Birinchi gurux — darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari. Ikkinchi gurux — o‘quvko‘rsatmali qo‘llanmalar. Uchinchi gurux — asboblar. To‘rtinchi gurux — moslamalar. Har bir gurux o‘z navbatida yana bir necha turlarga bo‘linadi. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari. Bu guruxdagi o‘quv qurollari o‘qituvchining bayonidan keyinda turadigan bilim manbaidir. Darslik o‘quvchilar uchun asosiy qo‘llanma, shuningdek, mustaqil bilim olish manbaidir. Darslik bo‘lmasa, ta’lim aniq va mukammal bo‘lmaydi. Uquvchidan talab qilinadigan bilimlar minimumi ham darslikdir. Uquv qo‘llanmalari o‘quvchilar bilimini kengaytirish maqsadida qo‘llaniladigan xrestomatiya, spravochniklardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |