II. BOB. Maktablarda geografiya kabinetini tashkil etish va jixozlash 2.1. Maktab geografiya kabineti va o‘quv qurollarini tayyorlash Geografiya kabineti - o‘quv qurollari, ta’limning texnika vositalari, oqilona joylashtirilgan maxsus xonadir. Geografiya kabineti - barcha o‘quvtarbiya ishlarini tashkil etadigan va olib boradigan moddiy baza bo‘lish bilan birga, sinfdan tashqari ekskursiya va o‘lkashunoslik ishlarining markazi hisoblanadi. Maktablarda geografiya ta’limining kabinet sistemasi - geografik bilimlarni tez hamda aktiv o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’limning yangi formasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |