I bob. Ona tili ta’limida maqol, matal, hikmatli so’zlarni foydalanishning o’rni va ahamiyati



Download 198,75 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2017
Hajmi198,75 Kb.
#16175
  1   2   3   4

Mundarija:

Ishning umumiy tavsifi………………………………………….. 3 – 5



I bob.Ona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli so’zlarni

foydalanishning o’rni va ahamiyati ................................................6 – 23

1.1.Maqol , matal , hikmatli so’zlar haqida ma’lumot ................... 6 – 13

1.2. Til ta’limida maqollarning o’rni .......................................... 14 – 18

1.3. Maqollarni o’rganishda o’yin texnalogiyalar. ……………….19 - 23



II bob.Ona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli

so’zlarni o’tish texnalogiyasi. ….............................................. ...24 – 53

2.1.Ona tili darsliklarida hikmatli so’zlarni keltirilishi

( litsey darsliklari asosida )........................................................... 24 – 28

2.2. Darsliklardagi o’quv topshiriqlarida maqol , matallarni

grammatik xususiyatlarini o’rganilishi..........................................29 – 39

2.3.Ona tili ta’limi jarayonida maqol , matal va hikmatli

so’zlarni innovatsion usullarda o’tish metodikasi.........................40 – 53

Umumiy xulosalar...........................................................................54 – 56

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati................................................57 – 58

Kirish.

Mavzuning dolbzarbligi. Ma’lumki, ta’lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishning asosiy ko`rsatkichidir. Shu ma’noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Тarbiyadan hech narsani ayamaymiz!” degan da’vatlari ostida ta’limni isloh qilishga kirishilib, avvalo “Тa’lim to`g`risida” gi Qonun, so`ngra “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilindi. Darhaqiqat ,“Jamiyatimiz oldida hozir o`ta muhim vazifa-o`z xalqi va vatani kelajagi uchun shaxsiy ma’suliyatni his etadigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Buni amalga oshirish uchun esa ta’lim mazmunini yangilash, uni sifat jihatidan yangi pog`onaga ko`tarish zarur. O`quvchilarning bilimi, ko`nikma va malakasining minimal darajasiga, umumta’lim tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarni belgilab beradigan davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida yaratilgan o`quv dasturlarini yangi avlodi aynan shu maqsadga xizmat qiladi”.1

Xalqimiz qadimdan o’z farzandlarining faqatgina jismoniy jihatdan yetuk va barkamol bo’lishini emas, bama`ni, ularning ziyrak, o’tkir xotirali, tez va to’g’ri fikrlovchi inson bo’lishini orzu qilgan. Bu borada shubhasiz aql-idrok, o’tkir zehn va donishmandlikni orttiruvchi maqol, matal hamda hikmatli so`zlarning o’rni beqiyosdir.

Hikmatli so`zlar, maqol va matallar o’zining eng qadimiy va betakrorligi, yuksak ijodiy salohiyatga ega ajdodolarimizning ko’p asrlik an’analari, turmush-tarzi, tarixi, dunyoqarashi, turli e’tiqodlari haqida teran va mukammal ma’lumot beruvchi ma’naviy va madaniy oltin merosimiz hisoblanadi. Bunday hikmat na’munalari barkamol avlod tarbiyasiga kuchli badiiy-estetik va ruhiy-ijtimoiy ta’sir ko’rsatish qudratiga ega. Binobarin, Hikmatlarni o’rganish, ularni targ`ib va tadqiq qilish orqali xalqimiz ma’naviyatiga oid yangi-yangi ma’lumotlarni bilib olish mumkin. Eng, muhimi, bunday hikmatlar yoshlarimiz tafakkurini bebaho injular bilan boyitadi.Til xalq hayotining ko’zgusi va o’zbek xalqi hayotining bebaho qomusi hisoblananishi mavzuning dolzarbligini ko`rsatadi.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi . Bugungi kun nuqtayi nazaridan oladigan bo’lsak maqol, matal hamda hikmatli so`zlar va ularning nafaqat hayotimizda balki,ta’lim sohasida tutgan o’rni beqiyosdir.Shuningdek , maqol , matal va hikmatli so’zlarning nazariy mohiyatini yoritib beruvchi ko’plab ilmiy ishlar mavjud. Ona tili ta’limi jarayonida o`quv topshiriqlarini bajarishda matal, maqol va hikmatli so`zlarni qo`llash bolalarda ijodiylik,mustaqil fikrlashmalakalarini oshiradi, milliy qadriyatlarni anglashga o`rgatadi.

Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi maqol,matal hamda, hikmatli so’zlarni ona tili darslarida yangi innovatsion texnalogiyalardan foydalanib o’tish asosida yoshlarning ma’nan yetuk va komil shaxs bo’lib yetishishiga xizmat qiluvchi asosiy vosita ekanligini yoritishdan iborat.

Shularni hisobga olgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishi oldiga quyidagi vazifalar belgilandi:

-Maqol , matal va hikmatli so’zlarni o`rganish ;

-yoshlar tarbiyasida maqol , matal , hikmatli so’zlarning o’rin;

-ona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli so’zning o’rni ;

- ona tili ta’limida maqol , matal , hikatli so’zlarning o’tish texnalogiyasi kabi savollarga javob toppish .



Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsad va farazlari .Til ta’limida maqol , matal, hikmati so’zlarning o’rni va yoshlar tarbiyasini rivojlantiruvchi asosiy vosita ekanligini yoritish va o’rganishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining metodalogik asosi va ilmiy metodi O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimovning milliy istiqlol mafkurasi ,adabiy-madaniy meros hamda qadryatlarga oid asarlari,

  1. Mahmud Qoshg’ariy .”Devonu lug’atit turk “,

  2. “O’zbek milliy ensiklopediya “,Davlat ilmiy nashriyoti .Toshkent 5-tom.

  3. “O’zbek tilining izohli lug’ati” 2-tomlik 1-tom 1982-yil.

  4. Qosimova .K , Matchonov va b , “Ona tili o’qitish metodikasi “T “Noshir “ 2009 y. kabi asarlar ishning metodalogik asosini tashkil etadi.

Shuningdek , bitiruv ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib , hozirgi tilshunoslik erishgan ilmiy nazariy yutuqlar va yangiliklarga tayanadi.

Biriruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati Ushbu bitiruv malakaviy ishida maqol , matal ,hikmatli so’zlarning hozirgi kundagi o’rni va ahamiyati haqida atroflicha o’rganildi.Ulardan ona tili darslarida qanday foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ko’rib chiqildi.

Bitiruv malakviy ishining tuzulishi Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I bob.Ona tili ta’limida maqol , matal , hikmatli so’zlarning

o’rni.

1.1 .Maqol , matal , hikmatli so’zlar haqida ma’lumot.

Yosh avlod tarbiyasining muhim jihatlaridan biri , Prezidentimiz Islom Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis XIV sessiyasida so’zlagan nutqida qayd etganidek , ularning qalbi va ongiga , kundalik turmush tarziga “Ota – bobolarimizdan qolgan bebaho me’ros , milliy urf – odat va an’analar “1ning mazmun – mohiyatini tushuntirish va singdira borishdan iboratdir.

Tabiiyki , bu jarayonda xalqimizning ma’naviy an’analariga , hikmatli so’z , matal va maqollarning insonparvarlik mohiyatiga e’tibor qaratish alohida ahamiyat kasb etadi . Jamiyatning barcha qatlamlarini , ayniqsa , yoshlar va ularning eng ilg’or qatlami bo’lgan talaba yoshlarni yuksak ma’naviyat va ma’rifat sohibi qilib tarbiyalashda ming yillar davomida saqlanib kelinayotgan xalq maqollari , matallar va hikmatli so’zlarning o’rni kattadir.

Xalq asrlar mobaynida to’plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga me’ros qilib qoldiradi . Maqollar , hikmatli so’z va matallar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi .Ular zamonlar osha , xalq donishmandligini muhim manbai sifatida og’izdan – og’izga o’tib , sayqallanib kelgan . Maqollar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari singari , har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi . Ular xalqning milliy madaniy xususiyatlai va uning qirralarini dunyoqarashi , axloqiy me’yor va prinsiplarini , an’ana va qadryatlarini , millatning ruhiy holatini to’liq ifodalaydi,hamda jamiyatning , ayniqsa , ertangi kun egasi bo’lgan yoshlar ongini o’stirishda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan hikmatli so’zlar ham yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini , tafakkurini boyitishda muhim vositalardan biri hisoblamadi. Ana shunday –boy ma’naviy , madaniy intelektual mulklarga matallar hikmatli so’z va maqollar kiradi . Maqollar xalqning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan teran fikrlarning aniq va ixcham ifodasi sifatida chuqur mazmunga ega bo’lgan alohida janr hisoblanadi . Hikmatli so’z esa buyuk shaxslar tomonidan xalqning turmushi , hayotiy tajribalarga asoslanib yaratilgan , aksariyati odob –axloq masalasiga qaratilgan jumlalardir .

Dunyoda tarkibida maqollar bo’lmagan birorta ham til yo’q . Maqollar haqida berilgan ta’rifda ham shu xususiyatni ko’rish mumkin .”Maqollar - deyiladi “O’zek tilining izohli lug’atida “ , - hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan , odatda pand- nasihat mazmuniga ega bo’lgan ixcham obrazli va hikmatli ibora , gap “1 hisoblanadi.

Yurtboshimiz shunday deya ta’kidlagan edilar : “ Odamzot bor ekan , millat bor ekan , shu millatni ifoda qiladigan , asrlar mobaynida qandaydir muqaddas darajaga ko’tarilib qolgan alomat xususiyatlar ham u bilan birga yashaydi”2

Darhaqiqat , o’zbek xalqining qon – qoniga singib ketgan hikmatlar , maqollar va matallar ham asrlar mobaynida xalq bilan birga yashaydi. Ayniqsa o’zbek xalq maqollarida uchraydigan insoniylik , vatanparvarlik , mehnatsevarlik va ishyoqmaslik , halollik va tekinxo’rlik , to’g’ri va egrilik , yaxshilik va yomonlik, adolat , insof va insofsizlik , do’stlik va dushmanlik , botirlik va qo’rqoqlik , ilmlilik va ilmsizlik , xushyorlik va ehtiyotsizlik kabi g’oyalar nafaqat o’tmish avlodlarimizni , balki kelajak avlod yoshlarimizni tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. O’zbek xalq maqollarida g’oyalar o’ziga xos tarzda o’z aksini topgan bo’lib , ular o’rtasidagi dialektik munosabatdan kelib chiqib yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga doimiy e’tibor qaratilgan . Shuningdek , matallar va hikmatli so’zlarda ham kelajak avlodni ilmlilik va birlikka , odob va axloqqa, ta’lim va tarbiyaga , xayrli ishlar qilishga undovchi da’vatlar o’z aksini topgan

Maqol , matal , hikmatli so’z kabi noyob ma’naviy , madaniy merosdan yosh avlodni tarbiya qilish targ’ibotida unumli va ta’sirli foydalanish bugungi kunning eng muhim talablaridan biridir .

“ Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo ,

Illat izlaganga illatdur dunyo .” 1

Hikmatli so’z , maqol , matallarning o’zi nima ? Ular qanday lug’aviy ma’nolarni anglatadi degan savol tug’iladi ?Hikmatli so’zning lug’aviy ma’nosi – chuqur ma’noga ega bo’lgan oqilona aytilgan gap demakdir .

Xalq hikmatlari –“ Turmush onasining dard chekib tuqqan to’ng’ich o’g’li “ degan edi Abdulla Qodiriy . Xalq ijodiyotining o’ziga xos bu janri turli xil nomlanadi .Jumladan hikmatli so’z , maqol ,matal , naql , donishmandlar so’zi kabi atamalardan iborat . Hikmatli so’z- bu Qur’oni karim oyatlarida payg’ambarimizning haq yo’lini ko’rsatuvchi va’zlari ma’nosida qo’llanilgan.Lug’atlarda esa uning ilm va adolat birligini o’zda tutuvchi –haqiqatlarning ma’rifati ; odat va axloqqa oid maxsus so’z ; insonning haqiqatni bilib xayirli ishlar qilmog’i , sirli va yashirin sabab narsaning ich va tashqi holidan bahs etuvchi ilm , aql va harakatdagi uyg’unlik , Tangri haqiqatini ifoda etgan diniy- tasavvufiy xos so’z tarzida ta’riflar berishgan . Qisqacha qilib aytganda hikmat “diniy - tasavvufiy yo’nalishga ega ma’nodor so’z “ dir . Hikmatlar X asrdan buyon tasavvufga doir kitoblarda ishlatilib kelingan .

Shuningdek , hikmatli so’z ya’ni aforizmlar grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa , obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so’zlar deyiladi. Turkiy til dahosi bo’lmish Alisher Navoiyning quyidagi misrasini hikmatli so’zga misol qilishimiz mumkin .

Odami ersang demagil odami ,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami .

Hikmatli so’zlar barqarorlik , mazmuniylik yaxlitlik, takroriylik ya’ni nutqda doim bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish belgilariga ko’ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifning borligi bilan ulardan farq qiladi .Hikmatli so’zlarni o’rganib, xotirada saqlab , nutqda o’rinli qo’llay bilish kishining so’z san’atkori, donishmand bo’lishini taminlaydi.

Ajdodlarimizdan bizga me’ros qilib qoldirilgan hikmatli satrlar sarchashmasi yoshlarning ma’naviy tafakkuri , dunyoqarashini boyitishda beqiyos o’rin tutadi. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to’playdi va turli vositalar yordamida shu tajribani kelajak avlodga meros qilib qoldiradi. Maqollar va hikmatlar ana shunday ma’naviy me’ros hisoblanadi. Dunyoda hikmat durdonalarini yaratmagan , ularni ko’z qorachig’iday asrab avaylab , tilida , dilida saqlab kelmayotgan birorta ham xalq yo’q .Xalqimizda ham bunday durdonalar ko’plab uchraydi .Jahon madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino , Abu Rayhon Beruniy , Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ko’plab olim va mutafakkirlarni yetishtirib bergan xalqimiz madaniyati donishmandligi dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etib kelinadi . Qolaversa Prezidentimining ham vatan, xalq osoyishtaligiga bag’ishlangan quyidagi hikmatlarini bebaho durdonalar safiga kiritishimiz mumkin .

Dehqoni bor yurt qudratli bo’lur ,

Qudratli yurtning dehqoni boy bo’lur.

Bunday hikmatlarning har birining zamirida juda katta ma’no yotadi.

Shuningdek xalqimizning donoligi , donishmandligi maqollarda ham o’z aksini topadi . Dono fikrni , teran mazmunni , o’tkir haqiqatni o’zida mujassam etgan maqollar his –ayajon bilan aytilib kishini beixtiyor fikirlashga mulohaza yuritishga da’vat etadi . Ular har bir inson hayotida bebaho ahamiyatga ega. Shu o’rinda buyuk tarixchi Geradotning quyiudagi so’zlarini esga olmoq lozim: “Qadimdan odamlarning dono va bag’oyat go’zal hikmatli so’zlkari mavjud. Shunday ekan, biz ularni o’rganmog’imiz darkor “

Kaykovusning “Agar aqilli bo’lishni istasang hikmat o’rgan , aql hikmat bilan kamol topadi “ degan fikrlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Shuning uchun ham maqollarni “Hayot qomusi” desak bo’ladi . Ularda xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari, olimlar , davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalanadi . ”Maqol “ so’zi arabcha bo’lib “ so’z “ demakdir . Maqollarda fikr aniq , xulosa tugal , ifoda lo’nda va , albatta, hukm tarzidagi ibratli fikr bo’ladi “1

Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega. Ularda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, saxiylik, adolat, insof, do’stlik , oliyjanoblik , chin insoniy g’oyalar, sof muhabbat, ilm olishga da’vat va shu kabilar o’z aksini topgan . Haqiqatdan ham maqollar xalqning donoligidir . Unda kishilar hayotni obdon kuzatib tajriba to’plab aytgan hikmatli so’zlari o’z ifodasini topadi. Ko’pincha she’riy shaklda izhor etilgan maqollarning mavzusi rang –barangdir. U rad qilinmas darajadagi pishiq nasihatdan iborat bo’ladi . Maqollar grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi.

Maqollar asosan xalqning hayotiy tajribasi , donishmandligi natijasida maydonga keladi.Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor birikma holida mavjud bo’ladi. So’zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikrni ta’sirchan , bo’yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir . Nutqda maqollardan foydalanish so’zlovchining mahorati sanaladi . Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodida maqollarning o’ziga xos o’rni bor . U xalqning bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni ,ular donishmandligining mahsulidir . Yosh avlod tarbiyasida maqollarning o’rni katta. Maqollar ona vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri uchun kurashga , turli kasb –hunar egasi bo’lishga , ahil bo’lib mehnat qilishga, to’g’ri so’z va halol kishi bo’lib kamol topishga , yaxshi odob va olijanob xulqli bo’lishga chaqiradi.

Shuningdek maqol so’zining lug’aviy ma’nosi -“ xalq og’zaki ijodi janri, qisqa va lo’nda obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli himatli ibora , chuqur mazmunli gap . Muayyan ritmik shaklga ega bo’lgan qolip hisoblanadi“1

Maqollarda avlod -ajdodlarning hayotiy tajribalari , jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari , ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib ixcham va sodda poetik shaklga kelgan . Maqollar asosan mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma – xil bo’lib, ularda vatan , mehnat , ilm - hunar , do’stlik , ahillik , donolik , xushyorlik , til va nutq madaniyati , sevgi va muhabbat kabi mavzularda , shuningdek , salbiy xislatlar xususida ham fikr boradi . Maqol uchun mazmun va shaklning dialetik birligi , ko’p hollarda qofiyadoshlik , ba’zan ko’p ma’nolik , majoziy ma’nolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterli bo’lib ayniqsa antiteza hodisasi ko’p uchraydi. Buni quyidagi maqolda ko’rishimiz mumkin .

Kattaga hurmatda bo’l , kichikka izzatda bo’l.

Turkiy xalqlarning maqollaridan na’munalar dastlab Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk “ asarida kiritilgan .Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham o’zbek xalqi orasida turli variantlarda ishlatilib kelinmoqda .Masalan “Kishi olasi ichdin , yilqi orasi tashdin”

Maqollar ba’zan masal, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli so’z, tanbeh, mashoyixlar so’zi, hikmatli maqollar, donishmandlar so’zi, otalar so’zi kabi nomlar bilan ham yuritiladi.

Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og'zaki usulda amalga oshadi . Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ajralib turadi . U xalqning yengilmas irodasini , kelajakka bo’lgan ishonchini, tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi . Ana shunday xalq ijodiyotining namunalariga matallarni kiritish mumkin .Xalq ijodiyotining bu janri ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi bo’lib, matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi , unda o’xshatish, kinoya, qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi . Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi. Maqollar tugal fikr ifoda etadi, matallarda esa bunday xususiyat bo’lmaydi. Shuning uchun ular, odatda , alohida qo’llanilmaydi.

“Matallar - muayyan hayotiy hodisani aniq va to’g’ri belgilab beradigan obrazli ifoda, iboradir . Matallarda o’xshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq so’z kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chma ma’nosi o’rtasida aniqlik, mantiqiy bog’lanish bo’lishi lozim. Matallar bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi “1 Masalan “ Shamol bo’lmasa , daraxtning shoxi qimirlamas “ , “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit “

Shuningdek, grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to’g’ri ma’noda qo’llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.

Yaxshidan bog’ qoladi , yomondan dog’.

Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.



1.2.Til ta’limida maqollarning o’rni .

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “ Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadryatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisotiyot, fan, texnika va texnalogiyaning yutiqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti “1ekani ta’kidlangan.

Ana shunday boy intelektual mulklardan biri maqollar va matallardir . Maqollar xalqning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan teran fikrlarning aniq va ixcham ifodasi sifatida chuqur mazmunga ega bo’lgan alohida janr hisoblanadi.Xalq tilidagi, ya’ni dialektlardagi maqollarni to’plash , ularni adabiy tilga olib kirish, hamda, maqollarning qatlamlarida yuz bergan turli o’zgarishlarni, ya’ni ularning tadrijiy taraqqiyotini o’rganish va tahlil qilish nafaqat tilshunoslikning, balki o’qituvchilarning ham muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Maqol xalq og‘zaki ijodining ixcham shaklga,ammo chuqur mazmunga ega bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lib, u xalqning ko‘p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqollar o‘zlarining ijtimoiy-g‘oyaviy funksiyalariga ko‘ra, asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba’zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan ham maqallarning tematik ko‘lami juda ham keng bo‘lib, bu ko‘lamni juz’iy hayotiy voqelik doirasi bilan chegaralab bo‘lmaydi; ijtimoiy borliqning hech bir sohasi yo‘qki, u maqollarda aks etmagan bo‘lsin.

Maqollar ko‘p asrlik hayotiy tajribalar asosida yuzaga kelganligi o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir maqol kishilarning uzoq yillar mobaynida hayotiy tajribalari hamda turmush sharoitlarida necha martalab sinovlardan o‘tadi. Har bir maqolning xalq orasida tarqalishi ham uning yaratilishi kabi sekinlik bilan amalga oshadi. Chunki muayyan maqolni qabul qilib oluvchi jug‘rofiy muhit uni o‘z sharoitida qaytadan sinovdan o‘tkazib olgandan keyingina o‘z mulkiga aylantiradi.

Maqollar fikrni lo‘nda, aniq va obrazli bayon etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham V.G.Belinskiy xalq maqol va matallarini “poeziyaning mohiyati” deb hisoblagan edi.Maqollarda o‘z ifodasini topgan izchil sinfiy poeziya beqiyos mantiqiy o‘tkirlik haqida hayratlanib u shunday yozgan edi: “Juda soz, juda yaxshi! Ana shulardan yozuvchilarimiz o‘rgansalar ekan, bir jumla bilan chilparchin qilib tashlaydi-ya.”

Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham xalqimizning oforistik ijodi turli-tuman atamalar bilan nomlanib keladi, maqol, matal, naql, masal, zarbulmasal, hikmatli so‘z, matoyixlar so‘zi va boshqalar ana shunday atamalardandir. Bu terminlar ko‘pchilik hollarda hozirgacha ham umuman aforistik ijodga nisbatan aralash ishlatilib, birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llanib kelmoqda. ammo ularni qo‘llashda ma’lum chegaralar belgilash, aniqlik kiritish zarurga o‘xshaydi.

“Maqol termini arabcha “qavlun”(aytmoq, gapirmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida u xalq donoligining namunasi bo‘lmish aforistik janrlardan birining atamasiga aylangan va ma’qul aytilgan so‘z, gap yoki ibora ma’nolarini anglatadi.”1 Bundan ko‘rinadiki, janr atamasi bilan uning poetik tabiati o‘rtasida bevosita semantik aloqadorlik mavjud ekan. Ko‘pgina tekshiruvchilar maqoldan matalning farqini ko‘rsatishga, ularning chegaralarini belgilashga uringanlar. Shulardan biri XIX asrning ulkan tadqiqotchisi V.Daldir. U o‘zining mashhur “Poslovitsы russkogo naroda” to‘plamining kirish qismida shunday yozgan edi: “Matal xalqning ta’rificha, g‘uncha, maqol esa, meva; bu ta’rif juda ham to‘g‘ri”. Uning fikricha, maqol to‘liq, tugal mazmun, hukm anglatuvchi gap bo‘lsa, matal ko‘chma ma’no ifodalovchi ibora; u maqolning yarmidir.

“Matal” so‘zi turkiya xalqlar orasida turlicha ma’nolarda qo‘llaniladi. U topishmoq, hikmatli so‘z, ertak, masal, umuman hikoya qilish, naql qilish, sifatida o‘zbek folklorshunosligida naremalarning bir turini ifodalash jihatidan differensiyallashib bormoqda.1 shuning uchun ham u turli lug‘atlarda turlicha izohlangan. Xullas, maqol mustaqil folklor janri sifatida qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar uni boshqa aforistik janrlardan, xususan, matallardan keskin farqlab turadi.

Farqlar esa quyidagilardan iborat:

1.Maqol hamma vaqt aniq, tugal fikr anglatadi, bu fikr esa qat’iy, lo‘nda xulosa sifatida ifodalanadi.

2.Maqol uchun ma’lum bir fikrni mantiqiy izchillikda va qat’iy qutbiylikda ifodalash xarakterlidir. Qaysi bir maqolni olmang, u voqelikni mudom yo keskin salbiy nuqtai nazardan baholaydi.

3.Maqol asosida ibratomuz tugal fikr yotsa, matal asosida chiroyli, obrazli, ammo tugal bo‘lmagan ifoda yotadi. Binobarin, matal, ixcham, bir komponentli kompozitsiyaga ega bo‘ladi.

4.Maqollar o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llana olish imkoniyatiga egadir. Bu xususiyat maqolllarning tematik doirasini, qo‘llanish chegarasini kengaytiradi.

5.Matal nutqda ko‘rsatish vositasida bo‘lsa, maqol dalillash, isbotlash vositasi sifatida qo‘llaniladi.

Xalq tili bu jihatdan ham misli bir xazina . Tuganmas boyliklar bulog’i hisoblanadi.

Xalq g’oyat sinchkov va kuzatuvchan . Faqat jamiyat qonuniyatlaridangina emas, tabiiy qonuniyatlaridan ham, uning turli hodisalaridan ham falsafiy xulosalar , umumlashmalar chiqargan.2Bu voqea – hodisalar bilan bog’liq holda juda ko’p maqollar tilda yuzaga kelgan . Chunonchi, kechqurun kun botayotganda va ertalab quyosh chiqayotganda ufqda o’zgarish bo’lishi tabiat qonuniyati . Turkiy xalq kun botgandan so’ng ufq o’zgarishini yaxshilikka yo’yib, ertalabki ufq qizarishini el notinchligiga yo’ygan . Shu holat bilan bog’liq tilda maqollar shakillanganini Mahmud Qoshg’ariy ham alohida qayd etgan : “Tunla bulut o’rtansa , evlik uri keldirmishcha bo’lur . Tongla bulut o’rtansa , evga yog’i kirmishcha bo’lur “ , ya’ni kechqurun bulut qizarsa , xotin o’g’il tuqqandek , ertalab bulut qizarsa , dushman uyga kirgandek bo’ladi. So’ngisini yaxshi hisoblamaydilar “ 1

Mazkur maqol xozir qipchoq lahjasi vakillari tilda “Kechki sog’noq qizarsa, kelinim ul tug’vonday bo’ladi .”Ertanggi sog’noq qizarsa , eldi jov bosqonday bo’ladi “ shaklida qo’llaniladi . Tabiiyki , hozir ham xalq so’ngisini axshi hisoblamaydilar .

Ko’rinadiki, eski turkiy til davrida iste’molda bo’lgan ushbu maqolning qolipi, aksariyat so’zlar hozirgi qipchoq lahjasiga deyarli o’zgarishsiz yetib kelibdi. To’g’ri leksemalarning ayrimlari davr o’tishi bilan turli fonetik jarayon asosida bugungi tilga kelguncha qisman o’zgargan chunonchi, til tarixidagi “yog’i “ so’zi qipchoq lahjasiga “ yov “ shaklida fonetik o’zgarish bilan yetib keldi . Yoki o’sha davr tilida “uy “ ma’nosida qo’llanilgan “ev “ so’zi o’rnida lahjada “el” so’zi ishlatiladigan bo’ldi . Tabiiyki , mazkur maqolada yuz bergan bunday o’zgarishlar til qonuniyatidan kelib chiqadigan ob’ektiv holatdir.

Dialektal maqollar juda ko’p tarixiy leksemalarni saqlab qolish nuqtai nazardan ham g’oyat ahamiyatli va qadrlidir .Binobarin , dialektal maqollarni tahlil qilishning ilmiy ahamiyatini shunday belgilash mumkin :

1.Turkiy tillar tarixida yuz bergan fonetik jarayonlarni aniqroq , mukammalroq aniqlashga yordam beradi.

2.Fonetik jarayonlarni to’g’ri va izchil belgilash so’zlar etimologiyasini aniqlashga ko’maklashadi .

3.So’zlar etimologiyasi so’z ma’nosini ilg’ashga , undagi ma’no ko’chishlarning ilmiy asosini belgilashga yetaklaydi.

4.O’zbek dialektlarining adabiy tilga va boshqa turkiy tillarga munosabatini chuqurroq aniqlashtiradi .

5. Turkiy tillarning o’zaro tarixiy –qiyosiy munosabatini belgilab beradi. 1

Zero XXI asr tilshunosligi va ta’lim metodi til tabiatini va qonuniyatini o’rganishni taqazo etadi.


Download 198,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish