Transporantlar yordamida mashqlar ham o‘tkazish mumkin. Masalan, «Geografik kenglik va uzunliklarni aniqlash» degan transporantlar seriyasini ko‘rsatish bilan o‘quvchilar bilimi mustahkamlanadi va ularning fikrlash qobiliyatlari aktivlashadi. Transporantlar karta bilan ishlashni ancha osonlash tiradi. Xususan kartalarni solishtirishda katta ahamiyatga ega. Transporantlar vositasida o‘quvchilarga turli mazmundagi topshiriqlarni ham berish mumkin. Televidenie. Bu ta’limtarbiyadagi eng yangi vosita. Televizor ekrani ob’ekt, hodisa, voqealarni, ayni vaqtda ro‘y berayotgan va o‘zgarayotgan hayotni ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. Bu o‘quvchilarga geografik landshaft, geografik voqelikning ichiga bevosita kirib borishiga yordam beradi. Televidenie
katta emotsional ta’sir kuchiga ega. U o‘quvchilarni o‘ziga jalb etuvchi, bitmastuganmas bilim manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |