1. Kinofilm o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanadi.
2. Kinofilm ko‘rsatilayotgan vaqtda o‘qituvchi tushuntirib boradi va kerakli joylariga o‘quvchilarning e’tibor berishini uqtirib o‘tadi hamda ko‘rib bo‘linganidan so‘ng uni yakunlaydi.
3. Uqituvchining kino darsiga tayyorgarligi film tanlashidir. Buning uchun filmoteka bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak.
Kino ko‘rsatilayotganda o‘qituvchi har bir kadrga qisqacha tushuncha beradi. Izoh kadr bilan sinxronlikda borishi kerak. Kino jarayonida qisqa luqmalar va savollar bilan o‘quvchilarning fikrlarini kerakli joylariga jalb etib borish lozim. Kinofilm ko‘rsatilayotganda uzoq tushuntirishlar foyda bermaydi.