Ijrochilar bilan bevosita muloqot. Bu usul noqonuniy harakatlar aks ettirilgan xo’jalik muammolarini amalga oshirgan ishchi va xizmatchilar bilan voqelikka aniqlik kiritish maqsadida bevosita suhbatlashuv tarzida amalga oshiriladi. U ko’proq boshqa usullar bilan birga qo’shib olib boriladi.
Yuqorida bayon qilingan usullar auditorga mijoz kompaniyaning moliyaviy hisoboti bo’yicha fikr bildirish uchun yetarli va ishonchli dalillar yig’ish imkonini beradi. Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xatolik, xujjatlarni rasmiylashtirishdagi chetga chiqish va qonunga xilof muomalalar bo’yicha to’plagan dalil va isbotlarini o’zining ishchi qog’ozlarida muomalaning mazmuni, uning yuzaga kelgan sanasi, xujjatning raqami, imzo chekkan shaxsning ismi sharifini ko’rsatgan holda qayd qilib boradi.
«Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni Auditning xalqaro standartlariga muvofiq o’tkazish» deb nomlangan 200-sonli Auditning Xalqaro Standartida izohlangandek, qachonki auditor audit tavakkalchiligi (ya’ni, moliyaviy hisobotlar muhim darajada buzib ko’rsatilgan paytda, auditor noo’rin xulosani ifodalashining tavakkalchiligi) ni maqbul keladigan past darajagacha kamaytirish uchun yetarlicha aloqador bo’lgan auditorlik daliliga ega bo’lganda, oqilona ishonch bildirishga erishiladi.
2.3. Auditorlik dalillari manbalari sifatida buxgalteriya hisobi va hisobotining axborot-tahliliy imkoniyatlari
Auditorlik tekshiruvi ko’pincha auditor tarafidan bajarilgan har bir jarayonning yakuniy natijasini o’zida aks ettiruvchi aniq bosqichlar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi
SHuning uchun bosqichlar ketma-ketligi va ularning tarkibi farq qilishi mumkin. Barcha tekshiruv jarayonlarida amalga oshirilgan auditorning har bir harakati moliyaviy hisobotlar ishonchliligi to’g’risida shaxsiy xulosalar berish imkoniyatini yuzaga chiqaruvchi ma’lumotlarga, ya’ni ishonchli va o’z vaqtlilikni ifodalovchi auditorlik dalillari ehtiyoj borligidan dalolat beradi. Auditor o’zi tarafidan mustaqil tarzda aniqlangan miqdordagi yetarli auditorlik dalilariga ega bo’lishi zarur.
Audit jarayonida faqatgina unga asoslanib aniq xulosalar chiqarishga yaroqli ma’lumotlardan foydalaniladi Ma’lumotlar o’rinli hamda ahamiyatli bo’lsa, ya’ni ma’lum talablarga javob bersa yaroqli sanaladi. (2.3.1-jadval). Og’zaki yoki yozma shaklda olingan ma’lumotlardan foydalangani holda auditorlar o’z xulosalarini berishda faqatgina yozma shaklda olingan hamda kerakli tartibda imzolangan va muxrlangan axborotlarga tayanadilar.
2.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |