I bob. Muammoning ilmiy nazariy asoslari



Download 195 Kb.
bet1/18
Sana31.12.2021
Hajmi195 Kb.
#261576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BMI ABOBAKIROVA FERUZA


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………… 3
I BOB. MUAMMONING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1. Kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolalar ruhiyatining ilmiy pedagogik, psixologik, metodik manbaalarda yoritilishi……………………………………….9
1.2. Kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolaning ruhiy rivojlanish xususiyatlari…14
1.3. BOB bo`yicha xulosa……………………………………………………… 18
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RUHIYATINI PSIXOLOGIK TEKSHIRISH
2.1 Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish…………… 19
2.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini psixologik o`rganish natijalari………………………………………………………………………….23
2 BOB bo`yicha xulosa………………………………………………………….32

Xulosa……………………………………………………………………………33

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………………………34

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Toki hayot davom etar ekan, ta'lim ham, tarbiya ham zamon o'rtaga qo'yayotgan yangi-yangi talablarga ko'ra muttasil ravishda o'zgarib, yangilanib boraveradi. Faqat biz bu sohadagi dastlabki qadamlarni to'g'ri qo'ya olsak, poydevorni mustahkam qilib barpo etsak, men shunga ishonamanki, bugungi avlod bizning qilgan ishlarimizni uhtirom va minnatdorchilik tuyg'usi bilan eslaydi.”- deya e'tirof etgan edilar! Ma'lumki har bir fan o'zining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari, aqli zaif bolalar psixologiyasi fani ham ma'lum rivojlanish tarixiga ega.

Aqli zaif bolalarni o'rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish, tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bog'liq. XVIII asr ohirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o'qitishga oid ma'lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi.

Inson ruhiyatini o'rganish nihoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun, yordamchi maktablarni butlash uchun bolalar ruhiyatini o'rganish juda zarur hisoblanadi, chunki yordamchi maktablardagi ta'lim-tarbiyani samarali olib borish uchun ham bu boradigi ma'lumotlar kerak. Inson ruhiyatini‘ atroflicha o'rganish kishidan har tomonlama bilim va malakalar bo'lishi talab etilishi bilan bir qatorda bilim, yetarlicha hayotiy tajriba ham talab etiladi. Aqli zaif bola ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan o'quv tarbiyaviy ishlar mazmun-mohiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy hujjatlari bilan tanisha borib, o'qituvchi, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik qoldirgan asorat xususiyatlarini tahlil qiladi. Aqli zaif bolalarni o'rganish yuzasidan ko'plab olimlar tomonidan izlanish va o'rganishlar olib borilgan. Bu borada L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, L.V.Zankov, G.E.Suxaryova, M.S.Pevzner, L.S.Rubinshteyn kabi yetuk psixolog va olimlarning olib borgan izlanishlari, tadqiqodlari va ular tomonidan yaratilgan metodikalaridan hozirgi kunda keng foydalanib kelinmoqda. Olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilarning idrok, tafakkur, xotira, diqqat, nutq kabi psixologik xususiyatlari atroflicha o'rganilgan. Fazoviy buzilishlar aqli zaif bolalarda kuzatiladigan eng ko'p tarqalgan va eng ko'p uchraydigan nuqsonlardan biridir. T.N.Belovinaning ta'kidlashicha, fazoni idrok etish har xil nuqsonli a'zolarning turli hil intermodal aloqalariga asoslanadi. Fazoda komponentning to'liqligi ko'zga ta'sir etayotgan turli funksiyalarga‘ bog'liq: uning o'tkirligiga, pertseptiv maydoniga, ko'z o'lchagichga va b.q. Negaki, aqli zaif bolalar bu darajaga to‘liq yetgan bo‘lmaydilar. Aqli zaif bolalarga xos bo'lgan uyatchanlik va xarakatlar koordinatsiyasining kamligi, bolaga nisbatan yaqinda turgan narsalar bilan ko'rib tanishishning shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Aqli zaif bolalarga maqsadsiz xarakatlanish va ortda qolishlari xos bo'ladi.

Tadqiqotlarga qaraganda, aqli zaif bolalar xotirasi 11-12 yoshda bir oz rivojlanar ekan. 13-14 yoshlarda esa aqli zaif bolalar mustaqil ravishda mantiqiy tushunchalardan foydalanishlari mumkin. 15 yoshlarda esa aqli zaif bolalar materialni eslab qolish qobiliyati normal bolalarga yaqinlasha boshlaydiq. Bu shundan dalolat beradiki, aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ishlar o'z vaqtida to'g'ri va aniq yo'lga qo'yilsa, bu ularning rivojlanishiga yordam beradi.

Nutq nuqsonlarining aqli zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta'siri J.I.SHif qo'llanmasida atroflicha, chuqur tahlil qilib berilgan. Unda e'tirof etilishicha, aqli zaif bolalar bilan normal bola orasidagi farq ularning faol nutqlarida ko'zga tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar o'z nutqlarida sifat, fe'l, bog'lovchilardan juda kam foydalanar ekanlar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ko'pincha bir so'zdan iborat gaplarni qo'llaydilar. Bu `gap-so'zlarda` bayon etilayotgan fikr ajratilmagan bo'ladi. S.N.Rojdestvenskiyning ta'kidlashicha `So'zdagi tovushlarni farqlamasdan, ularni ajratmasdan, bolalarni o'qish va yozishga keyinchalik to'g'ri yozishga o'rgatish mumkin emas`. Aqli zaif bolalarda o'z kuchiga ishonch xosil qilmasdan turib, yordamchi maktablar o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erisha olmaydi.

Ma'lumki, maktabgacha bo`lgan yoshdagi rivojlanish, erta yoshda kuzatiladigan rivojlanishning davomi hisoblanadi. 3 yoshda ma'lum o`sish sodir bo‘lishiga qaramay, kelgusi rivojlanish ilgari erishilgan darajaga tayanadi. Shu bilan birga, bu yosh o’z xususiyatlari, o’z vazifalariga ega. Ularning ko`pchiligi ilk bor yuzaga keladi.

Maktabgacha yoshdagi meyorda rivojlanayotgan bolada butun psixik rivojlanishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uning idrok qilish faolligi o‘ta tez o‘sib boradi - zehni rivojlanadi, ko‘rib fikrlashi rivojlanadi, mantiqiy fikrlashga asos olinadi. Idrok qilish imkoniyatlari o‘sishiga ma'naviy xotira, ixtiyoriy diqqat-e'tiborining tiklanishi yordam beradi.

Bolaning atrofdagi olamni idrok qilishida hamda muloqat va bolalar faoliyatining har xil turlari rivojlanishida nutqning ahamiyati yetarli darajada o‘sib boradi. A.V.Zaporojets qo‘llanmalarida ta'kidlanishicha, maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarida faqatgina aniq ko‘rgazmali tasavvurlarga tayangan holdagina so‘zli ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlarni bajarish, tushuntirishlar asosida bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

Aqli zaif bolalarning idrok qilishi bilan bir qatorda normal aql-idrokga ega bolalar rivojlanishidan sezilarli farqlari ham bor. Bolalar ko‘rish orqali tushunish asosida namunaga ko‘ra tanlashni egallab, biroq, ko‘p sonli belgilardan tanlashni amalga oshira olmaydi, yaqin xususiyatlarni faqrlashda qiynaladilar, bu xususiyatlarni didaktik o‘yinchoqlar bilan harakatlarda hisobga ololmaydilar.

Maktabgacha bo‘lgan davrning oxiriga kelib barcha bolalar ham amaliy natijaga erishishga, ya'ni predmetning siljishiga, qo‘llanilishiga yoki o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan yoki qo‘l quroli bilan bajarilgan harakat bor amaliy vaziyatlarni bajara olmaydi. Shu bilan birga normal aql-idrokli bolalar bu vazifalarni kichik maktabgacha bo‘lgan yoshda bajaradi. Aqli zaif bolalar ko‘pincha muammoli vaziyatning borligini anglamaydi, umuman tushuncha bor hollarda esa yechimni qidirishni yordamchi vositalardan foydalanish zaruriyati bilan bog‘lamaydi. Garchi ularni bolalikdan yordamchi vosita yoki qurol sifatida inson bilan yaratilgan predmetlar o‘rab turgan bo‘lsa ham.

Aholining ajralmas bir bo'lagi alohida yordamga muxtoj bolalar va o'smirlarga nisbatan g'amxo'rlik sog'lom, barkamol qilib tarbiyalash, ularning shaxsiy huquqlarini ijtimoiy himoyalash, ta'lim tarbiya jarayonini mos ravishda tashkil etish, me'yorida rivojlanayotgan bolalarga har tomonlama tenglashtirish natijasida jamiyat taraqqiyotida o'z o'rinlarini toptirishni ta'minlashdek dolzarb masalalar xech qachon davlatimiz siyosatidan chetda qolgan emas.


Ma`lumki, Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida ta`lim masalasiga jiddiy e`tibor qaratilgan. Buni Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning bola tarbiyasi haqidagi fikrlari, g`oyalari, bolani jismonan va aqlan sog`lom o`stirish borasidagi o`gitlari, o`zlari amal qilgan didaktik metodlar hozirga qadar o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
Ibn Sino o`z davrining nafaqat buyuk tabibi va olimi, balki sinchkov murabbiy sifatida ham mashhurdir. Uning bu qarashlari va g`oyalarida bolaga ta`lim tarbiya berishda uning jismoniy rivojlanishini ta`lim-tarbiya ishlari bilan uyg`unlashtirish talabi bosh o`ringa qo`yiladi. Shuningdek, olimning fikricha olib boriladigan o`quv mashg`ulotlarning mazmun-mohiyati ta`lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi kerak va unda turli xil ta`lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu o`quvchilarda o`qishga bo`lgan ishtiyoqni kuchaytiradi, ta`lim sifatini oshiradi.
Abu Ali ibn Sino birinchi bo`lib, psixik funksiyalar miyadagi ma`lum markazlar faoliyatiga bog`liq degan fikrni ilgari surdi va uni ilmiy isbotlashga urindi. Uning fikricha, jonivorlar va insonlar, o`simliklar dunyosidan farqli o`laroq, tashqi ta`sir kuchlarini hissiy idrok etish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat uch xil kuch orqali namoyon bo`ladi: tanani harakatga keltiruvchi, harakatlantiruvchi kuch, umumiy kuch (u ko`rish, eshitish, xis etish, ta`m va hid bilish faoliyati bilan bog`liq) va aql kuchi (unga xayolot, xotira va aql-idrok kiradi). Mana shu kuchlarning har biri, miyaning ma`lum qismi bilan bog`liq hamda bosh miya biron qismining kasallanishi uning bilan bog`liq, kuch faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi.

Ibn Sinoning pedagogik-didaktik ta`limoti bo`yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko`rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo`ladimi, ulardan ko`zlanadigan asosiy maqsad ta`lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish bo`lmog`i lozim. Ibn Sino nutq va xotiraning o`zaro bog`liqligiga e`tibor bergan va shunday degan edi: “Bolalar birga bo`lganda doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o`z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar”1

Abu Nasr Farobiy o`zining “Aql ma`nolari to`g`risidagi” risolasida shunday fikrlarni keltirib o`tgan:


  • odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo`lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo`lgan barcha ishlarini osonlik bilan

amalga oshira olsin;




  • barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to`g`ri tushuna oladigan, uning ma`nosini anglay oladigan, so`zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo`lsin;




  • xotirasi juda baquvvat bo`lsin, ko`rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo`lsin;




  • so`zlari aniq bo`lsin, fikrini va aytmoqchi bo`lgan mulohazalarini ravon va

ravshan bayon eta olsin.2

Aqli zaif bolalarni o'qitishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish, tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bog'liq. 18 asr oxirlari, 19 asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash o'qitishga oid ma'lum ijobiy qarashlar yuzaga keladi va shakllana boshladi. Bir qator chet el va Rossiya olimlari tomonidan aqli zaif bolalar ta'lim tarbiyasi va o'ziga xos individual xususiyatlari o'rganib chiqildi. Jumladan 1858 yilda N.A.Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o'ziga xos xususiyatlari ochib berildi. 19 asr ikkinchi yarimi 20 asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o'rganuvchi davolovchi, tarbiyalovchi, bilim beruvchi qator davolash muassasalari ochila boshladi. 1910 yilda Moskvada aka-singil Petrovskiylar boshlangich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinf ochdilar va bolalarni o'rganish uchun eksperemental kabinet tashkil qildilar. 1911 yilda shifokor-psixiator, professor G.I.Rossolimo Moskvada bolalar psixologiyasi va nevropotologiyasi institutini ochdi. 1920 yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bolalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida maorif tizimiga kiritildi.
So'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yangilashga alohida e'tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktab yoshida bo'lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo'ydi. Shunga ko'ra “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”ga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish va shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ta'limni oldiga qo'ygan maqsadlaridan biri maktabgacha ta'lim muassasalari turlarini ko'paytirish va rivojlantirishdir.

L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, G.E.Suxaryova, M.S.Pevzner, N.M.Stadenko, L.B.Lubovskiy, R.B.Kaffemans, L.V.Zankov kabi chet el va rus olimlari tomonidan aqli zaif o'quvchilar ruxiyatini o'rganish, o'larning o'ziga xos individual xususiyatlari va shaxslararo munosabatini tadqiq qilish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilgan. Bu olimlar tomonidan bildirilgan har bir fikr asosga ega. Ularning aqli zaif bolalar ruxiyatini o'rganish bo'yicha tavsiyalari xozirgi kunda ham keng qo'llanilib kelinmoqda.


O'zbekistonda Mamedov G.X., SHoumarov G'.B., Berdiyev G.,
V.S.Raxmanova, X.M.Po`latova, P.M.Po`latova, A.Sagatov, L.Sh.Nurmuhamedova, Sh.M.Amirsaidova, D.Nurkeldiyeva, Ya.E.Chicherina, K.V.Sosedova, Z.M.Axmedova, M.P.Xamidova lar aqli zaif bolalar ta'lim tarbiyasini, ruxiy jarayonlarini, oilaviy munosabatlarini, ularning o'z-o'zigaiga baho berish xususiyatlarini, yon-atrofdagilarning ularga bo'lgan munosatini atroflicha o'rganib chiqqanlar. Ular tomonidan o`tkazilgan tadqiqot ishlari asosan maktab va o'smirlik yoshidagi aqlan zaif bolalar bilan o'tkazilgan. O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruxiyatini o`rganish yetarlicha olib borilmaganligi sababli ushbu bitiruv malakaviy ishi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.


Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish