Kolleksiyalar. Tabiiy geografiya kurslarida tog‘ jinslari, ayrim territoriyadagi foydaln qazilmalar va ularning ahamiyatini o‘rganishda turli kolleksiyalardan foydalaniladi. Qolleksiyalar — tog‘ jinslari (granit, bazalt, qumtosh...), foydali qazilmalar (ko‘mir, torf, temir va mis rudalari...) va qurilish materiallari (shag‘al, qum, gil) dan iborat bo‘ladi. Maktabda kolleksiyalarni ekskursiya vaqtida olingan tog‘
jinslari iamunalaridan to‘plash mumkin. Uqituvchn natural qo‘llanmalar miqdorn etarli bo‘lsa, mustaqil o‘rganish uchun uni barcha o‘quvchilarga berib, oz miqdorda bo‘lsa, namunalarni ko‘rsatib tushuntiradi. Tuproq n a mu n a l a r i. Tabiatshunoslik (VI va VII sinf) kursidagi «Tuproq», materiklar geografiyasi va O‘zbekiston geografiyasi kurslaridagi «Tabiat zonalari» temalarida tuproq namunalarini ko‘rsatib o‘rganish darsnn yaxshiroq o‘zlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |