I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi


III BOB. QONUN HUJJАTLАRINI SHАRHLАSHNING HUQUQIY АSOSLАRINI TАKOMILLАSHTIRISH ISTIQBOLLАRI



Download 88,71 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI

III BOB. QONUN HUJJАTLАRINI SHАRHLАSHNING HUQUQIY АSOSLАRINI TАKOMILLАSHTIRISH ISTIQBOLLАRI


3.1.Qonun hujjatlarini sharhlash borasida ilgʼor xorij tajribasi

Huquq normalarini sharhlash serqirra faoliyat bo`lgani bois doimo takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun qonunlarda aks etgan qoidalarni to`g`ridan to`g`ri adolatli ravishda jamiyatga tatbiq etish shart. Bunda huquq normalarini sharhlashning hissasi katta ekanligi ta`kidlab o`tish lozim. Sharhlash faoliyati qanday tartibda bo`lishi davlatlarning qaysi huquq oilasiga mansubligi bilan chambarchas bog`liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazi­falarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish e’tiborga molik jihatdir68.69

Bunda huquq normalarini sharhlashning hissasi katta ekanligi ta`kidlab o`tish lozim. Sharhlash faoliyati qanday tartibda bo`lish davlatlarning qaysi huquq oilasiga mansubligi bilan chambarchas bog`liq. Shuningdek, anglo-sakson huquq oilasiga mansub davlatlarda huquq normalarini sharhlash kazual tartibda amalga oshiriladi hamda amaliyotga to`g`ridan to`g`ri joriy etiladi. Dastlab anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi, birinchilardan bo`lib huquqiy demokratik davlat barpo etish yo`liga o`tgan hamda dastlabki zamonaviy konstitutsiya yaratilgan davlat AQShda huquq normalari sharhlash jarayonini ko`rib o`tamiz. Jahon miqyosida huquq normalarini sharhlash masalasi dastlab AQShda boshlangan. AQShda huquq normalarini sharhlashni Oliy sud amalga oshiradi. Oliy sud 1803-yildayoq 1789-yildagi sud tizimi to‘g‘risidagi qonunni sharhlab unda berilgan vakolatlardan biri Konstitutsiyaga zid deb hisoblab bekor qilgan. Ushbu hodisa tarixga “Merberi Medisonga qarshi” nomi ostida kirgan.

Bosh sudya Jon Marshal Konstitutsiyaga, umumiy ma'noda, davlatning asosiy maqsadlarini belgilaydigan hujjat sifatida qaragan. Ushbu maqsadlarga qanday erishish masalasi hukumat tomonidan hal qilinishi kerak edi. Ammo, keyin hukumatning qaysi qismi Konstitutsiyada belgilangan qonunlarning bajarilishini ta'minlash va uch hokimiyatning har birining kuchini tegishli ravishda cheklashi uchun javobgar bo'lishi kerak? Ushbu masala birinchi bo'lib 1787-yilda Filadelfiyada bo'lib o'tgan konstitutsiyaviy konvensiyada muhokama qo’yilgan. Biroq yig'ilganlar ingliz huquqi tarixida qaysi organ konstitutsiyaning yakuniy sharhlovchisi sifatida xizmat qilishi kerakligi to'g'risida hech qanday yakuniy qarorga kelmadilar. Garchi uning ijodkorlari qonunchilik ustidan qandaydir nazorat o'rnatilishi kerakligini nazarda tutgan bo'lsalar-da, ular bu borada aniq bir qarorga kela olmadilar.

"Konstitutsiyani kim sharhlashi va qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirishi kerak?" degan savolga javobni 1803-yildagi “Merberi Medisonga qarshi ” ishi yuzasidagi qaror bilan berildi. Qarorga ko’ra, Oliy Sud konstitutsiyaga rioya qilinishi ustidan hokimiyatning uch tarmog’i ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo’lgan.

Jon Marshall o'ta keskin siyosiy muhit fonida juda oqilona qaror qabul qilishga muvaffaq bo'ldi. Marshall Jefferson, Medison va umuman antifederalistlar bilan to'g'ridan-to'g'ri to'qnashuvdan qo'rqardi, chunki agar u ularga qolgan topshiriqlarni bajarishni buyurgan bo'lsa, ular shunchaki uning buyrug'ini bajarishdan bosh tortishlari mumkinligini yaxshi bilar edi.

O'sha paytda AQSh Oliy sudi boshqa hokimiyat tarmoqlarini o'z qarorlarin. bajarishga majburlash uchun juda kam yoki umuman kuchga ega emas edi. Davlat tizimida muvozanatni o'rnatish va Konstitutsiyani kim sharhlashi kerakligini aniqlash maqsadida sudya Marshal birinchi marta sud nazoratining mohiyatini ochib berdi va uning tamoyillarini o'rnatdi. Ushbu yangilik Oliy sudga Konstitutsiyada belgilangan qonunlarning mazmuni va ko'lami masalalarida so'nggi so'zni aytish huquqini berdi. "Qonunni sharhlash sud hokimiyatining vakolati va burchidir" - aynan AQSh Oliy sudining bosh sudyasi Jon Marshalning so'zlari uning “Merberi Medisonga qarshi” ishi bo'yicha qarorini va Oliy sud nazorat qilish huquqini olish uchun asos yaratdi70.

Jon Marshalning qarori besh qismga bo'lingan. Ulardan birinchisi, Merberining sudya lavozimini egallashga to'liq qonuniy huquqi borligi bo`yicha edi. Ikkinchisida, Marshall Medison sudyalarni tayinlash to'g'risidagi buyruqlarni saqlab qolish bilan qonunni buzganligini tan oldi. Uchinchi qismda mandamus huquqi71 davlat xizmatchisini qonunda belgilangan vazifalarini to'g'ri bajarishga majburlashning eng to'g'ri usuli ekanligi aytildi. Bunday farmonni kim chiqarishi mumkinligi haqidagi savol Marshall qarorining to'rtinchi qismida aks etgan. Marberi sudining to'rtinchi va beshinchi qismlari shu qadar ajoyib tarzda hal qilindiki, AQSh hukumat tizimi tuzilishining asosi bo'lib xizmat qildi.

E`tiborli jihat shundaki, AQSh Oliy sudi 9 ta tarkibiy qismlari mavjud. Aynan tarkibiy qismlari ham bevosita o`ziga tegishli faoliyat yuzasidan sharhlash faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Agarda ularning sharhlash hujjatidan norozi tomonlar bo`lsa apellatsiya berilib, AQSh Oliy sudida umumiy tartibda ko`rilib chiqiladi.

Amerikalik tadqiqotchilar olimlar erkin sharhlash uslubining paydo bo'lishining sabablari sifatida quyidagi omillarni keltirib o`tadilar:

− sudlarning ahamiyati kattaligi hamda sud organlariga murojaat qilish qulayligi;

− Amerika sud tizimida hukmron bo`lgan pretsedent doktrinasi72;

− Konstitutsiya yaratilayotgan payti o`z o`zini rivojlantirish imkoniyati

berilishi73;

− iqtisodiy omil - Qo'shma Shtatlarning rivojlangan kapitalizm davriga kirishi sababli Amerika sudlaridan konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish bo'yicha o'z vakolatlarini kengaytirishi74;

− umumiy shakllangan qonunlar sudyalarga sharhlashni amalga oshirishda normativ hujjatlar mazmuniga ta'sir ko'rsatishga imkon berishi.

Angliyada sharhlash mazkur hududda ko`plab yillardan beri vujudga kelgan odat huquqi va statut huquqi asosida amalga oshiriladi hamda alohida qonun asosida tartibga solinadi. Ushbu qonun 1899-yil 30-avgustda qabul qilingan bo`lib, unda ikkita umumiy prinsipni ko`rishimiz mumkin. Birinchi prinsipga ko`ra, sharhlash to`g`risidagi qonun faqat qonunlarda maxsus tushunchalar bo`lmagan holatlarda ishlatiladi. Ikkinchi prinsipga ko`ra, sharhlashning aks ta`sir ko`rsatish natijasi hisoblanadi. Buning ma`nosi shundaki, qonunlarni sharhlash mobaynida yangi huquq normalari yaratilmaydi hamda bor bo`lganlari o`zgartirilishi mumkin emas75.

