Tafakkur xususiyatlari. Aqli zaif bolalarda ko`rgazmali harakat tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan tavsiflanadi. Maktabgacha bo`lgan davrning oxiriga kelib barcha bolalar ham amaliy natijaga erishishga, ya'ni predmetning siljishiga, qo`llanilishiga yoki o`zgarishiga to`g`ridan-to`g`ri qaratilgan yoki qo`l quroli bilan bajarilgan harakat bor amaliy vaziyatlarni bajara olmaydi. Shu bilan birga normal aql-idrokli bolalar bu vazifalarni kichik maktabgacha bo`lgan yoshda bajaradi.
Aqli zaif bolalar ko`pincha muammoli vaziyatning borligini anglamaydi, umuman tushuncha bor hollarda esa yechimni qidirishni yordamchi vositalardan foydalanish zaruriyati bilan bog`lamaydi. Garchi ularni bolalikdan yordamchi vosita yoki qurol sifatida inson bilan yaratilgan predmetlar o`rab tursa ham, har doim ham bolalar bilan tushunilmaydigan vaziyatlar ularning egallanishi sodir bo`lmaydi. Aqli zaif bolalar kattalar yordamida bu vositalarni qo`llaganida shaxsiy harakat tajribasini yetarli umumlashtirmaydi va uni, tajribani yangi vaziyatga
ko`chirib bo`lmaslikda ifodalanadigan yangi vazifalarni hal etish uchun ishlata olmaydi.
Bolalar yechimni faol qidirmaydi, ular ko`pincha vazifa o`yinli bo`lsa ham, natija va yechim jarayonida befarq bo`lib qoladi. Topshiriqni bajarishga uringan bolalarda, odatda maqsadga erishish shartlarini hisobga olmay, faqatgina tushuniladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bola normal rivojlangan tengdoshlaridan farqli ravishda, makonda tushunishni bilmaydi, oldingi tajribadan foydalanmaydi, ob'ekt xususiyatlarini va ob'ektlar o`rtasidagi munosabatni baholay olmaydi.
Ko`rgazmali-harakatli tafakkur vazifalarni yechish jarayonida bolaning shaxsiy nutqi muxim o`ringa ega. Maktabgacha yoshdagi normal rivojlanayotgan bolalarning nutqida shaxsiy harakatlarning baholanishi, natijaning baholanishi, harakatlarning rejalashtirilishi, vazifa shartining baholanishidan kelib chiqib oldingi tajribaning jalb qilinishi kuzatiladi. Aqli zaif bola nutqida faqatgina harakatlar natijasining baholanishi namoyon bo`ladi.
Alohida ta'kidlash lozimki, normal rivojlangan bolalardan farqli ravishda, aqli zaif bolalarda ko`rgazmali-harakatli tafakkur rivojlanishida sodir bo`ladigan o`zgarishlar maxsus o`quvlarsiz ahamiyatga ega emas. Maktabgacha bo`lgan davrining oxirigacha ularda ko`rgazmali-obrazli tafakkur rivojlangan bo`ladi.
Shubhasiz, oligofren bolalarda so`zli mantiqiy fikrlash belgilarining tiklanishi ham orqada bo`ladi, sekin rivojlanadi. Meyorga qaraganda, ko`rgazmali va so`zli-mantiqiy tafakkurning o`zaro bog`liqligi boshqacha ravishda yuzaga keladi.
Faoliyatining rivojlanishi maktabgacha bo`lgan yoshda normal aql-idrokli bolada bir qancha faoliyat turlari rivojlanadi: o`yinli, tasviriy, tuzilmaviy, mehnat faoliyat turlari. Maktabgacha bo`lgan davr oxiriga kelib o`quv faolliyati malakalari ham yuzaga kela boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy faoliyati bo`lib syujet-rolli o`yin hisoblansa ham, boshqa faoliyat turlari, ayniqsa, tasviriy va tuzulmaviy turlar bolaning psixik rivojlanishida katta o`rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |