Temani diafilm ko‘rsatib o‘rganilsa, hatto uy vazifasiga ham ehtiyoj qolmaydi. Diaproektor bilan ishlash. Diaproektor bilan ham diafilmlar ko‘rsatiladi. Diaproektor (LETI60) mavjud boshqa proeksiyali apparatlarga, chunonchi epidiaskop va filmoskop (alloskop)ga nisbatan bir necha afzalliklarga ega: 2) diafilm plyonkasidagi kadrlarnk gorizontal va vertikal holda ko‘rsatish mumkin; 3) sinfni qorong‘ilatmasdan ham tasvirni ekranda ko‘rsatish mumkin; diaproektorni yoqib o‘chirish va boshqarish nuqtasi (pulti) ko‘rsatkichning dastasiga o‘rnatilgan. Ko‘rsatkichni maxsus teleskopik trubkasi bor. Diaproektorni 10 metrgacha bo‘lgan oraliqda boshqarilishi, o‘qituvchiga yordamchi kishisiz tegishli vaqtda apparatni ishga tushira olish, bir kadrdan ikkinchi kadrga (diafilm lenta sini joylanishiga qarab oldingi kadrga ham, keyingi kadrga
ham) o‘tkaza olish va ayrim kadrlarni ko‘rsatayotganda uni xohlagan vaqtgacha to‘xtatib turish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |