I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi


Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash



Download 88,71 Kb.
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI

Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash – huquqiy normaning mazmuni boshqa normalar bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, mazkur huquqiy normaning normativ-huquqiy hujjat, huquq instituti, huquq tarmog‘ida tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf etiladi. Buning uchun quyidagi maxsus qoidalardan foydalaniladi:

1. Agar turli organlar tomonidan chiqarilgan huquq normalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar aniqlansa, u holda yuqori turuvchi organ tomonidan belgilangan normalarga amal qilish kerak bo‘ladi.

2. Agar aynan bir organ chiqargan normalar o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, u holda chiqarilish vaqti bo‘yicha keyingi belgilangan normaga amal qilish lozim bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasida ijara shartnomasini bekor qilish tartibi mustahkamlangan. Shartnomani bekor qilishning asoslari Fuqarolik kodeksining 382-moddasida ham belgilangan. Ijara shartnomasi bekor qilinishi chog‘ida ushbu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, ijara shartnomasini bekor qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasi bilan hal etiladi14.

Keyingi usul esa Filologik sharhlash («til bo‘yicha», «grammatik» kabi iboralar bilan ham ifodalanadi) hujjat matnini morfologik va sintaktik tuzilishini aniqlashga qaratilgan maxsus usuldir. Ushbu usul yordamida ayrim so‘zlar va atamalar, butun gaplar, gaplar guruhining grammatik ma’nosi aniqlashtiriladi. Real hayotda bu huquqiy ko‘rsatmalarni bilishning eng ko‘p uchraydigan yo‘lidir. Amaldagi qonun hujjatlari bilan tanishish jarayoni, odatda, shundan boshlanadi. Filologik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:

– «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-bir moddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan, adabiy tildan foydalanish lozim; – qonun chiqaruvchi organ qonunning matnida adabiy til me’yorlaridan chetga chiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlash lozim;

– huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iborani ikkinchi bir taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi;

– agar qonun matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo‘lsa, uni sharhlashda huquqshunoslik fani va amaliyotida keng qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalanish lozim;

– agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga «ruxsat» bermasa, uni har xil talqin etish mumkin emas;

– turli iboralarni asossiz ravishda bir ma’noda qo‘llash taqiqlanadi;

– qonunning biror-bir so‘zini ortiqcha ibora sifatida talqin qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.15

Binobarin, tilshunos olim Sh.Ko‘chimov qayd etib o‘tganidek: “Til odamlar o‘rtasida aloqa qilish, bir-birini tushunish, inson faoliyatining barcha sohalarida birgalikda ishlashning muhim vositasidir. Normativ hujjatlar tili muayyan xususiyatlar va qonuniyatlarga ega bo‘lib, ular mustaqil ilmiy tadqiqotlar mavzuini tashkil etadi”16

Huquqiy norma mazmunini, matnini savodxonlik nuqtayi nazaridan sharhlashga, undagi hatto tanish belgilarining ahamiyatili ekanligiga bir misol keltiramiz. Parlament majlisida murakkab iqlimli mintaqalarda mehnat qilayotgan shaxslar uchun imtiyozlar o‘rnatishga oid qonun loyihasi muhokama qilinayotganda deputatlardan biri quyidagi jumlaga e’tiroz bildirdi: «Suvsiz cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Deputat bu jumladagi «suvsiz» so‘zidan keyin vergul qo‘yishni taklif etdi. Shunda jumla quyidagicha bo‘ladi: «Suvsiz, cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Bunda vaziyat tubdan o‘zgaradi. Birinchi variantda faqat «suvsiz cho‘l zonalar» nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi variantda «ham suvsiz», «ham cho‘l» zonalarda mehnat qilayotgan shaxslar imtiyozlardan bahramand bo‘ladilar17. Demak, bitta vergul qonun normasining ma’nosini tamomila o‘zgartirdi, u imtiyozdan foydalanadigan subyektlar doirasini ancha kengayishiga sababchi bo‘lmoqda. Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida qonun chiqaruvchi idora belgilagan har bir normaning maqsadi va ma’nosini aniqroq tushunib olish uchun, sharhlanayotgan norma qabul qilinayotgan paytda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy sharoit inobatga olinadi.

Tarixiy-siyosiy usulda sharhlashda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qanday tarixiy sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qanday maqsadda qabul qilinganligi aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan tahririda 89-moddaning mazmuni quyidagicha edi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro hokimiyat boshlig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi»18. Ushbu qoida O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, o‘tish davrida mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va farovonligini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘ldi.Ushbu usul huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlashning ahamiyati katta,chunki huquqbuzarlikning aniq tarkibini tahlil etib, huquqiy siyosatning bugungi talablarini e’tiborga olgan holda, tergovchi ish yuzasidan qonun doirasida eng maqbul qaror qabul qilish va shu tariqa huquqiy norma maqsadiga erishishni ta’minlashga muvaffaq bo‘ladi.


Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish