Uqituvchi diafilmni ko‘rsatish vaqtida savollar berish va tushuntirish bilan bnrga, muhim joylariga o‘quvchilar diqqatini jalb etishi, diafilm kadrlarini qisqa, aniq va ravshan so‘zlar bilan izohlab berishi lozim. Diafilm o‘quvchilarning charchab qolishini hisobga olib, 10—15 minut mobaynida ko‘rsatilishi mumkin. Tajribalardan shular ma’lum bo‘ldiki, diafilm ko‘rsatishni karta bilan bog‘lab borish yaxshi natija beradi. Diafilmning bir necha kadrlari ko‘rsatilgach, xona yoritilib yoki maxsus ishlangan «elektr ko‘rsatkich» bilan geografik ob’ektlarni kartadan ko‘rsatib borish kerak. Diafilmni kartasiz ko‘rsatish uning qimmatini pasaytirishi ham mumkin. Maktablarda diafilmdan foydalanish kinofilmga nisbatan qulaydir. Diafilm ko‘rsatishda kadrlarni kerakli o‘rinda xohlagancha tutib (ko‘rsatib) turish mumkin. SHunindek ekran oldida .kadrlarga izoh berayotganda filmoskopni o‘quvchilardan birontasi ko‘rsatib turishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |