroldir .

Bugungi kunda ona tili fanni o’qitishda darslarini ilg’or texnologiyalar asosida tashkil etish ,fanlararo aloqadorlikni qo`llash,shuningdek, xalq og’zaki ijodidan , adabiy asarlardanfoydalanib dars o`tish, dars mazmunini tushuntirish eng dolzarb masalalaridan bo’lib kelmoqda.Har bir dars metodikasiga yangicha o’zgartirish kiritish, zamonaviy o’qituvchining birinchi galdagi vazifasidir.

Ona tili o’qitishda ta’limning faol usullarini tadbiq etish yo’llari,ijodiy tafakkur sohiblarini, ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalshga bugungi kun ona tili fani o’qituvchilari oldiga jiddiy ma’suliyatni qo’ymoqda.Bu bitiruv malakaviy ishi mana shunday ma’suliyatli vazifasini yechishga qaratilgan.Ya’ni, ona tili darslarida o’qitiladiga maqol , matal ,hikmatli so’zlar o’quvchilar ongida milliylikni yuksaltirishi bilan bir qatord, nutqiy go’zalligini boyitishga xizmat qilishi hamda , maqol , matal , hikmatli so’zlarni ona tili darslarida o’rganishda turli xil innovatsion metod va texnalogiyalardan foydalanish orqali samarali natijaga etishilishi kabi masalalar yoritilgan . Bu ishning yoritilishi vaishlanishi mavzuning dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilaydi.

Burhonova Barnoning “Ona tili darslarida matal , maqol , hikmatli so’zlarni o’rganish texnalogiyalari “bitiruv malakaviy ishi kirish,ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi,ilmiy- yangiligi,vazifasi ,amaliy ahamiyati hozirgi kun talabidan kelib chiqib,ilmiy yo’nalishi belgilab olingan.Ishning birinchi bobidaona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli so’zlarning o’rni haqida alohida to’xtalgan va imkon qadar ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda dalillar asosida yoritishga harakat qilingan.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida esaona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli so’zlarni o’tish texnalogiyasi, ta’limidagi o’rni va ahamiyati haqida atroflicha to’xtalib o’tilgan.Ishda berilgan umumiy xulosalar bitiruv malakaviy ishining mazmuniga to’la mos tushadi.

Men , bitiruvchi Burhonova Barnoning “Ona tili darslarida matal , maqol , hikmatli so’zlarni o’rganish texnalogiyalari “ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini tugallangan deb baholayman va himoyaga tavsiya etaman.



Download 198,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish