Kinoapparat bilan ishlash. Kino o‘zbek maktablarida yangi o‘qitish vositalaridan biridir. Kino vositasida o‘quvchilar bevosita ko‘rish va kuzatish qiyin bo‘lgan hodisa va o‘zgarishlarni ko‘ra oladilar. SHuningdek, ular qiyin va noaniq ob’ektlarni yaxshiroq tasavvur qilishga o‘rganadilar. Geografik o‘quv kinofilmlari o‘quvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, dars temalarini yaxshi o‘rganishga yordam beradi. Uquvchilar kinofilmni ko‘rayotgan vaqtda faqat temaga doir nazariy bilimlarnigina o‘rganmasdan, balki bir qancha amaliy ko‘nikmalar ham hosil qiladilar. Masalan, kinofilm vositasida o‘quvchilar havo temperaturasi, shamolning yo‘nalishi va kuchi, yog‘inlarning miqdorini o‘lchash kabi bir qator ishlar bilan ham tanisha oladilar. Uquv kinofilmlaridan dars jarayonida ham, sinfdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |