Geografiya ta’limida o‘quvchilarni har tomonlama etuk
bilimdon bo‘lib etishishida, ta’limni hayot bilan chambarchas
bog‘lab borishda o‘quv qurollarining roli katta. Uqitishdagi ko‘rsatmalilik o‘quvchilarniig geografik tasavvur doiralarining kengayigyiga, temaning tushunarli bo‘lishiga va puxta o‘zdashtirilishiga imkon beradi. Turli o‘quv ko‘rsatmalari, asboblar geografik bilimlar yaxshi o‘zlashtirilishiga va xotirada uzoq saqlanishiga sababchi bo‘ladi. Bu haqda K. D. Ushinskiy bunday degan edi: «Biz ravshan taassu.rotlarni ko‘rish orqali hosil qilamiz, chunki biz o‘zimiz eshitgan narsalardan ko‘ra, ko‘zimiz bilan ko‘rgan narsalarni osoiroq tasavvo‘r qilamiz. Ayni bir vaqtda ham ko‘rish, ham eshitish, ham muskul harakati yordami bil.an hosil qilingan taassurot esa... ayniqsa, ravshan tasavvur hosil qiladi va xotirada uzoq saqlanadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |