Televideniedan ta’limtarbiya ishlarida: bilimning qo‘shimcha manbai va yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Televideniedan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir necha ilmiyommabop suhbat, leksiya, filmlar, shuningdek olamga sayohat, kinosayohatchilar klubi, fan olamida kabi eshittirishlar beriladi. Bu eshittirishlar o‘zining mazmuni
jixatidan geografiya faniga tegishlidir. Bunday eshittirishlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim doiralarnni kengaytirish, ularning turli sohadagi qiziqishlarini ma’lum darajada qondirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |