4. Aniqlik darajasiga ko’ra a) birlamchi dalil;
Birlamchi xujjatlarga asoslangan yoki bevosita auditorlarning o’zlari, hamda uning ishtirokida amalga oshirilgan hisob kitoblar, harakatlar natijasida olingan dalil. Masalan korxona xazinasidagi pullar va xujjatlarni, ombordagi asosiy vositalar va moddiy kiymatliklarni yo’qlamadan o’tkazish natijasida olingan dalil.
b) ikkilamchi dalil;
Birlamchi xujjatlar topilmaganda ularning nusxalariga asoslanib olingan dalil. Lekin bu xolda auditor xujjatning xaqiqiy nusxasini topishga yoki nusxadagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslardan tasdiqlab olishga harakat qilishi lozim.
с) egri yo’l bilan yoki o’zga manbaga asoslanib olingan dalil;
Bu holat voqe’likni sodir bo’lganligi to’g’risida bevosita unga tegishli bo’lgan birlamchi yoki ikkilamchi xujjatlarning yo’qligi sharoitida boshqa manbalarga asoslanib xulosaga kelinganda yuz beradi.
Olingan dalillarning to’liqligi va aniqligi auditorni ularga erishish usullaridan foydalana olish darajasiga bog’liq. Audit amaliyotida ko’rsatilayotgan xizmatning maqsadi va nazoratdagi ob’ektning xususiyatlariga ko’ra auditorlik dalillarini olishning bir qator usullari qo’llaniladi. Ushbu usullarni ulardan foydalanilganda ishonchli dalil bera olish darajasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin.
1-gurux. Birinchi darajali ishonchlilikka ega bo’lgan dalillarni olish imkonini beruvchi usullar Bularga auditorning o’zi amalga oshirishi yoki bu jarayonda bevosita ishtirok etishi va natijada yaqqol ko’rinib turgan hamda e’tirozga o’rin qoldirmaydigan dalillarga ega bo’lish imkonini beruvchi usullar kiradi. Bunga quyidagilarni misol qilish mumkin:
♦ rasman tekshiruv;
♦ qayta hisoblash;
♦ kuzatuv;
♦ buxgalteriya hisobi registrlari va hisobvaroqlari bog’lanishining to’g’riligini tekshirish;
♦ voqelikka huquqiy baho berish.
Rasman tekshiruv bu usulning maqsadi xujjatlarni rasmiylashtirishda va ularning rekvizitlarini to’ldirishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni, xujjatlarda kelishilmagan to’g’rilashlar, bo’yashlar, matn va raqamlarga qo’shib qo’yishlar mavjudligini hamda mansabdor shaxslarning imzolarini haqiqiyligini aniqlashdan iborat.
Bu usulni qo’llaganda auditor qonunbuzarlik va suiste’mol qilish hollaridan dalolat beruvchi quyidagi belgilarga e’tiborini qaratishi lozim:
ijro xujjatida ushbu muomalani amalga oshirishga asos bo’luvchi ko’rsatmaning yo’qligi;
xujjatni belgilangan shaklga xilof ravishda tuzilganligi;
xujjatdagi ayrim rekvizitlarni to’ldirilmaganligi;
xujjatdagi ayrim rekvizitlarni bir-biriga mos tushmasligi (xujjatga bosilgan tamg’a va unda aks ettirilgan korxona nomining mos kelmasligi);
xujjatda rahbar shaxslar imzolarining yo’qligi yoki ularda ushbuga (imzolash) huquqi bo’lmagan shaxslarning imzolarini mavjudligi;
xujjatda unga zarur bo’lgan ilovalarning yo’qligi;
asosiy xujjat va ilovalardagi yakuniy summalarni bir-biridan farq qilishi;
xujjatda kelishilmagan o’zgartirishlar, bo’yash va imzolarni qalbakilashtirish xollatlarining mavjudligi.