Ingliz huquq nazariyasida sharhlash jarayoni odatda ikki bosqichga bo'linadi: interpretatsiya va qa`tiy ma`noda sharhlash (construction). Interpretatsiya deganda me'yoriy hujjatning mazmuni va ma'nosini ochib berish bo'yicha intellectual faoliyat tushuniladi, qat`iy ma`nodagi sharhlash esa uning noaniq qoidalarini aniqlashtirish uchun faoliyatdir.

Interpretatsiya ko'proq ichki aqliy faoliyat hisoblanib, sharhlovchi subyekt tomonidan matnning mazmuni oydinlashtiriladi, sharhlash esa boshqa shaxslarga o'z nuqtai nazarini tushuntirish bilan bog'liq holda bo`lgan faoliyat shaklidir76. Shu sababdan ham ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Umumiy ma`noda sharhlash jarayoni oladigan bo`lsak interpretatsiya ilk qadam hisoblanib, sharhlash amalga oshadigan bosqich ikkinchi bosqich (construction) hisoblanadi.

A.I.Boysova fikricha, sharhlash bir tomondan, qonunning mazmunini aniqlashga qaratilgan bilish jarayoni, ikkinchi tomondan, ushbu jarayonning obyektivlashtirilgan natijasidir77.

Angliya huquqiy tizimida sharhlash masalalari sud organlari bilan chambarchas bog`liq. V.V.Volkov sudyalarning biror masala bo`yicha qaror qabul qilish bilan bog`liq xatti harakatlarida ikkita modelni ajratib ko'rsatadi: normativ va empirik. Normativ modelda sudya qaror qabul qilishda asosiy urg`u qonun matni, keltirilgan dalillarga beriladi. Bunda qonun matnidan tashqari sudyalarning qarorlari va yuqori sudlarning qarorlari, shu kabi ishlar bo'yicha tayyor qarorlari va qonunlarning sharhlanishini o'z ichiga olgan hamda ularning qo'llanilishini osonlashtiradigan boshqa shunga o'xshash hujjatlar ham bo`lishi mumkin. Sud qarorlarini qabul qilishning empirik modeli sudyani moddiy va martaba manfaatlari, mavqei jihatdan ambitsiyalari, jinsi, tarjimai holi, avvalgi tajribasi, ijtimoiy muhitga qo'shilishi bilan bog`liq78.

Angliyada huquqni sharhlash munosabatlari 1978-yilda Birlashgan Qirollik parlamenti tomonidan qabul qilingan “Sharhlash to`g`risida” gi qonun asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonunning 31-moddasida yozilishicha, agar qonunosti hujjatlarida so`z va iboralar qonunda ko`rsatilgan ahamiyatga ega ekanligi ko`rsatilgan bo`lsa, o`sha holida foydalanish lozim. Fikrimizcha, ushbu qoidaning mavjudligi qonunning yuridik kuchini so`zsiz tan olish bilan birgalikda davlat organlarining ortiqcha qonunosti hujjatlarni sharhlash hujjatini chiqarishini oldini oladi.

Angliyadan tashqari AQShning bir qancha shtatlarida ham huquq normalaridagi so`z va terminlarni sharhlash bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Misol uchun Nyu York shtatida “Qonunlarni umumiy sharhlash” to`g`risida qonun qabul qilingan. Unda asosiy urg`u AQSh konstitutsiyasi va qonunlar o`rtasidagi muvofiqlikka qaratilgan79.

Fransiya davlatida konstitutsiyani sharhlash Konstitutsiyaviy Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining 7-bobi Konstitutsiyaviy Kengashga bag`ishlangan. Konstitututsiyaning 62-moddasida Konstitutsiyaviy Kengash qarorlari barcha davlat hokimiyati organlari, ma'muriy va sud organlari uchun majburiydir hamda uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emasligi qayd etib o`tilgan.

Oldingi boblarda ta`kidlab o`tganimizdek rasmiy sharhlash tarkibiga kiradigan normativ sharhlash ham bevosita o`z ichida ikki turga bo`linadi: autentik sharhlash va legal sharhlash. Rossiya Federatsiyasida qonunlarni autentik sharhlash bilan asosan Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi shug`ullanadi. Legal sharhlash faoliyati bilan esa Konstitutsiyaviy sud shug`ullanadi. Konstitutsiyasining 125- moddasida belgilab qo`yilishicha, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, Federatsiya Kengashi, Davlat Dumasi, Rossiya Federatsiyasi Hukumati, Rossiya Federatsiyasi ta'sis obyektlarining qonun chiqaruvchi organlari murojaatiga binoan sharh beradi. Chexiya davlatida huquq normalarini sharhlashda asosiy urg`u terminlar va so`zlarni to`g`ri ishlatishga alohida e`tibor beriladi. 1986-yilda

Chexiyada sharhlash bo`yicha hukumatning maxsus qarori qabul qilingan bo`lib, unga muvofiq qonun loyihasi tayyorlanganidan so`ng taqriz uchun Chexiya Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi terminlar qo`mitasiga jo`natish lozimligi rasman qayd etilgan. Huquq normalari sharhlanayotganda matndagi terminlar va so`zlarni ma`nosini tushuntirish uchun berilgan taqrizlar asos bo`ladi80.

Xalqaro darajada ham huquq normalarini sharhlash subyektlari mavjud. Bunga misol qilib Yevropa ittifoqining eng yuqori instansiya sudi Yevropa sudini misol keltirishimiz mumkin. Yevropa ittifoqi tomonidan 1953-yil kuchga kirgan Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi konvensiya qabul qilingan bo`lib, a'zo davlatlar tomonidan Konvensiya normalarining buzilishi to'g'risidagi shikoyatlarni ko'rib chiqish jarayonida Yevropa sudi Konvensiya normalarini sharhlash, ularning bir xilligini ta'minlash masalalarini hal qiladi. Yevropa sudining sharhlash hujjatlari ma'lum xususiyatlarga ega: ular xulq-atvor qoidalariga umumiy tushuntirishlarni o'z ichiga oladi; ular oddiy hujjatlar emas balki to`g`ridan to`g`ri tasir kuchiga ega81.

Konvensiyaning 32-moddasida sud o'zining barcha me'yorlarini sharhlash huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan va ushbu sharhlash hujjatlari Konvensiyaga a`zo davlatlar uchun majburiy ekanligi qayd etilgan. Agar biron bir davlat inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudining sharhlash hujjatini buzsa, u xalqaro huquq va tartibni buzgan hisoblanadi. Yevropa sudining sud amaliyoti Konvensiyaga a'zo davlatlar uchun umumbashariy majburiy me'yorlarni belgilab beradi. Shuni anglash kerakki, Yevropa sudi Konvensiya normalari ustidan umumiy sharhlash bilan shug'ullanmaydi, balki faqat ma'lum bir holatda kelib chiqadigan normani sharhlash huquqiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilib ayta olamizki, dunyodagi huquq oilalarida sharhlash masalalariga turlicha yondashiladi. Anglo-sakson huquq oilalarida pretsedent sharhlash muhim ahamiyatga ega. Ingliz huquq nazariyasida sharhlash jarayoni interpretatsiya va qa`tiy ma`noda sharhlash ( construction ) bosqichlarida amalga oshiriladi. Interpretatsiya deganda me'yoriy hujjatning mazmuni va ma'nosini ochib berish bo'yicha intellektual faoliyat tushuniladi, qat`iy ma`nodagi sharhlash esa uning noaniq qoidalarini aniqlashtirish uchun faoliyatdir. Roman-german huquq oilalarida esa huquq normalarini sharhlash uchun alohida tuzilma faoliyat olib boradi. Mamlakatimizda huquq normalarini sharhlash faoliyatini takomillashtirish uchun xorijiy tajribani ham o`rganish ham maqsadga muvofiqdir.




Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish