9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 16-mavzu 1889-yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro „Amerika respublikalari syezdi“ assotsiatsiyasini tuzishdan iborat bo‘ldi. AQSH ning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. 1898-yilda Tinch okeanning eng markazida, Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo‘lgan dengiz yo‘llari kesishgan joydagi Gavayi orollari bosib olindi.
Gavayi orol
XIX asrning oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi.
Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi.
Kuba oroli
1898-yil 10-dekabrda Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, AQSH Puerto-Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to‘lab Filippinga ham ega bo‘lib oldi.
1903-yil 3-noyabrda AQSH Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda „qo‘g‘irchoq“ hukumat tuzdi.
Panama mustaqil respublika deb e’lon qilindi.
Panama kanali
AQSH Karib dengizi havzasida ham tajovuzkor
siyosat olib bordi. 1903-yilda Kubaga
majburan shartnoma qabul qildirdi.
AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1911-yil oxirida 1,5 mlrd. dollarga yetdi.
Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi.
Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi.
Panamerika ittifoqi
1910-yilda Buenos-Ayresda o‘tkazilgan IV
Panamerika konferensiyasida Amerika Respublikalari
ittifoqi tashkiloti „Panamerika ittifoqi“ deb nomlandi va AQSH manfaati uchun niqob bo‘ldi.
1912-yilda prezident Taft „dollar diplomatiyasi“ siyosatini e’lon qildi.
Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qo‘llandi.
Uilyam Govard Taft
„Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ doktrinasi
1899-yilda AQSH davlat kotibi Xey Buyuk Britaniya, Germaniya,
Rossiya, Yaponiya, Fransiya va Italiyaga ayni bir mazmunda
nota yubordi.
Xey jon Milton
Prezident V. Vilson tashqi siyosatda o‘zining yaqin o‘tmishdoshlari qatori AQSHning dunyoda eng qudratli ta’sirga ega bo‘lishi uchun kurashdi.
V. Vilson
1. AQSH tashqi siyosati mohiyatini izohlab bering. 2. „Yo‘g‘on kaltak“, „dollar diplomatiyasi“, „Monro doktrinasi“ iboralarining mazmunini tushuntirib bering. 3. Panama kanali qurilishi qay tariqa amalga oshirildi? 4. „Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |