Bola xotirasi mustahkam bo‘lishi uchun ota-ona farzandi bilan har kuni ma’lum vaqt davomida shug‘ullanishi lozim. Kichkintoyning zehni turli mashq va o‘yinlar orqali rivojlanib boradi. Yana shunisi ahamiyatliki, uning ovqatlanishi, kun tartibi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Xotira bilan bog‘liq hamma xususiyatlar bola tug‘ilib, nutqi rivoj topganidan boshlab, to o‘smirlik (12-14 yoshlar) davriga qadar yaxshi rivojlanadi. Ayniqsa, zehnning qay darajada mustahkam ekanligi bola maktabga borish paytida bilinadi. Tabiiyki, eslab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan o‘quvchi darslarni boshqalarga qaraganda tez o‘zlashtiradi.
Ushbu maqolamiz orqali maktab yoshidagi bolalar uchun xotirani mustahkamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar bilan tanishtiramiz.
“Rasmlar”
Farzandingizga biror bir rasmni ko‘rsatib, unda nima tasvirlanganini chizib berishini so‘rang. Shuningdek, undan rasm haqidagi fikrlarini ko‘proq gapirib berishini iltimos qiling.
“10 ta farqni top”
Suratga qarab o‘ynaladigan “10 ta farqni top” mashqi xotirani mustahkamlovchi asosiy o‘yinlardan biridir. Buning uchun bolaga yarim daqiqa suratni tomosha qilishiga qo‘yib bering. So‘ngra ikkinchi suratni ko‘rsating. U rasmlar o‘rtasidagi tafovutni xotirasiga suyangan holda aniqlay boshlaydi.
“Hayvonot bog‘ini esla”
Farzandingizga bir nechta yumshoq o‘yinchoqlar (maktab yoshidagi bolalar uchun o‘yinchoqlar soni 7 tadan oshmagani ma’qul) bering. Ularni bir qatorga terib, bolaga yarim daqiqa vaqt ajrating. U o‘yinchoqlar o‘rnini eslab qolsin. So‘ng orqasiga o‘girilib turishini aytib, o‘yinchoqlar joyini almashtiring. Keyin esa boladan dastlab ular qanday joylashgani haqida so‘rang. Bu o‘yin orqali nafaqat eslab qolish, balki diqqatni jamlash qobiliyati ham yaxshilanadi.
“Tasvirlab berish”
Farzandingiz bilan hayvonot bog‘ini sayr qilib, uyga kelganingizda u yerdagi qiziqarli voqea yoki chiroyli ob’yekt haqida so‘rang. Ularni kengroq tasvirlashi uchun savollar bering.
“Raqs to‘garagi”
Quvnoq musiqa yordamida farzandingizga biror bir raqs harakatini o‘rgating. Bu o‘yin bolaning harakat xotirasini rivojlanishiga ko‘mak beradi. U raqsni takrorlash orqali zehnida harakat ketma-ketligi saqlanadi.
Ko‘rib, eshitib, eslab qolish
Farzandingizga biror hayvonni tasvirlab bering. So‘ng eshitganlari haqida so‘zlab berishini so‘rang. Bu mashq u uchun biroz qiyinchilik tug‘dirsa, hayvonlar rasmini ko‘rsatib, ularning tovushi, harakatlari to‘g‘risida ma’lumot bering. Bolajoningizdan so‘zlaganlaringiz haqida so‘rab olishni unutmang.
Yana o‘qing: MAKARONLI “ANTIQA ChUCHVARA”
Diqqatni jamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar
Bolaga qog‘oz bilan qalam bering. Biror bir rasmni yarim daqiqa davomida ko‘rsating va uni qog‘ozga tasvirlab berishini so‘rang. Boshlanishida undan oddiy shakl (masalan kvadrat)ni qora qalamda (bo‘yamasdan) chizib berishini so‘rang. Keyinchalik biroz murakkab bo‘lgan suratlar (masalan, tabiat tasviri)ni turli rangli qalamlar bilan tasvirlashni so‘rang. Bu o‘yin diqqatni jamlashga ko‘mak beradi.
Bolajon kun tartibi
Dastavval bolaga to‘g‘ri kun tartibi belgilash kerak. Bunda sport muhim o‘rin tutadi. Turli jismoniy mashqlar uning miyasi rivojlanishi va xotirasining mustahkamlanishi uchun alohida ahamiyatga ega. Uyqu davomiyligi (maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik 9 soat)ga ham e’tibor bering. Kun davomida 5 mahal ovqatlanish jarayonini tashkil etish, miya tarangligining rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bo‘tqalar, sut va sut mahsulotlari, yong‘oq, yog‘li baliq, dukkakli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar bolajon ratsionidan muhim o‘rin egallashi lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, xotira tug‘ma iste’dod emas, uni faqatgina mashqlari orqali mustahkamlash va rivojlantirish mumkin.
Ushbu maqolada siz bolada xotira tayyorlash uchun oddiy, lekin samarali mashqlarni topasiz.
Boladagi kam xotira muammoli yutilishga olib kelishi mumkin. o'quv materiallari. Uni yaxshilash uchun bolani sog'lom ovqatlar bilan oziqlantirishgina emas, balki maxsus mashqlar yordamida xotirani tayyorlash ham kerak.
Xotirani yaxshilash uchun amaliy mashqlar. Ehtirosli ota-onalar odatda bolasining xotirasini olti oydan ozroq o'qitishga kirishadilar. So'zlarni takrorlang, muayyan reaktsiyalar kutiladi, ammo u kecha nima sodir bo'lganini xotirlay olmaydi va nimadir yanada murakkabroq bo'lib qoladi. Ba'zi ota-onalar, magistral miyani kompyuterga o'xshash deb o'ylashadi, ular bir shaklda yoki boshqasida saqlangan ma'lumotlarni to'g'ri qayd qilib yozadilar va ular ma'lum bir vaziyatda paydo bo'lishadi.
Olimlar, masalan, uch yoshli bolani saqlashi mumkin bo'lgan ma'lumotlarning sonini aniq o'lchash va o'lchashga kirishdilar, natija nafaqat ta'sirli, balki zarba beruvchi ham edi. Bu atrof-muhitga va ota-onalarning harakatlariga qarab, bu raqam abadiylikka aylandi.
Vizual va eshitish xotirasini rivojlantirish uchun o'yinlarning namunalarini taklif qilaman.
VIZUAL XOTIRANI TAYYORLASH UCHUN 3 TA MASHQ
Do'stlaringiz bilan baham: |