I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi


Huquqni sharhlashning huquq tizimida tutgan oʼrni va uning turlari



Download 88,71 Kb.
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI

1.2. Huquqni sharhlashning huquq tizimida tutgan oʼrni va uning turlari

Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqni tushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridik tabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Huquqiy normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik ahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi. Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta. O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlash vakolatiga ega bo‘lgan subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari, davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa organlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.Bularning asosiy maqsadi shundan iboratki, mamlakatimiz hudida huquqni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Huquqni amalgam oshirish o'zaro ichki bog'langan bo'lib o'zaro tarkibiy qismlari bir-birini taqozo qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Huquqni amalga oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari ta'minlanadi, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi ishtiroki ta'minlanadi,mulk qo'riqlandai, ijtimoiy va huquqy-tartibot mustahkamlanadi.

Xususan, O’zbekiston qonunchiligida bu haqida alohida ta’kidlab o’tilgan. “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi” Loyihaning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuziladi22. Ushbu keying asos ham qonunlarni talqin qilishda va amalga oshirsh uchun muhim hisoblanadi, ya’ni huquqni sharhlash jarayonida rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilishi talab etiladi. Bu ham huquqni amalga oshirishdagi muhim bir bo’g’inlardan biri bo’ladi.

Huquqni sharhlash shuningdek sud sohasi uchun ham muhim o’rin kasb etadi. Misol tariqasida, yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini va bu yerda Prezident tomonidan qabul qilingan qarorida ham alohida huquqni sharhlash to’g’risida band kiritib o’tib ketilgan , xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qarorida ““Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish qonunchilikdagi so‘ngi yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qo‘llash masalalariga doir ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi kamida ikki haftani tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi”23. Haqiqatdan ham huquqni to’g’ri talqin qila bilish har bir ma’sul xodimlar uchun , ayniqsa, sudiyalar uchun judda muhim hisoblanadi. Bular aholi uchun o’z huquqlarini amalga oshirish uchun tashlangan eng myhim qadam hisoblanadi.

Shuningdek, huquqni sharhlashning o’rni fuqarolik ishlarida ham muhim hisoblanadi.Misol qilib Fuqarolik kodeksining 363-moddasini keltira olamiz. Unda “Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so‘z va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo‘lmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o‘zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik o‘zlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi”24. Yuqoridagi normativ qonundan bizga ma’lum bo’lyaptiki, huquqiy-normativ hujjatlardan tashqari, ba’zan fuqarolik ishlarida fuqarolar o’rtasidagi shartnomalar ham ish mohiyatini aniqlash maqsadida ishlatiladi, bu esa shartnomalarning tuzilishdan oldingi holat hamda maqsadlarni inobatga olgan holda aniqlik kiritishga harakat qilinadi.Demak, biz har qanday shartnoma yoki normativ-huquqiy hujjat bo’lsin, u, albatta, sharhlashga muhtoj bo’ladi.

Keyingi masala bu- huquqni sharhlash turlari haqidagi masala – bunda huquqni tushuntirish faoliyati, natijalari va sharhlanayotgan hujjatlarning yuridik tabiati to‘g‘risidagi masaladir. Ayniqsa, huquqni sharhlash hujjatlari huquq normalari ma’nosini tushuntirishning aniq natijalari sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning yuridik xususiyati va amaliyotdagi ahamiyati huquqni sharhlash sub’ektlari vakolati bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasida:

davlat hokimiyati organlari;

davlat boshqaruvi organlari;

sud, prokuratura, ichki ishlar vazirligi organlari;

jamoat tashkilotlarining markaziy organlari;

alohida shaxslar huquqni sharhlash bilan shug‘ullanadilar.25 Shuning uchun huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliy ahamiyatga, ya’ni turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p darajali tizimidan iboratdir.

Huquq normalarini sharhlash turlarga ajratishda bo`yicha olimlar o`rtasida turlicha qarashlar mavjud. Chunki huquq normasini sharhlash murakkab hodisa bo`lganligi sababli uni turlarga ajratishda ham fikrlar xilma-xilligini ko`rishimiz mumkin. S.S.Alekseev yuridik kuchiga ko`ra huquq normalarini rasmiy va norasmiy sharhlash turlariga bo`lsa26, N.P.Azizov huquq normalarini sharhlashni ularni qo`llaydigan subyektiga qarab ikki guruhga ya`ni rasmiy va norasmiy sharhlashga bo`ladi27.

Huquq normalarini subyektlariga ko`ra sharhlash rasmiy va norasmiy turlarga ajratiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash rasmiy sharhlash hisoblanadi. Huquq normalarini sharhlashni turlarga ajratish bo`yicha qanday asoslar bo`lishi lozimligi haqida ko`plab fikrlar mavjud. Imre Sabo ham bu jarayonga to`xtalib, uchta holatni hisobga olgan holda sharhlash turlarini ko'rib chiqadi: sharhlashni qaysi organ amalga oshirishga vakolatli ekanligi, qaysi organlarning sharhlashi majburiy ekanligi va kim uchun majburiy ekanligi28.

Rasmiy sharhlash shakli yozma (turli xil hujjatlar) va og'zaki bo`lishi mumkin. Og'zaki shakli nisbatan kam uchraydi. Bu sudya tomonidan jarayon ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishda yoki mansabdor shaxslarning tashrif buyuruvchilarni qabul qilishida ifodalanadi29. Rossiyalik huquqshunos olim V.V.Lazerev fikricha, rasmiy sharhlash – bu hujjatlar qaysi davlat organi tomonidan chiqarilsa, ushbu organi sharhlanishi hisoblanib, u autentik sharhlash nomini oladi; agar normativ-huquqiy hujjatlarni tegishli organlari o`zlari chiqarmay, ularga huquqiy hujjatlarni sharhlash majburiyati yuklangan bo`lsa va yangi o`zlari chiqarmagan normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlasalar, mazkur sharhlash legal sharhlash deyiladi30.

Bundan kelib chiqadiki, rasmiy sharhlash muhim ahamiyatga ega. Chunki rasmiy sharhlash davlat irodasini bevosita namoyon bo`lishiga sabab bo`ladi. 2021-yil 20-aprelda O`RQ 682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida” gi qonun yangi tahriri qabul qilindi. Ushbu qonunning 55-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi, deb qayd etib o`tilgan31.

Huquqni rasmiy sharhlash quyidagi xususiyatlarga ega: 1) vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan sharhlangan; ushbu vakolat normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan; 2) boshqa subyektlar uchun ham majburiy; 3) huquqiy ahamiyatga ega, chunki u huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi va huquq normasini bir xil tushunishga qaratilgan.

Huquq normalarini rasmiy sharhlash o`z navbatida normativ va kazual sharhlashga bo`linadi32. Bazi yuridik adabiyotlarda normativ sharhlash umumiy sharhlash deb nomlanadi. Normativ sharhlashda uning natijalari huquqni qo‘llashda majburiy xarakterga ega hisoblanadi. Normativ sharhlash yangi huquq normalarini vujudga keltirmaydi, balki harakatdagi huquq normalarning mazmunini tushuntiradi. Normativ sharhlash natijalari huquqni qo`llash jarayonida umumiy qoida sifatida joriy etiladi, shu bilan birgalikda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining keng doirasiga daxldor hisoblanadi.

Normativ sharhlash qaysi davlat organi sharhlashiga qarab, autentik va legal sharhlashga bo`linadi33. Autentik so`zi yunoncha “aythentikos" so`zidan olingan bo`lib, "haqiqiy” degan ma`noni anglatadi. Autentik sharhlash yuridik adabiyotlarda mualliflik sharhlash deb ham nomlanadi. Autentik sharhlash huquq normasini qaysi davlat organi qabul qilgan bo`lsa, o`sha organning o`zi tomonidan sharhlanishi hisoblanadi. Ko'pgina olimlarning masalan: A.S. Pigolkin, V.M.Sirix, A.F. Cherdansev fikriga ko`ra, autentik sharhlash maxsus vakolatlarni talab qilmaydi34.

V.A.Petrushev fikricha, huquq normalarini autentik sharhlash dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu sharhlash birinchi navbatda, sharhlash tartibini kuchaytirishga imkon beradi, ikkinchidan, huquq normasini tatbiq etishda imkon qadar xatolarga yo'l qo'ymaslikga yordam beradi4. Albatta, bu qonun ijodkorligi va huquqni muhofaza qilishning barcha muammolarini hal qilmaydi va barcha xatolarni bartaraf etmaydi. Lekin ushbu sharhlash orqali davlat organi o`zi chiqargan huquq normasini o`zi nazarda tutgan irodasini va mohiyatini hamda uning tatbiq etilishi sohasini belgilab beradi. Bu esa huquq normasini tushunishni osonlashtiradi. Shu sababdan ham huquq normalarini autentik sharhlash muhim ahamiyatga ega.

Huquq normalarini normativ sharhlashning ikkinchi turi legal sharhlash hisoblanadi. Legal so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, qonuniy degan ma`noni anglatadi. Legal sharhlash yuridik adabiyotlarda “vakolatli“, “ruxsat etilgan“ sharhlash nomlari bilan ham qayd etiladi. “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to`g`risida” gi qonunning 4-moddasining 4-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonun normalariga sharh beradi35.

Kazual sharhlash individual sharhlash deb nomlanadi. Ushbu sharhlash umummajburiy xarakterga ega bo`lmaydigan, balki normativ-huquqiy hujjatni aniq voqea va jarayon, hayotiy holatga qo‘llash uchun mo`ljallangan rasmiy talqin etishdir.

Yuridik adabiyotlar kazual sharhlash ba'zan ikki kichik turga: sud va ma'muriy turlarga bo`lish holatlari ham kuzatiladi36. Sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquq normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquq normalarini kazual sharhlashni amalga oshiradi. N.N.Voplenkoning fikricha, kazual sharhlash, rasmiy sharh kategoriyasiga kirib, alohida hayotiy vaziyatning huquqiy tabiatini tushunish va tartibga solish uchun majburiy hisoblanadi37. Kazual sharhlash uchun umumiylik emas, balki xususiylik xosdir. Ya`ni ma`lum bir vaqtdagi va joydagi hodisalarga nisbatan qo`llaniladi.

Kazual sharhlash ham rasmiy hisoblansada, u umummajburiy xarakterga ega bo‘lmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qo‘llash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda beriladi va qoida tariqasida aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi38.

Norasmiy sharhlashni vakolatli davlat organlari emas, aksincha sharhlash maxsus vakolat berilmagan organlar yoki shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, sharhlash jarayoni oqibati majburiy xarakterga ega emas. A.S.Pigolkin fikricha, norasmiy sharhlash qonun ustuvorligi mazmunini ochib berish uchun rasmiy vakolatlarga ega bo'lmagan subyektlar tomonidan beriladi: ommaviy tashkilotlar, ilmiy va o'quv muassasalari, amaliyotchilar va boshqalar. Uning muhim xususiyati shundaki, u qonuniy kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi39. Huquq normalari faqat rasmiy sharhlash asosida amalga oshirilganida unda bir tomonlikka yo`l qo`yilgan bo`lardi.

Huquq normalarini norasmiy sharhlash huquq normalarining har tomonlama tushunilishiga xizmat qiladi. Chunki huquq normasi faqatgina davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan sharhlanishi yetarlicha emas, aksincha keng jamoatchilik huquqshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan ham sharhlanishi muhim ahamiyatga ega.

Huquq normalarini norasmiy sharhlashning ahamiyati subyektlarning obro`si, ularning maxsus bilimlari va sharhlash shaklining asoslantirilganligi bilan belgilanadi. Majburiy hisoblanmay, ya`ni yuridik kuchga ega bo`lmay ham norasmiy sharhlash shaxsning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati o`sishiga, muayyan subyektlarning xulq atvori takomillashishiga katta yordam beradi40.

Huquq normalarini norasmiy sharhlash oddiy, kasbiy va ilmiy kabi turlarga bo`linadi.




Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish