Filmoskop bilan ishlash. Filmoskop diafilmlar ko‘rsatadi. Diafilmlar bir temaga doyr bir necha diapozitivning plyonkaga tushirilganidir. Diafilm dars boshlash oldidan, yangi materialni o‘rganish, temani takrorlash yoki mustahkamlash vaqtida, shuningdek darsdan tashqi vaqtlarda ko‘rsatilishi mumkin. Diafilm ko‘rsatib bo‘lingandan so‘ng, o‘quvchilar bilan qisqacha yakunlovchi suhbat o‘tkazish lozim. Filmoskopdan foydalanish uchun diafilm ko‘rsatiladigan xonaga ekran o‘rnatiladi va qorong‘ilatiladi. Ko‘rsatishdan bir kun oldin o‘quvchilarni ogohlantirib qo‘yish ham mumkin. Qo‘rsatishdan avval temaga tegishli va ta’limtarbiya talablariga javob beradigan diafilm tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |