Sxematik qo‘llanmalar geografik ob’ekt va hodisalarni shartli holda tasvirlaydi. Sxematik qo‘llanmalar kartasxema, grafik, diagramma va jadvallardan iboratdir. Natural qo‘llanmalar o‘rganiladigan geografik ob’ekt va hodisalarning aslidan iboratligi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Uquvchilar turli sezgi a’zolari yordamida narsalar haqida aniq tasavvur hosil qiladilar. Natural qo‘llanmalar turli kolleksiya, gerbariy, tuproq namunalarini to‘plashdan iboratdir. Asboblar turli mazmundagi amaliy ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollarini o‘z ichiga oladi. Maktabda geografiyani o‘qitishda tatbiq etiladigan asboblar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |