Geografiya o‘qituvchisi qanchalik tajribali, nutqi chiroyli, ravon va sodda bo‘lmasin, u darsni quruq so‘zlar bilan o‘tmaslik kerak. Uquvchilarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylarning tabiatidan keskin farq qiluvchn landshaftlar haqida bilim berilganda, uning tasvirini ko‘rsatib, tushuntirib berish lozim. Tasvirli o‘quv qurollaridan foydalanish-geografik tasavvurning shakllanishiga, ushunchalarning aniq o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Uqituvchi tasvirli materiallardan foydalanayotganda o‘quvchilar diqqatini o‘rganilayotgan ob’ekt tasvirini kuzatishga, uning o‘ziga xos belgilarini aniqlashga va umumiy xulosalar chiqarishga jalb etishi va tasvirga izoh berib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |