Tanlanma kuzatish. O’rganilishi lozim bo’lgan to’plamdan zaruriy miqdordagi birliklar maxsus usullar bilan tanlab olinsa va ular ustida o’tkaziladigan kuzatish ma’lumotlari butun to’plamga tarqatilsa, bunday usul tanlama kuzatish deyiladi. Ushbu usuldan foydalanish tartibi «Auditorlik tanlash» deb nomlangan 530-sonli Auditning Xalqaro Standartida batafsil yoritib berilgan. Ushbu Auditning Xalqaro Standarti auditorlik tartib-taomillarini bajarish paytida auditor auditorlik tanlashdan foydalanishga qaror qilgan holda qo’llaniladi. Auditorlik tanlash ham statistik, ham nostatistik yondashuv yordamida qo’llanishi mumkin. Bu usul statistika kursida mukammal yoritilgan. Ammo bu usulni auditorlik faoliyatida qo’llashning xususiyatli tamonlari mavjud. Umumlashtiruvchi nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar bilan ishlovchi statistikadan farqli o’laroq auditda bu usul ko’proq yakka voqe’lik va xodisalar bilan ish olib boradi. Auditorlik tekshiruvining mazmuni dastlabki xujjatlar, hisob, hisobot va boshqa ma’lumotlarga asoslanib alohida olingan xo’jalik muomalalari va jarayonlarining qonuniyligi, to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi hamda ularning iqtisodiy samaradorligi o’rganiladi. Auditorni avvalam bor mijoz kompaniya tomonidan moliyaviy-xo’jalik muomalalarni yuritishda yo’l qo’yilgan noqonuniy harakatlar, xatoliklarning sabablari, sababchilari hamda ularning moddiyligi darajasi qiziqtiradi. O’z o’zidan ma’lumki bunday xodisalarni o’rganish natijalarini nazorat ob’ektlarining barchasiga yoyib bo’lmaydi. Auditor maqbul deb hisoblagan risk darajasi qancha past bo’lsa, tanlashning zaruriy hajmi shuncha katta bo’ladi yoki aksincha.
Da’vo va talablarni o’rganish. Auditor bu usuldan tekshiruv jarayonida kompaniyaga yoki kompaniyani uchinchi shaxslarga nisbatan moliyaviy hisobotga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan darajada talab va da’volari mavjudligi to’g’risida axborotga ega bo’lgan holat(lar)da, bu xodisa(lar)ga aniqlik kiritish maqsadida foydalanadi. SHu maqsadda u talab va da’volarning umumiy ro’yxati va qiymatini aniqlash maqsadida kompaniya rahbariyati va uning huquqshunosiga yozma talab bilan murojat qilishi, bevosita muloqotda bo’lishi, kompaniya boshqaruv kengashining bayonnomalari va xat-xabarlari bilan tanishib chiqishi lozim. Bu usulni qo’llashdan maqsad talab va da’volarning moddiylik darajasini aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |