I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi


Qonun hujjatlari oʼrtasidagi kolliziyalarni hal etishda normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlashning ahamiyati



Download 88,71 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI

2.3. Qonun hujjatlari oʼrtasidagi kolliziyalarni hal etishda normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlashning ahamiyati.

Davlat ijtimoiy hayotning muhim sohalariga huquqiy taʼsir o‘tkazish, yaʼni ushbu sohalar doirasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil ziddiyatli holat va bo‘shliqlarning oldini olib boradi.

“Kolliziya” (lotincha collisio-to‘qnashuv) – qarama-qarshi kuchlarning, harakatlarning, manfaat va qarashlarning to‘qnashuvi maʼnosini anglatadi. Bir so‘z bilan aytganda, kolliziya – bu konflikt, nomuvofiqlik, tafovut, ziddiyatdir.

Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalar – bu muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi tafovut, qarama-qarshilik, nomuvofiqlik va ziddiyatlardir.Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalar huquqni tushunishda turli xil yondashuvlar, qarashlarning mavjudligida va milliy huquq tizim doirasidagi turli normalarning to‘qnashuvida yuzaga keladi.

Yuridik ixtiloflar nafaqat ko‘p sonli, balki o‘z mazmuni, xususiyatlari, keskinligi, sohaviy mansubligi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi, shakli va hal etilish usuliga ko‘ra nihoyatda turli-tumandir.

Ilmiy tahlil yo‘nalishini belgilash ma’nosida, avvalo, yuridik ixtiloflarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) normativ-huquqiy hujjatlar yoki alo­hida yuridik normalar o‘rtasidagi ixtiloflar; 2) huquq ijodkorligidagi ixtiloflar (tizimning yo‘qligi yoki sustligi, muvoziylik, o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi huj­jatlarning chiqarilishi); 3) huquqni qo‘llash jarayonidagi ixtiloflar (ayni bir toifa munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bir necha hujjatlar yoki norma­larni qo‘llash); 4) davlat organlari, mansabdor shaxslar, boshqa hokimiyat tuzilmalari vakolatlari va maqomidagi ixtiloflar; 5) maqsadlar o‘rtasidagi ixtiloflar (turli darajadagi yoki turli idoralar qabul qilgan normativ hujjatlarda mustahkam­langan maqsadlarning bir-biriga qarama-qarshiligi, ba’zan esa o‘zaro istisno etishi); 6) milliy va xalqaro huquq normalari o‘rtasidagi ixtilof55.

Yu.A. Tixomirovning fikricha, yuridik ixtiloflarni faqat salbiy holat sifatida qabul qilish ularni xolisona baholashga halaqit qiladi. «Kolliziyalar qator hollarda ijobiy rag‘bat berishi, taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyojni, yangi huquqiy holatga o‘tish talabini ifoda etishi mumkin»56. Darhaqiqat, dialekti­kaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi taraqqiyotga turtki be­radi, degan qoidasini hech kim inkor etmaydi.

O‘z davrida G. Gegel shunday degan edi: «... qonunlarni qo‘llashda ix­tiloflarning kelib chiqishi tamomila zarur holatdir, aks holda ishlarni yuritish mexanik xususiyatga ega bo‘lib qoladi. Agar yuristlar masalalarni hal etishni sudyalar ixtiyoriga berish bilan ixtiloflardan qutilish mumkin degan xulosaga kelgan bo‘lsalar, buni ma’qullab bo‘lmaydi, zero qarorlarni faqat sudyalar qabul qilishining oqibati beboshlik bo‘lishi mumkin»57.

Professor Odilqoriyev fikricha yuridik ixtiloflarning salbiy oqibatlarini quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1) ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar; 2) ijtimoiy-siyosiy oqibatlar; 3) ma’naviy-ruhiy oqibatlar; 4) huquqiy oqibatlar58.

Milliy qonunchiligimizdagi kolliziyalarning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

1. Qonunlar va qonun osti hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalar. Agarda,mazkur turdagi kolliziyalar yuzaga kelsa, masala qonun foydasiga hal etiladi. Chunki qonun yuqori yuridik kuchga ega va uning ustunligi taʼminlanishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 va 16-moddalari). Bir mavzuga oid bir necha qonun (yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat) mavjud bo‘lsa hamda ular bir-biriga zid bo‘lib qolsa, muddati bo‘yicha keyinroq qabul qilingan qonun (hujjat) qoidalari amal qiladi.

2. Konstitutsiya bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalar. Bunday yuridik ixtiloflar Konstitutsiya foydasiga hal etiladi, chunki Konstitutsiya barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasida mustahkamlanganidek, “birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”.

3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kolliziyalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas (74-modda). O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga to‘la mos bo‘lishi shart.

4. Mamlakatning milliy qonunchiligi normalari bilan xalqaro huquq normalari o‘rtasidagi kolliziyalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida mustahkamlan-ganidek, O‘zbekistonda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinadi59.

Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni faqat huquq normalari o‘rtasidagi to‘qnashuv, deb hisoblash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ushbu tushunchaga nisbatan bunday cheklangan yondashuv kolliziya hodisasini ilmiy tadqiq etish doirasini ancha toraytiradi. Binobarin, “mos kelmaslik” so‘zining mazmuni doirasi “ziddiyat” (kolliziya) tushunchasining mazmunidan kengroq masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu jihatdan olganda, qonunchilikdagi kolliziyalar ham ziddiyatlar shaklida, ham huquq normalari o‘rtasidagi farqlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkinligini qayd etish joiz60.

Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalar tushunchasi yuzasidan yuqorida keltirib o‘tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda mazkur tushunchaga tor va keng maʼnoda taʼrif berish lozim. Tor maʼnoda normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalar deganda, ikki va undan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni tushunish mumkin. Keng maʼnoda esa, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziya deganda, bir xil yoki o‘xshash bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi, shuningdek huquqni qo‘llash hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ziddiyat yoki tafovutlarni tushunish lozim.

Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziya tushunchasining mazmuni va huquqiy tabiati yuzasidan xulosa qilar ekanmiz, bunda mazkur salbiy hodisaning turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini ham qayd etish lozim bo‘ladi. Binobarin, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalar tushunchasiga nisbatan yondashuvlarning ko‘p jihatliligi va xilma xilligi ularni muayyan tarzda tasniflash zaruratini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, qonunchilikdagi kolliziyalarning yuridik tabiatini ochishda uning turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini ham eʼtibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.

Shuningdek biz yana quydagi ixtiloflarni ham ko’rsatib o’tishimiz mumkin, Ijtimoiy hayotda ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni hal etish tartibi bir vaqtning o‘zida bir necha normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘ladi. Masalan, boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni to‘lash tartibi ayni vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasida, ham O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasida nazarda tutilgan. Ammo, ushbu moddalar masalani hal etishga bir xilda yondashmagan. Fuqarolik kodeksining 1009-moddasining III qismiga muvofiq boquvchining o‘limi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar; o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga o‘quvning kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha to‘lanadi. Biroq, Mehnat kodeksining 192-moddasi V qismida o‘n olti yoshdagi va undan katta o‘quvchilar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlaricha, lekin o‘n sakkiz yoshga qadar bo‘lgan davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar, deb belgilangan.

Bu ikki yuridik norma o‘rtasida ziddiyat mavjud: 1009-modda zarar undirish yoshi chegarasini yigirma uch yoshgacha, 192-modda – 18 yoshgacha, deb belgilagan. Ushbu nomuvofiqlik (kolliziya)ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqib, 2008-yil 21-oktabrda matbuotda o‘z xulosasini e’lon qilgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni to‘lash tartibini belgilovchi normalaridagi mazkur farq ushbu normalarning amaliyotda qo‘llanilishida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi maz­kur ixtilofli ishni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 192-moddasining normalarini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining normalariga muvofiqlashtirish lozim, degan xulosaga keldi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asoslangan holda Mehnat kodeksining 192-moddasiga o‘quvning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan shaxslarning ular 23 yoshga yetgunga qadar boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni undirish huquqini belgilovchi o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibda kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi61.

Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish yo‘llari hamda usul va vositalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yiladi. Shu bois qonunchilikda belgilanmagan vosita va usullar normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish mexanizmiga kirmaydi.

Tegishli adabiyotlarni tahlili asosida normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish mexanizmigaquyidagicha taʼrif berish mumkin: qonunchilikdagi kolliziyalarni hal etish mexanizmi – bu normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yengib o‘tish va hal etishga qaratilgan o‘zaro aloqador yuridik vositalar va usullarning yig‘indisidir62.

Shuningdek, yuridik ixtiloflarning ijtimoiy vazifasi va foydalanish o‘rniga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: – kelishuv tartib-taomillari va sud tartib-taomillari (protseduralari).63 Birinchi guruh tartiblar kelishmovchiliklarni av­tonom, mustaqil tarzda bartaraf etish, ikkinchi guruh tartiblar esa, tomonlar o‘rtasidagi nizoni vakolatli organ ishtirokida ko‘rib chiqish va hal etish uchun qo‘llaniladi. Dastlab kelishuv protseduralarini ko‘rib chiqamiz. Turmushda vujudga keluvchi ziddiyatlarni, mojarolarni bartaraf etishdagi birinchi qadam tomonlar (sheriklar) o‘rtasida bitimga, kelishuvga erishish. Buning uchun turli kelishuv protseduralaridan foydalaniladi.

Bundan tashqari Professor Husanboev ixtiloflarni hal etishni quydagi turlarga bo’lganlar:

– normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish subyektlari (masalan, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquq normalarini sharhlash subyektlari va boshqalar);

– normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni tugatish va hal etishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillar va normalar;

– normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish jarayonida tegishli subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan kollizion-huquqiy munosabatlar;

– normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish usul va tartiblari;

– normativ-huquqiy hujjat, huquqni qo‘llash yoki sharhlash akti ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan va qonun hujjatlaridagi kolliziyalarni hal etishga qaratilgan xulosaviy hujjatlar64.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan elementlar,birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etishning dinamik mexanizmini tashkil qiladi.

O‘z navbatida, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

– huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonida;

– qonunchilikni tizimlashtirish orqali;

– qonunchilik hujjatlarini uyg‘unlashtirish;

– normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash;

– sud hamda muzokara tartiblari va boshqalar65.

Huquqshunos olim X.T.Odilqoriyevning fikricha, yuridik kolliziyalarni hal etishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilardan iborat: 1) sharhlash; 2) yangi huquqiy hujjatni qabul qilish; 3) eski hujjatni bekor qilish; 4) amaldagi huquqiy hujjatga o‘zgartish yoki aniqliklar kiritish; 5) ishlarni sud tartibida, maʼmuriy protsedura vositasida ko‘rish; 6) qonunchilikni tizimlashtirish, yuridik normalarni o‘zaro muvofiqlashtirish; 7) muzokaralar olib borish, kelishuv komissiyalarini tuzish; 8) konstitutsiyaviy odil sudlov; 9) nazariya bilan amaliyotning oqilona aloqadorligini tashkil etish (taʼminlash); 10) xalqaro protseduralar66.

Taʼkidlash joizki, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etish usullari tizimida huquq ijodkorligi o‘zining samaradorligi va huquqiy jihatdan muhim ahamiyatga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Huquq ijodkorligi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladigan hamda o‘rnatish bo‘yicha rasmiy maqomga ega bo‘lgan umummajburiy normalarni yagona va maqsadga muvofiq tizim sifatida yaratish va rivojlantirish jarayonidir. Huquq ijodkorligi jarayonida yangi huquq normalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda birinchi navbatda, davlat faoliyatining belgilangan vazifalari o‘z ifodasini topadi.

Maʼlumki, huquq ijodkorligi kolliziyalarni bartaraf etishning qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladigan usulidir. Ayni paytda, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyalarni hal etishning mazkur shakli o‘z ichiga quyidagi huquqiy vositalarni qamrab oladi:

– muayyan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi kolliziyaga kirishayotgan bir yoki bir nechta normalarni bekor qilish;

– yangi huquq normasini (normativ-huquqiy hujjatni) yaratish va shu asosda ziddiyatli normalarni o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topish;

– amalda bo‘lgan huquq normasiga (normativ-huquqiy hujjatga) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

– kollizion normalarni chiqarish va boshqalar67.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni xulosa qilib ayta olamizki, yuridik ixtiloflarni hal etish va uni oldini olish huquqiy savodxonlikni oshirishga hamda xalqning huquqiy madaniyatini ko’tarilishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, bu jamiyatda huquqiy barqarorlikni, huquqiy tartibotni mustahkamlashga, huquqiy madaniyat va ma’rifiylikni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shadi. Bordi-yu, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish cho­ralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm, madaniyatsizlik holatlari avj oladi. Shuning uchun biz yuridik ixtiloflarni oldini olish hamda uni hal etish borasida doim sobit qadam bo’lishimiz kerak.




Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish